I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Urug’ va urug’ massasining fizik-mexanik xossalari. Urug’larning
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-rasm. Moyli urug’lar
- Sferiklik koeffitsienti
1.6.3. Urug’ va urug’ massasining fizik-mexanik xossalari. Urug’larning
o’lchami va geometrik shakli. Alohida urug’larning fizik-mexanik xossalariga geometrik shakli va chiziqli o’lchamlari, nisbiy zichligi, aerodinamik, dielektrik va boshqa xossalari kiradi. Ular yig’im-terimdan keyingi ishlov berish, saqlash va urug’larga texnologik ishlov berishda katta ahamiyatga ega. Urug’lar uyum holida alohida urug’larga nisbatan farqli xossalarga ega bo’ladi. Ularga sochiluvchanlik, uyum zichligi, hajmiy massasi va boshqalar misol bo’ladi. Moyli urug‘lar massasi millionlab turli o’lchamdagi urug‘lardan tashkil topganligi uchun, ularning о‘rtacha kо‘rsatkichi tushunchasi ishlatilishi mumkin. Urug’larning geometrik shakli va chiziqli o’lchamlari bilan omborxonaning turi, texnologik mashinalar ishchi organlarining o’lchamlari, urug’larni saqlash va qayta ishlash usullari bog’liq bo’ladi. Urug’larning shakli har bir moyli o’simlik uchun xos bo’lib, urug’larning uzunligi, kengligi va qalinligi bilan belgilanadi. Urug’lar sharsimon, ellipssimon, chechevitsasimon, cho’zinchoq shaklda bo’ladi (6-rasm). 66 Urug’lar namligi turlicha bo’lganida urug’larning uzunligi ham o’zgaradi. Nam urug’larning quruqlariga nisbatan kengligi va qalinligi katta bo’ladi, lekin uzunligi bilan farq qilmaydi. 6-rasm. Moyli urug’lar: Urug’ning shakli: I – sharsimon; II – yassi shaklda; III – ellipssimon; IV – uzunchoq; v- uchburchak; a – urug’ning yo’g’onligi (eng kichik o’lchami); b – eni; l – uzunligi (eng katta o’lchami); moyli urug’lar: 1 – masxar; 2 – kunjut; 3 - soya; 4 – moyli nasha urug’i; 5 – yeryong’oq; 6 – oq xantal; 7 – to’q xantal; 8 – kanakunjut. Urug’lar shaklini tavsiflash uchun “shakl koeffitsenti” va “sferiklik ko’rsatkichi” tushunchalari kiritilgan. Shakl koeffitsienti – nosferik shakldagi urug’lar yuzasi maydonining, hajmi urug’ hajmiga teng bo’lgan ekvivalent sharning yuzasiga nisbatini bildiradi. Sferiklik koeffitsienti – urug’ hajmiga teng hajmli sharning nosferik shakldagi urug’ tashqi yuzasiga nisbatini bildiradi. Sharsimon zarrachalar uchun bu ko’rsatkich har doim 1 ga teng, boshqa shakldagi zarrachalar, xususan urug’lar uchun shakl koeffitsienti 1 dan katta, sferiklik 67 koeffitsienti 1 dan kichik. Kungaboqarning yuqori moyli urug’lari shakl koeffitsienti 1,29-1,37, sferiklik koeffitsienti 0,4-0,6. Urug’larning bu tavsiflarini hisoblashda urug’larning yuzasini F yu bilish kerak. Uni birlik urug’ hajmidan kelib chiqib aniqlash mumkin: 3 3 2 62 , 0 4 3 ; 4 V V rv v r F sh , bu erda V – birlik urug’ hajmi. , 60 6 5 ); 3 ( 4 b a R R l R F yu bu erda l, a, b - urug’ning chiziqli o’lchamlari. Agar urug’ning shakli sharsimonga yaqin bo’lsa: ). ( 35 , 0 ) ( 9 l b a l b a F yu Ba’zi hollarda urug’larning pnevmotransportini, termofizikaviy xususiyatlarini va boshqalarni hisoblash uchun birlik urug’larning ekvivalent diametrini d e bilish kerak bo’ladi: 3 , 24 , 1 n W d e bu erda W - n ta urug’ hajmining yig’indisi, mm 3 . Moyli urug’lar qanchalik katta bo’lsa, ularning texnologik xossalari shunchalik yuqori bo’ladi. Misol uchun, kungaboqarlarda kichik urug'larning nafas olish darajasi va gidrolitik fermentlarning faolligi, kislota soni yuqori bo’lib, ulardagi moy miqdori katta urug’larga nisbatan past bo'ladi. Kichik urug'larning mevali po'stini sindirish va ajratish qiyinroq. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling