I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Urug’ massasining fizik-kimyoviy xossalari


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

1.6.4. Urug’ massasining fizik-kimyoviy xossalari 
Urug’larning fizik-kimyoviy xossalariga sorbtsion, gigroskopik, termofizik 
va boshqa xossalar kiradi. Ularning qiymati urug’larni saqlash sharoitlari va 
ularga ishlov berish texnologik usullariga bog’liq bo’ladi. 
Termofizik xossalar. Ulardan eng muhimlari issiqlik sig’imi, issiqlik
harorat va namlik o’tkazuvchanlik hisoblanadi. 
Urug’larning issiqlik sig’imi ularning kimyoviy tarkibiga bog’liq va 
additivlik qonunga bo’ysunadi. Lipidlarning issiqlik sig’imi 2,05 kj /(kg 

K); 
oqsillar va uglevodlarniki 1,03 kj /(kg 

K); tsellyulozaniki 1,35 kj /(kg 

K). 
Suvning issiqlik sig’imi yuqori bo’lganligi sababli urug’lar namligi ortishi bilan u 
ham ortadi.
Kungaboqar urug’ining issiqlik sig’imi 1,51; nashaniki – 1,54; zig’irniki – 
1,65; kanakunjutniki 1,85 kj /(kg 

K). 
Urug’ massasining past issiqlik o’tkazuvchanligi unda havo miqdorining 
kattaligi bilan asoslanadi. Urug’larning o’zi birmuncha katta issiqlik 
o’tkazuvchanlikka ega. Bu 14 - 22 
.
10
-5
kVt/(m
.
K) bo’lib, temirnikidan 500 
marta, misnikidan 2,5 - 3 ming marta kam. Urug’ massasining issiqlik 
o’tkazuvchanligi namlashda keskin ortadi.
Urug’ massasida haroratning o’zgarish tezligi – harorat o’tkazuvchanligi - 
harorat o’tkazuvchanlik koeffitsienti bilan tavsiflanadi. Moyli urug’lar uchun u 
6,15 – 6,85 
.
10
-4
m
2
/s ga teng, ya’ni havonikidan 100 marta kichik va 20
o
C
haroratdagi suvnikiga teng. Urug’ uyumi katta harorat inertsiyasiga ega. Urug’lar 
uyumi saqlashga qo’yilgan vaqtda ega bo’lgan haroratini bir necha oy saqlab 
turishi mumkin va bu urug’larning o’z -o’zidan qizishiga sabab bo’ladi.
Urug’lar va urug’ uyumlarining sorbtsiyalash xususiyati. Urug’ 
uyumining yuqori sorbtsion xususiyati urug’ to’qimalarining xossalari bilan 
tavsiflanadi. Urug’ to’qimalari turli gazlarni yutishi – sorbtsiyalash va qayta 
chiqarish – desorbtsiyalashi mumkin. Urug’ uyumining sorbtsion xususiyati uyum 
ichidagi havo bilan to’lgan bo’shliqlarga bog’liq. 


74 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling