I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Gigroskopik xossalari. Moyli urug’larning atrofdan namlikni yutishi va
namlikni chiqarishi – ya’ni gigroskopikligi katta amaliy ahamiyatga ega. Atrof- muhit havosidagi suv bug’larining miqdoriga qarab urug’lar namligi ortadi yoki kamayadi. Agar havodagi suv bug’ining partsial bosimi urug‘ yuzasi atrofidagidan katta bo‘lsa - sorbsiya jarayoni, urug‘ yuzasi atrofida suv bug’ining partsial bosimi yuqori bo’lganda - desorbsiya jarayoni boradi. Havo namligini sorbsiyalash va desorbsiyalash jarayonlari odatda dinamik muvozanatda bo‘lib, vaqt birligida sorbsiyalangan va desorbsiyalangan suv miqdori bir xildir. Sorbsiyalanadigan va desorbsiyalanadigan suv miqdori urug’ atrofidagi havodagi suv bug’ining partsial bosimi va haroratiga mos keladi. Havoning ma’lum parametridagi (nisbiy namlik va harorat) urug’ning namligi muvozanat namligi deyiladi. Havo namligi 100% bo’lganda urug’ning maksimal muvozanat namligi chegaaraviy deyiladi. Havo namligi 100% dan oshsa urug‘lar havodan suv bug’ini sorbsiyalamay, tomchi-suyuqlikni singdira boshlaydi. Bu namlik gigroskopik namlik deyiladi. Urug’ to’qimalaridagi kolloidlarning suvni shimishi jarayonida kimyoviy birikma hosil bo'lishining energiyasiga mos keladigan issiqlik ajraladi. Urug'larda bu kimyoviy bog'langan namlik, uni ajratilishi to'qimalarning molekulyar tuzilishini buzadi. Urug’ namligi oshganda suv molekulalari elektrostatik kuchlar yordmida ushlab turiladi. Bu adsorbtsion bog’langan namlik bo’lib, uni ajratilishi urug’ to’qimalarning buzilishiga olib keladi, ammo keyingi namlashda yana tiklanadi. Shu bilan birga, gidrat qatlamining qalinligi oshgani sari, suvni tortish kuchi tezda pasayadi va kolloid moddalarning bo'kish jarayoni sekinlashadi. Ushbu suv kapillyar va osmotik bog'langan hisoblanadi. Uni to'qimalarning molekulyar strukturasini buzmasdan urug'larni issiqlik bilan quritish jarayonida ajratish mumkin. 75 Shunday qilib namlikni bog’lash energiyasi kichik bo’lganda erkin suv, katta kuch bilan ushlab turilgan suv – bog’langan deyiladi. Bunday erkin suv -15...-20°C da, bog’langan suv pastroq haroratda muzlaydi. Urug’ tarkibida kimyoviy va adsorbtsion yo’l bilan ushlab turilgan namlik bog’langan suv deb yuritiladi. Mexanik birikkan (kapillyar va osmotik bog’langan) namlik erkin suv deb ataladi. Urug’ hujayralarining gidrofil qismida namlik 15% dan ko’p to'planganda, urug'larda erkin suv paydo bo'ladi va almashinuv reaktsiyalar tezligi keskin oshadi. Bu namlik kritik namlik deyiladi. Kritik namlikning miqdori urug’ning kimyoviy tarkibiga bog’liq. Urug’ tarkibida moy miqdori qancha ko’p bo’lsa, urug’ shuncha kam suvni o’ziga saqlaydi va uning kritik namligi shuncha kichik bo’ladi. Urug’ to’qimalari karbonat angidridini ko’p miqdorda yutishi mumkin. CO 2 yutilishining jadalligi urug’ namligiga, havo haroratiga va gazning konsentratsiyasiga bog'liq. Atrof muhitdagi sorbtsiyalangan kislorod moyli urug’lar tarkibidagi to’yinmagan yog’ kislotalarni oksidlanishiga va erkin radikallarning hosil bo’lishiga olib keladi. Erkin radikallar moylarni saqlash davrida oksidlanish barqarorligini keskin kamaytiradi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling