I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Nazorat savollari: 
1. Nav deganda nimani tusyunasiz, moyli xom ashyolar qanday navlarga 
bo’linadi? 
2. Moyli o’simliklar qo’llanilishiga qarab qaysi guruhlarga bo’linadi? 
3. Moyli urug’larga belgilangan davlat standartlarining bo’limlarini so’zlab 
bering? 
4. Urug’lar uyumi deganda nimalarni tushunasiz? 
5. Urug’ massasining tarkibini izohlang. 
6. Urug’larning “absolyut massa”si tushunchani izohlab bering. 
7. Urug’larning fizik-texnologik xossalarini ta’riflang. 
8. Urug’larning fizik-mexanik xossalariga nimalar kiradi? 
9. Mingta urug’ning massasi qanday ahamiyatga ega? 
10. Urug’larning o’lchami va geometrik shakli qanday amaliy ahamiyatga ega? 
11. Urug’larning nisbiy zichligi nimani bildiradi? 
12. Urug’larning aerodinamik xossalariga nimalar kiradi? 
13. Moyli urug’lar va mevalarning sochiluvchanligi deganda nimani 
tushunasiz? 
14. Moyli xom ashyolarning fizik-kimyoviy xossalariga nimalar kiradi?. 
15. Urug’larning fiziologik xossalariga nimalar kiradi? 
 
 
 
 
 
 
 
 


80 
II-bob. LIPIDLARNING TARKIBIY TUZILISHI. YOG’ 
KISLOTALARI VA ULARNING IZOMERIZATSIYASI. 
 
2.1.
LIPIDLARNING TARKIBIY TUZILISHI.
YOG` KISLOTALARI, ULARNING UMUMIY
TAVSIFI VA KLASSIFIKATSIYASI, IZOMERLANISHI
 
Jonzotlarda va o'simliklarda lipidlar deb ataladigan turli xil moddalar 
mavjud. "Lipid" atamasining umumiy ta'rifi yo'q.
Ko’pchilik hollarda lipidlar 
jumlasiga yuqori yog 'kislotalari, spirtlar va a’ldegidlarning tabiiy biologik faol 
hosilalaridan tarkib topgan birikmalar kiritiladi. Bular poliollar, terpen spirtlari va 
yuqori yog ' kislotalari, spirtlar va a’ldegidlarning oddiy va murakkab efirlari 
bo'lishi mumkin. 
Bir yoki bir nechta gidrofob guruhlarining mavjudligi lipidlarning nopolyar 
(neytral) erituvchilarda eruvchanligini ta'minlaydi. Ko'pgina lipidlar, shuningdek, 
gidrofil guruhlariga ham ega bo’lib, bu ularning biologik membranlar 
shakllanishida ishtirok etishini va membranalar orqali moddalar yoki ionlarning 
o'tkazilishi, hujayraning energiya ta'minoti hamda tananing himoya reaktsiyalari 
bilan bog'liq bo'lgan funktsional rolini belgilaydi. 
Lipidlar kimyoviy xossalariga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: neytral va polyar 
lipidlar. Har bir guruh tarkibiga bir nechta lipidlar sinfi kiradi. 
Neytral lipidlar guruhiga glitserolipidlar, diol lipidlari, glikolipidlar, 
sfingolipidlar, xolesterin efirlari, mumlar kiradi. Har bir sinf tarkibiga tabiati, 
funktsional guruhlarining soni va joylashuviga qarab bir necha turdagi birikmalar 
kiradi. 
Polyar lipidlar kislota qoldig'ining tabiati bo'yicha uchta kichik guruhga 
bo'linadi: fosfolipidlar, fosfon-lipidlar va sulfolipidlar. Birinchi ikki guruhga 
tarkibida fosfor bo’lgan birikmalar kiradi, ammo ular spirtli komponent va fosfor 
qoldig'i o'rtasidagi bog'ning tabiati bilan farq qiladi. Fosfolipidlarda O – P, 
fosfonlipidlarda esa S - P bog’lari mavjud bo’ladi. O’z navbatida, fosfolipidlarning 


81 
kichik guruhi glycerofosfolipidlar, fosfoglikolipidlar, sfingolipidlar va diol 
fosfolipidlarni o'z ichiga oladi. 
Lipidlarning turli xil klassifikatsiyasi mavjud bo`lib, eng keng tarqalgan 
klassifikatsiyasiga asosan lipidlar kimyoviy tarkibiga qarab guruhlar va 
guruhchalarga bo`linadi. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling