Endosperm.
Yetilgan
urug’ning‘
endospermi odatda to’plovchi
to‘qimalarning yirik hujayralaridan iborat. Zaxira oziqa to’qima endosperm
murtakning asosiy to`qimalariga o`xshash to`qimadan iborat bo`ladi
.
Endosperm
kimyoviy tuzilishi jihatidan unsimon yoki yog‘simon bo‘lishi mumkin.
Unsimon
endosperm hujayralarida ikkilamchi kraxmal donachalari, yog‘simon endosperm
hujayralarida esa yog‘ tomchilari to‘planadi. Bundan tashqari, urug’larda oqsil va
fitin (fosforli birikmalar) ham uchraydi. Oqsil, aleyron donachalari shaklida bo‘lib,
endospermning tashqi yupqa qavatini tashkil etadi (bug‘doy, arpa va boshqa shu
kabi donlar). Fitin urug‘ning unishidagi modda almashinuvini tezlashtiradi.
Endosperm urug’ bo’kkanda fermentlar ta’sirida gidrolizga uchraydi va
unish jarayonida murtak tomonidan o‘zlashtiriladi.
Ko‘pchilik o‘simliklarda urug‘ shu qadar suvsizlanadiki, ular juda ham
qattiq, shishasimon va hatto toshsimon bo‘lib qoladi (masalan, finik pal’masi).
Yog‘simon endospermli urug‘lar (kungaboqar, zig‘ir, yong‘oq va boshqalar)
to’plovchi oziq moddalar ichida quvvat jihatidan boshqa urug‘larga nisbatan
ustunlik qiladi.
Endosperm murtakning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Endospermga
ega bo`lmagan urug’larda bu to`qima mavjud emas, u urug’ qobig’iga yopishgan
hujayralar qatoridan iborat bo`ladi.
Paxta chigitida endosperm urug’ pallasini to`ldirib turuvchi to`qimadan
iborat. Zig‘ir urug‘i endospermining hajmi murtak hajmiga teng. Endospermi
rivojlangan urug’larda (kanakunjut) endosperm urug’ qobig’ini butun hajmini
egallab turgan to`plovchi to`qima hisoblanadi.
36
Tayanch iboralar:
To’qima,
hujayra, qobiq, anatomik tuzilish, palisad, suberin moddasi, urug’
mag’zi, urug’ murtagi, urug’ po’sti, zaxira moddalari, differentsiatsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |