I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Nazorat savollari: 
1. To’qima- bu nima? 
2. Urug’larning to`qimalari nimasi bilan farqlanadi? 
3. Qoplovchi o’rab turuvchi qobiq to`qimalari urug’da qanday vazifalarni 
bajaradi? 
4. Zaxira moddalari urug’ning asosan qaysi qismida to’planishiga qarab 
urug’larning qanday turlari bo’ladi? 
5. Endospermning rivojlanishiga qarab urug’lar nechta guruhga bo`linadi? 
6. Hujayra devoridagi suberin moddasining vazifasi nima? 
7. Urug’ po’stining anatomik tavsifini keltiring. 
1.4. MOYLI URUG’LAR HUJAYRASINING
TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI 
Moyli mevalar va urug’lar tashkil topgan to`qimalar yuzlab hujayralardan 
iborat. Hujayralar strukturasi va vazifasiga ko`ra ko`plab turlarga bo`linadi. Tipik 
o`simlik hujayrasi bu barcha metabolik jarayonlarni amalga oshirish xususiyatiga 
ega bo`lgan urug’lar asosiy to`qimasining hujayrasidir.
Qoplovchi to`qimalar hujayralari metabolik faol hujayralardan vujudga 
kelgan bo`lib, ular to`liq yoki qisman metabolik faollikdan mahrum bo`lgan. 
Hujayralar shakli, o`lchamlari va to`qima fiziologik faoliyatiga qarab kimyoviy 
tarkibi bilan, o`simlik turi va yoshiga qarab turlicha, lekin o`simlik hujayrasi uchun 
yagona bo`lgan tuzilishga ega bo`ladi.
Tipik o`simlik hujayrasi tuzilishining bir xilligi hujayradan subhujayra 
darajasiga o`tganida ortadi. Ultrastrukturani o`rganish vaqtida yorug’lik 
mikroskopida ko`ringan turlari farqlari va to`qima differentsiatsiyalari elektron 
mikroskop tasvirlarida yo`qoladi. Molekulyar darajada funktsional vazifasi bir xil 
turdagi hujayralar ultrastrukturalari barcha o`simliklarda bir xil; oqsil, lipidlar


37 
uglevodlar va boshqa birikmalar barcha o’simlik turlari va to`qimalari uchun bir 
xil. Kuzatiladigan barcha farqlar molekulalar to`plamining o`ziga xos to`plami, 
birinchi navbatda har bir organizmning xususiyatlarini belgilovchi fermentlari 
to’plami bilan bog’langan. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling