I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaxira oqsil
Protoplast tsitoplazmadan va bitta katta, yoki bir necha kichik
vakuolalardan iborat bo`ladi. Tsitoplazma - bu shilimshiq, rangsiz suyuqlikdir. Uning tarkibida 90% gacha suv bo’ladi. Tsitoplazma protoplastning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, unda hujayra yadrosi va ko`p sonli organoidlar yoki organellalar: plazmolemma, ribosoma, Goldji apparati, endoplazmatik to‘r, mitoxondriy, plastidlar, vakuolalar, shuningdek birikmalar (suv va unda erigan tuzlar) joylashadi. Optik mikroskopda kuzatilganda rivojlanayotgan o`simlik hujayralari tsitoplazmasi urug’lar yetilganida yoki o`sayotganida alohida organlar ko`rinib turgan tiniq yarim suyuq massani tashkil qiladi. Qo`shni hujayralarning protoplastlari hujayralararo devor va o’rta plastinka orqali o`tuvchi ingichka tsitoplazma ipchalari orqali aloqa qiladi. Tsitoplazmaning bu ipchalari plazmodesmalar deb ataladi. Buning natijasida o`simlik to`qimalarining barcha tirik hujayralari plazmodesmalar orqali yagona tizimga bog’langan bo`ladi. Tsitoplazmaning kimyoviy tarkibi juda murakkab. Uning tarkibida anorganik moddalardan karbonat angidridi, kislorod, vodorod, azot hamda kal’tsiy, fosfor, kaliy, mikroelementlardan esa temir, marganets, natriy, xlor, magniy, brom, yod (suv o‘tlarida), mis, kobal’t, rux va boshqalarning borligi aniqlangan. Tsitoplazmada o‘rta hisobda 80% suv, 12% oqsillar, 2% nuklein kislotalari, 5% yog‘lar, 1 - 2% uglevod mavjud. 41 Zaxira oqsil moddalarining to’planishi. Kimyoviy jihatdan oqsillar oddiy yoki protein va murakkab yoki proteidlardan iborat. Moyli o'simliklarda zaxira (moy bilan birga) funktsiyalarni bajaradigan oddiy oqsillar, suvda eriydigan al’buminlar, NaCl ning 10% li suvli eritmasida eriydigan globulinlar, NaOH ning 0,1% li suvli eritmasida eriydigan glutelinlar va erimaydigan oqsillar kiradi. Yog’li o’simliklarda asosan oqsillarning globulin fraktsiyasi to’planadi. Masalan, kungaboqarning yuqori yog’li navlarida eriydigan oqsillarning umumiy miqdoridan al’buminlar 5,2% gachasini, globulinlar 79,0% gachasini, glutelinlar 15,8% gachasini tashkil etadi. Boshqa moyli urug’larda oqsillarning globulin fraktsiyasi bundan ham yuqori bo’ladi , masalan, soyada 85-90%, kanakunjutda 90% gacha, eryong’oqda 97%. Murakkab oqsillar hujayradagi boshqa moddalar bilan qo‘shilib, murakkab moddalarni, ya’ni yog‘lar bilan qo‘shilib - lipoproteidlarni, uglevodlar bilan - glikoproteidlarni, nuklein kislotalari bilan - nukleoproteidlarni hosil qiladi. Oqsillar protoplastning moddiy qismini tashkil qilishi bilan birgalikda hayot jarayonini boshqaruvchi fermentlar yoki enzimlar vazifasini ham bajaradi. Bir qator hayotiy jarayonlarni (nafas olish, bijg‘ishlarni) boshqaradigan fermentlar, jumladan, katalaza, peroksidaza kabi fermentlar vazifasini bajaradi. Zaxira oqsil aleyron donachalari shaklida to’planadi. Aleyron donachalari suyuq vakuolada mavjud bo’lgan oqsilning qotishi va kristallanishi tufayli vujudga keladi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling