I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Aleyron donachalar ichida tiniq yoki yaltiroq, yumaloq shaklda 
globoidlar bo‘ladi. Kristallga aylangan oqsillar murakkab bo‘lib, ular ko‘pincha
moyli urug‘larda (zig‘ir, kungaboqar, pista, kanakunjut, oshqovoq va 
boshqalarda) bo‘ladi. 
Urug‘larning unishi oldidan oqsil donachalari shishadi va fermentlar 
ta’sirida eriydigan holatga o‘tib, kimyoviy jihatdan soddaroq birikmalarga 
aylanadi. Bu moddalar unib chiqayotgan embrionga (murtakka) oziq bo‘ladi va 


42 
maysaning o‘sishiga sarf etiladi. Aleyron donachalari sarf etilgandan so‘ng 
ularning o‘rniga vakuolalar hosil bo‘ladi, keyinchalik bu vakuolalar bir-biriga
qo‘shilib aminokislotalarga boy bo‘lgan markaziy vakuolaga aylanadi. 
Urug‘larning hosil bo‘lishi va rivojlanishi vaqtida ribosomalarda vujudga 
kelgan oqsil donachalari vakuolada to‘planadi. Urug‘ pishgan vaqtda vakuola 
tarkibidagi suv bug‘lanib chiqib ketgandan keyin oqsil kristallarga (aleyron 
donachalariga) aylanadi va urug‘ tarkibida g‘amlovchi modda sifatida to‘planadi. 
Vakuola - protoplast hajmining bir qismi bo`lib, tsitoplazmadan membrana 
bilan ajratilgan. Vakuola ichida hujayra shirasi bo‘lib, uning asosiy tarkibiy 
qismini suv tashkil etadi. Yetilayotgan va rivojlanayotgan urug’lar hujayrasi 
vakuolida noorganik ionlarning, uglevodlar, organik kislotalar, aminokislotalar
peptidlar, oqsillar, alkaloidlar, fenol birikmalari va boshqalarning suvli eritmalari 
joylashgan bo`ladi. Urug’lar yetilganda va ularning namligi pasayganida bu 
birikmalar kristallar va amorf cho`kindilar hosil qiladi.
Vakuola metabolik faol hujayra mustahkamligini ta’minlaydi. Pishayotgan 
urug‘ hujayrasi vakuollarida oqsil tanachalari yoki aleyron zarrachalari 
ko‘rinishida zaxira oqsillari hamda urug‘ to‘qimalarini har xil mikroorganizm va 
qumirsqalardan himoyalovchi alkaloiddar, glikozidlar, saponinlar va boshqa 
moddalar to‘planadi. 
O‘simliklar hujayrasining sitoplazmasida kalta tayoqchalar shaklidagi 
mitoxondriyalar bo‘ladi. Ularning bo‘yi 0,2-2,0 mkm gacha bo‘lib, ko‘pincha 
0,6-0,8 mkm orasida o‘zgarib turadi. Mitoxondiyalarning soni hujayrada juda ko‘p 
bo‘lib, o‘rta hisobda 2-2,5 mingtani tashkil etadi. Mitoxondriyalar o’ziga xos 
kimyoviy tuzilishga ega bo‘lib, oqsillar (60-70%), lipidlar (asosan fosfolipidlar -
25 % gacha), nafas oluvchi fermentlar, DNK, RNK va bir qator vitaminlar: A,
B
6
, B
12
, K, E dan iborat.
Mitoxondriya bu hujayraning energiya manbaidir. Mitoxondriylarning 
asosiy vazifasi aminokislotalarni, karbonsuvlarni, yog‘larni oksidlashdan va shu 
jarayon davomida fosforlanish natijasida energiyaning asosiy manbai bo‘lmish
ATFni sintez qilishdan iborat. Sintezlangan ATF tsitoplazmaga erkin kirib 


43 
undagi organoidlarning faoliyatini (oziqlanish, chiqarish, harakat qilish, o‘sish va 
h.k.) amalga oshirishda muhim energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Plastidalar faqatgina tirik o‘simlik hujayrasida uchraydigan organellalardir. 
Plastidalar hujayrada rang-tusni belgilash xususiyatiga va bajaradigan
vazifasiga qarab uch xil: xloroplast (yashil rang beradigan plastid), xromoplast
(sariq, qizil) va leykoplast (rangsiz plastid) bo‘ladi.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling