I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Moyli urug’lar hujayra tsitoplazmasidagi moyninng holati


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

1.4.2. Moyli urug’lar hujayra tsitoplazmasidagi moyninng holati. 
Lipidlar protoplast tarkibida uchraydigan eng muhim moddalardir. Ular
tuzilishiga ko‘ra murakkab efir bo’lib birikkan yog‘ kislotalari va glitserindan 
tashkil topgan.
O‘simliklarning protoplastida oddiy yog‘lar va murakkab lipidlar


45 
(lipoidlar yoki yog‘larga o‘xshash moddalar) bo‘ladi. Lipidlarga fosfo- va 
glikolipidlar hamda ba’zi pigmentlar (karotinoidlar) kiradi. Bular hujayraning 
tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.
Yog’lar hujayralar tsitoplazmasining tuzilishiga kiradigan tarkibiy qism 
ko’rinishida yo bo’masa, yog’ to’qimasida to’planib boradigan zaxira yog’ 
shaklida bo’ladi. Hujayraning tarkibiy qismi bo’lmish protoplazma to’qimalarda 
doimiy miqdorlarda uchraydi va doimiy tartibda bo’ladi. 
Hujayra tsitoplazmasida yog’ zaxira holda suyuq tomchilar shaklida 
saqlanadi va oqsillar bilan beqaror bo’ladigan birikmalar (lipoproteidlar)ni ham 
hosil qiladi. Ayniqsa zaxira holda yog’ ko’p miqdorda urug’larda (kungaboqar, 
zig’ir, kunjut, kanakunjut, va xakozo) va qisman mevalar tarkibida uchraydi. Turli 
o’simlik urug’ida yog’ning miqdori har xil bo’ladi. Masalan, yeryong’oq 
tarkibining 50 % ni yog’, yong’oqning 75%, zig’irning 70- 72 % ni , bodomning 
70% ni yog’ tashkil etadi. 
Murakkab lipidlar (lipoidlar) neytral yog’larga qaraganda birmuncha 
murakkab moddalar. Ular tarkibida glitserin bilan yog’ kislotalaridan tashqari 
boshqa birikmalardan iborat struktura elementlari: fosfat kislota, azotli moddalar, 
sterinlar, sfingozinlar va boshqalar bo’ladi.
Lipoidlar 
butun 
hujayra 
tsitoplazmasida 
bo’ladi, lekin hujayra 
membranalarida ayniqsa ko’p. 
Yog‘lar bilan lipidlar hujayrada energiya (quvvat) berish vazifasini bajaradi.
Yog‘lardan tashqari o‘simliklarning hujayra oraliqlarida efir moylari yog‘ 
tomchilari shaklida (lavanda, yalpiz, rayhon va boshqa o‘simliklarda) uchraydi. 
Lipidlarning hujayrada joylashishi haqida turli tushunchalar mavjud: 
professor A.M.Goldovskiy nazariyasi bo‘yicha (1937 y.) moyli urug’lar 
hujayralarida moy nihoyatda kichik ultramikroskopik kapillyarlar ichida 
joylashgan deb hisoblanadi. Ultramikroskopik kanalchalar (kapillyarlar) quruq 
urug’ va mevalarning qattiq tsitoplazmasida bir xil taqsimlangan.


46 
Keyinchalik 1963 yilda K.E.Leontyevskiy nazariyasi paydo bo‘lib, moyli 
urug’larning tuzilishini elektron mikroskop yordamida tekshirish natijasida moy 
suyuq tomchilar shaklidagi globula yoki sferasomalarda yig‘ilishi ta’kidlangan.
Globula yoki sferasomalarni qobiqlari ham o‘ta mustahkam bo‘lib, oddiy 
mexanik kuch yordamida ularni buzib tashlash yoki uzish nihoyatda qiyinligi 
aniqlangan.
1971 yilda professor V.G.Sherbakov tomonidan moyli urug’larni ichki 
tuzilishi yanada mukammalroq o‘rganilgan va elektron mikroskop yordamida 60-
80 ming marotaba kattalashtirib, moy saqlab turuvchi mahsulot qismlari haqiqatan 
ham shar shakldagi sferosomalarda ekanligi tasdiqlangan. Shu bilan birgalikda 
sferasoma va globulalar atrofida nihoyatda ko‘p miqdorda ariqchalar borligi 
aniqlangan. Bunga sabab moyli urug’lar yetilayotgan, yig‘ib olinayotgan yoki 
saqlanayotgan vaqtda namlik miqdorining o‘zgarib turishi tufayli suv bug‘larining 
uchishi ta’sirida ushbu tirqishlar paydo bo‘ladi degan fikr yuzaga kelgan. 
Umuman nazariyalar bir-biriga qarshi bo‘lmay, aksincha bir-birini to‘ldirishi 
V.G.Sherbakov tomonidan aniq tajribaviy dalillar asosida tushuntirib berilgan.
Protoplast tarkibida uglevodlar ham uchraydi. Uglevodlar hujayra 
tarkibidagi faol biologik moddalar bilan bog‘lanib glikozidlar, glikoproteid kabi 
muhim moddalar hosil qiladi. Kraxmal o’simlik hujayrasida zaxira holda 
to’planadigan murakkab polisaxaridlarning keng tarqalgan turi. U tsitoplazmada 
erimaydigan donachalar shaklida to’planadi. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling