I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Hujayralarda mineral moddalarning to’planishi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
1.4.3. Hujayralarda mineral moddalarning to’planishi.
Hujayra moddalari orasida suv birinchi o‘rinda turadi. Suv hujayra massasining deyarli 80% ni tashkil etadi. Suv hujayraning faqat miqdor jihatdan muhim bo‘lgan tarkibiy qismi emas. Hujayra hayotida u juda katta va xilma-xil rol o‘ynaydi. Hujayraning fizikaviy xossalari - hajmi, elastikligi suvga bog‘liq. Organik moddalar molekulalari strukturasini, jumladan, hujayralar funksiyasini bajarish uchun zarur bo‘lgan oqsillar strukturasini hosil qilishda suvning ahamiyati juda katta. Suvning erituvchi sifatidagi ahamiyati ham katta: ko‘pgina 47 moddalar tashqi muhitdan suvdagi eritma holida hujayraga o‘tadi va hujayradagi mahsulotlar ham suvdagi eritma holida chiqarib yuboriladi. Suv ko‘pgina kimyoviy reaksiyalar (oqsillar, uglevodlar, yog‘lar va boshqalarning parchalanish reaksiyalari) ning bevosita ishtirokchisidir. Hujayrada ro‘y beradigan kimyoviy reaksiyalar faqat suvli eritmada sodir bo‘ladi. Masalan, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va boshqa moddalar suv bilan o‘zaro kimyoviy ta’sir etish natijasida parchalanadi. Nihoyat, suv hujayradagi issiqlik taqsimotida va issiqlik ajratishda muhim rol o‘ynaydi. Tashqi muhit harorati pasayganida yoki ko‘tarilganida suv molekulalari o‘rtasida vodorod bog‘larining uzilishi va yangidan hosil bo‘lishi tufayli issiqlik yutiladi yoki ajralib chiqadi. Suvda eritmalar holida juda xilma-xil mineral tuzlar bo‘ladi. Hujayra tarkibida quyidagi mineral tuzlar: kationlardan - kaliy, natriy, kaltsiy, magniy; anionlardan - kuchsiz fosfor, xlor, karbon kislota qoldiqlari va boshqa ko‘pgina tuzlar bo‘ladi Bu tuzlar hujayradagi fizik-kimyoviy jarayonlar uchun zarur. Hujayradagi anorganik moddalarning katta qismi tuzlar sifatida uchraydi. Ular ion holatida yoki qattiq erimaydigan tuz ko‘rinishida bo‘ladi. Ion holida uchraydiganlar orasida K + , Na + , Ca 2+ tuzlari muhim ahamiyatga ega. Chunki ular tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat - qo‘zg‘atuvchanlikni amalga oshirishni ta’minlaydi. Suv va suvda erigan mineral moddalar, qand va polisaxaridlar, organik kislotalar va boshqa moddalar protoplastning faoliyati natijasida hosil bo‘ladi va hujayra shirasida to‘planadi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling