I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 1.5.1. Urug’larda moy (triglitserid) hosil bo’lish jarayoni va bunga tashqi muhitning ta’siri
Tayanch iboralar:
Metabolik jarayonlar, fiziologik faoliyat, kimyoviy tarkib, lignin, mikroskop, tarkibiy elementlar, vakuola, protoplast, tsitoplazma, yadro, diffuziya, lipoproteidlar, glikoproteidlar, nukleoproteidlar, mitoxondriya, pigmentlar, xlorofill, leykoplastlar, xromoplastlar, endoplazmatik reticulum, ribosomalar, Goldji apparati, mikrotanachalar, sferosoma. 48 Nazorat savollari: 1. Urug’lar asosiy to`qimalarining hujayralarida nechta va qanday asosiy elementlar bo’ladi? 2. O’simlik hujayrasida zaxira moddalari qanday taqsimlangan bo’ladi? 3. Qanday kimyoviy moddalar urug’larni о‘rab turuvchi tо‘qimalar mustahkamligini ta’minlaydi? 4. О‘simlik hujayra asosiy organoidlarini ayting va funksiyalarini tushuntiring. 5. Tsitoplazma nima va uning kimyoviy tarkibi qanday? 6. О‘simlik hujayrasida zaxira oqsil moddalarning to’planishini tavsiflab bering. 7. Lipidlarning hujayrada joylashuvi qanday? 8. Hujayra tarkibidagi uglevodlarning ahamiyati. 9. Hujayraning fizikaviy xossalari suvga bog’liqligini tushuntiring. 10. Vakuolaning tarkibi nimadan iborat? Uning ahamiyati nimada? 11. Mitoxondriylarning asosiy vazifasi nimadan iborat? 12. O’simlik hujayralarda mineral moddalarning to’planishini tavsiflab bering. 1.5. URUG‘LARNING HOSIL BO‘LISHIGA TASHQI MUHITNING TA’SIRI 1.5.1. Urug’larda moy (triglitserid) hosil bo’lish jarayoni va bunga tashqi muhitning ta’siri O‘simliklarda yog‘lar asosan uglevodlardan hosil bo‘ladi. Biroq bu jarayon birmuncha murakkab bo‘lib, avval uglevodlar ko‘pgina oraliq reaksiyalarda boshqa birikmalarga aylanadi. Bu reaksiyalarda, birinchidan, yog‘ hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘ladigan energiya ajralib chiqsa, ikkinchidan, yog‘larning tarkibiy qismi hisoblangan birikmalar hosil bo‘ladi. Bu birikmalar yog‘ hosil bo‘lishida ishtirok etadigan ferment tizimlar ta’srida hujayra va to‘qimalarda yog‘larga aylanadi. Yog’ hosil qiladigan ferment tizimlar, asosan, mikrosomalarda va mitoxondriylarda mujassamlashgan. Triglitseridlar hosil qiladigan birlamchi mahsulotlar yog‘ kislotalar va glitserindir. Boshqa birikmalar kabi, glitserin va 49 yog’ kislotalar ham faol holga kelmasdan turib, bevosita reaktsiyaga kirisha olmaydi. Yog’ kislotalar bevosita faollashgan shaklda uchrashi mumkin. Faol bo’lmagan yog’ kislotalar ATF va KoA (koferment-A) ishtirokida faol holga aylanadi. KoA molekulasi tarkibini adenozin, pantotenon kislotasi, tioetanolamin va fosfor kislotasining qoldiqlari tashkil etadi. Koferment-A atsil guruhlarini ko’chirishda, yog’ kislotalarining biosintezi jarayonida ishtirok etadi. Ikkinchi tomondan fosfodioksiatsetondan faollashgan glitserin hosil bo’ladi. Bu reaktsiyada qaytarilgan NADF H 2 (tirik hujayralarda oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida ishtirok etadigan fermentlar kompleksi) ishtirok etadi. Hosil bo’lgan faol glitserin va yog’ kislotalarning kofermentli hosilalari osonlik bilan reaktsiyaga kirishib, fosfatid kislota (diglitserid fosfat) hosil qiladi. Diglitserid yana bir molekula yog’ kislotasining kofermentli hosilasi bilan reaktsiyaga kirishib, yog’lar hosil qiladi. Yog’ hosil bo‘lishini quyidagi umumiy sxema bilan ifodalash mumkin: O’simlik o‘stirilayotgan joyning iqlim sharoiti va mineral o‘g‘itlar undagi moddalar almashinuvi jarayonlariga, urug’ning kimyoviy tarkibiga va ayniqsa tsellyuloza, yog‘lar hamda oqsillar biosinteziga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Iqlim sharoiti har xil bo‘lgan turli geografik hududlarda yetishtirilgan o`simlikda moddalar almashinuvi har xil bo’ladi. Bir turdagi va hatto bitta o`simlik meva va urug’lari morfologik belgilari, kimyoviy tarkibi va fiziologik xossalari bilan farq qilishi mumkin. Bunday turlicha sifatlilik, urug’lar va mevalar haqida gapirilganda ularning o`rtacha yoki umumiy belgilarini tushuntirishga olib keladi. 50 Urug’lar va mevalar sifatining turlichaliligi turli sabablarga ko`ra yuzaga keladi va bir necha shakllarga bo’linadi. Aniq ko`ringan belgilardan biri Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling