I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

onalikning turlichaligi, ya’ni rivojlanayotgan urug’ onalikning turli joyida 
joylashuvi hisoblanadi.
Masalan, paxta ko`sagida urug’larning shakllanish tezligi gullarning 
poyada joylashuviga bog’liq bo`ladi (5-jadval). Poyaga yaqin joylashgan 
ko`saklar tezroq rivojlanadi.
5-jadval 
Paxta ko`sagining poyada joylashuvining chigit sifatiga ta’siri 
 (X. X. Yenileyev va V. P. Solovyov, 1960) 
Poya shoxining 
raqami 
Bitta ko’sagida urug’ 
miqdori (o’rtacha) 
 
1000 urug’ning 
massasi, g 
 
Urug’ namligi, 

1-3 
32,8 
135 
7,32 

33,7 
135 
7,22 

35,3 
134 
7,10 

36,1 
134 
7,07 

36,7 
133 
7,22 

38,0 
129 

Kanakunjut urug’larining kimyoviy tarkibi ular shakllangan ko`sakchaning 
poyada joylashuviga bog’liq bo`ladi. Markaziy o`q poyada joylashgan guldan hosil 
bo`lgan urug’lar yon shoxlarda hosil bo`lgan urug’larga nisbatan yog’ga boy va 
tarkibida ritsinol kislota miqdori ko`p bo`ladi. Poyaning turli joylarida rivojlangan 
zig’ir urug’lari ham tarkibi, to`planadigan lipidlar miqdoriga ko`ra va alohida 
urug’larning massasi bilan farq qiladi.
Bitta to’pgulda urug’lar miqdori 
qanchalik ko`p bo`lsa, ular
ning xossalari va 
kimyoviy tarkibi
ham shunchalik turlicha bo`ladi. Sifatning turlicha bo`lishini 
kungaboqar misolida kuzatish mumkin (5-rasm). Yetilish vaqtida kungaboqarning 
gul kosasida 8 minggacha urug’ mavjud bo`ladi. Kungaboqar soyabonining o`ziga 
xos tuzilishi urug’lar yetiladigan naysimon gullarning o`ziga xosligini belgilaydi. 
Naysimon gullarning ochilishi soyabonning chetlaridan markazga qarab o`zgarib 
boradi. Bunday zonalar 6-12 ta bo`lib, har kuni bitta zona gullari ochiladi va 
soyabonning gullash davri 6-12 kun davom etadi.


51 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling