I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
-rasm. Kungaboqar to’pgulida tomirlarning joylashuvi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
5-rasm. Kungaboqar to’pgulida tomirlarning joylashuvi.
Urug’lar radial yo`nalishda chetlardan markazga qarab o`zgarib boradi. Eng chetda joylashgan urug’lar yirik, yaxshi yetilgan, markazdagi urug’lar eng yosh va kichik bo`ladi. Urug’larning shakllanishi va yetilishi turli haroratda, namlikda, o`simlik yaproq yuzasida sodir bo`ladi. Markaziy zonadagi urug’lar va gullar suv va oziqaviy moddalar bilan yomon ta'minlanadi. Chunki tomirlarning joylashuvi xuddi poyadagidek bo`ladi. Yirik tomirlar yon tomonlarda, kichiklari chekkalarida joylashgan bo`ladi. Suv va oziqaviy moddalar kelishi kamayganida soyabon markazidagi gullarning nektarliligi kamayadi, ularga hasharotlar kam keladi. Bu esa changlanishni va gulning keyingi rivojlanishini yomonlashtiradi. Urug’larning kimyoviy tarkibi urug’larning rivojlanish vaqtida yaproqlarning holatiga bog’liq bo`ladi. A.I.Yermakov tomonidan o’trkazilgan tajribalarda zig’irning bir qism yaproqlari gullash vaqtida olib tashlanganida urug’larning massasi kamaydi. Soya o’simligi yaproqlaridan oziqa moddalari o`simlikdagi ularga yaqin bo`lgan mevalarga keladi. Kungaboqar yaproqlari faqat soyabondagi o`z urug’lari qatorini ta'minlaydi. Urug’lar sifatining turlicha bo`lishiga yaproqlarning shamol, hasharotlar va mikroorganizmlar ta'sirida shikastlanganligi ham ta'sir qiladi. O’simlik va urug’larning rivojlanishida ularning gibrid tabiati ham katta ahamiyatga ega. Urug‘larda rivojlanishning turlicha bo‘lishi yana ularning genetik turliligiga, ya’ni turli changchilar, urug‘donlar, murtaklar sifatiga bog‘liq. 52 Urug’lar sifatining turlicha bo`lishiga tashqi muhit ham ta'sir ko`rsatadi. O`zgaruvchan tashqi muhit sharoitlarida urug’lar oziqaviy moddalar bilan turlicha ta'minlanadi. Urug‘ni pishish davrida unga oziqa moddalarining o‘tish muddati va jadalligi ob-havo sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Ob-havo yaxshi bo‘lib, nam yetarli bo‘lganda urug‘ning yetilish va pishish davri uzayadi, urug‘ yirik bo‘lgan holda, hosil oshadi. Moyli o’simliklar va urug’larning tashqi belgilari va kimyoviy tarkibining o’zgarishi tashqi muhit ta’sirida sodir bo’ladi. O‘simliklarning tashqi muhit sharoitiga moslashish xususiyati nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ularning hammasi saqlanib qolish maqsadiga yo‘naltirilgan. Moyli o‘simliklarni o‘stirish joyining geografik o‘rni va unga xos bo‘lgan iqlim sharoiti - harorat, yorug‘lik, namlik va boshqalar urug‘da hosil bo’lgan va to’plangan moyning miqdoriga hamda tarkibiga ta’sir qiladi. S.A.Ivanov, turli geografik joylarda o‘stirilgan moyli o‘simliklarning moy tarkibini o’rganib, moy hosil bo’lishi jarayoni shimolda o’sadigan o’simliklarda kuchayadi, degan xulosaga keldi. Masalan, O’rta Volga bo’yida yetishtirilgan xantal urug‘ida moy miqdori 30-33% bo’lsa, shimolda - G’arbiy Sibirda o’stirilgan xantal urug’i tarkibida esa moy miqdori 40...50% ni tashkil etadi. Urug’ tarkibidagi moy miqdoriga o’simlikning dengiz sathidan qaysi balandlikda o‘stirilishi ham ta’sir qiladi. N.I.Vavilovning ko’zatishi bo’yicha yetishtirish joyning dengiz sathidan balandligi oshganda urug’ tarkibidagi moy miqdori ham ko’payadi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, har xil geografik kengliklarda etishtirilgan o‘simliklarning moyi yog’ kislotali tarkibi bilan farqlanadi. Moy miqdorining ko‘p bo‘lishini ta’minlaydigan tashqi muhit sharoiti (asosan harorati), uning to‘yinmaganlik darajasining o'shishiga olib keladi. S.L.Ivanovning xulosasiga asosan past harortlarda o‘simlik moylarining to‘yinmaganlik darajasi oshganda o’simlikning himoyalanish reaktsiyasi kuchayadi. To‘yinmagan yog‘ kislotalar to’yingan yog’ kislotalarga nisbatan past harortda suyuq holatda bo’lib o’simliklarni past harorat ta’siridan saqlaydi. Masalan, tropik o‘simliklarning ko’pchilik moylari qattiq (xona haroratida) 53 bo’ladi, o‘rta va shimoliy hududlarda o'sayotgan o'simliklarda esa suyuq moylar to’planadi. Lekin janubda o’sayotgan ayrim o’simliklar yog’larida polito’yinmagan (2 ta, 3 ta va 4 ta qushbog’li) yog’ kislotalari aniqlangan. Olimlarning fikri bo’yicha, urug‘larning pishishi davrida moyning to‘planishiga va to‘yinmaganlik darajasiga Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling