I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5.2. Moyli urug’larda modda almashinuvining o’ziga xosligi
tashqi muhit harorati va tuproqning namligi ta’sir qiladi. Tuproqning namligi
yuqori bo’lganda urug’larning moyliligi va to’yinmaganlik darajasi oshadi. Urug'larning moy hosil bo’lish jadalligiga ug’itlar ham ta’sir qiladi. Amalda paxta, kanakunjut, indov, eryong’oq, zig’ir, soya urug’larning yog’dorligiga kaliy va fosforning ijobiy ta’siri aniqlandi. 1.5.2. Moyli urug’larda modda almashinuvining o’ziga xosligi Evolyutsion taraqqiyot davomida o‘simliklar tashqi muhitga yaxshi moslashgan. Ularning bu munosabati modda almashinishi orqali amalga oshib, o‘simlaklarning fiziologik holati, tashqi muhit sharoiti va o‘simlik kimyoviy tarkibiga bog‘liq. O‘simliklarning tashqi muhit bilan bog‘liqligi hayvonlarning tashqi muhit bilan bog‘liqligiga nisbatan ancha kuchli, chunki hayvonlar zarur bo‘lgan vaqtda og‘ir va noqulay iqlim sharoitidan qochishlari mumkin. O‘simliklarning tashqi muhit sharoitiga moslashish xususiyati nihoyatda xilma-xil. Ushbu xususiyatlar o’simlikning barcha qismlarida, ayniqsa yetilgan urug’ va mevalarda namoyon bo’ladi. Moyli urug’larning pishishi murakkab ko’p bosqichli jarayon. Ularda bir qator murakkab o’zgarishlar - fermentativ reaktsiyalar, biosintez, lipidlarning to’planishi kuzatiladi. Pishishning boshlang’ich davrlarida urug’larda asosan uglevodlar almashinuvi borib, uglevodlar va oqsillar sintezini ta’minlaydi. Urug’ to’qimalari o’sishi to’xtashi bilan oqsillar sintezi susayadi, uglevodlarning lipidlarga aylanish jadalligi ortadi. Urug’larda lipidlar to’planadi, bu jarayon to’liq pishguncha davom etadi. 54 Urug‘ pishayotgan davrda undagi modda almashinish tezligi ancha o’zgaradi va yetilish bilan birga tarkibidagi suv miqdori sekin-asta kamayib boradi. Yetilgan urug‘lar, odatda, juda ham quruq bo‘ladi. Yetilish davrida modda almashinish jarayoni maksimal darajada bo’lgan holatdan urug’lar tinch holatga o’tadi. Tinch holatdagi urug‘larning salbiy ta’sirlarga chidamliligi oshadi. Shuning uchun, ularni shu holatda saqlash tarkibidagi zaxira moddalarni to‘liq saqlanib qolishini ta’minlaydi. Tinim davrining o‘tish muddati o‘simlik turi va ularning nav xususiyatlariga, urug‘larning onalik belgilari o‘simlikda rivojlanishi va pishishi hamda urug‘ning yig‘ib olingandan so‘ng saqlash sharoitiga bog‘liq. Bu davrda urug‘ fiziologik- biokimyoviy jarayonlarni o‘tadi, ular to‘la yetiladi va unib chiqish xususiyatiga ega bo‘ladi. Tinim holatida barcha hayotiy jarayonlar to’la to’xtamaydi, balki faol modda almashinuv jarayoni juda sekinlashadi. Tinch holatdagi urug‘larda fermentlar faolligi minimal bo‘lib, modda almashinuvi urug‘ni ekish davrigacha saqlanishi uchun zarur bo‘lgan minimal qiymatga ega bo‘ladi. Namlik, harorat va kislorod ta’sirida urug‘ murtagi tinch holatdan chiqadi va o‘sa boshlaydi. Asosiy to‘qimalardagi zaxira moddalari parchalanadi va yangi o’simlik rivojlanadi. O‘simliklarda moddalarning almashinuvi tashqi muhit sharoitining o’zgarishi ta’sirida boradi, urug’larda har xil tezlik bilan kimyoviy, asosan oksidlanish- qaytarilish reaktsiyalari sodir bo’ladi. O’sayotgan o’simliklar quyosh energiyasi bilan ta’minlanadi va fotosintez jarayonida anorganik moddalardan organik moddalar paydo bo’ladi. To’plangan uglevodlar, so’ngra lipidlar (yog’lar), oqsillar va hujayraning boshqa komponentlari sintezining barcha keyingi jarayoni organik birikmalar energiyasi hisobiga fermentativ reaktsiyalar tsiklida amalga oshadi. Pishgan urug’lar energiyani organik moddalarning (uglevod, yog’, oqsillar) oksidlanishi hisobiga oladi. Organizmlarga energiya beradigan moddalar makroergik birikmalar bo’lib, ular fosfor guruhlari borligi bilan tavsiflanadi. Bu birikmalardan barcha tirik 55 organizmlar uchun eng muhimi adenozintrifosfat kislota -ATF bo’lib, u adenonozindifosfat - ADF yoki adenozinmonofosfat kislota - AMF gacha parchalanadi. ATFning parchalanishi natijasida 8-10 kkal/mol’ energiya ajralib chiqadi. Yig’ib olingan urug’larda modda almashinish jarayoni nafas olish orqali amalga oshiriladi. O’simliklar hujayralarida boradigan oksidativ reaktsiyalarda organik moddalarning kislorod ishtirokida anorganik moddalarga parchalanishi va kimyoviy energiya ajralib chiqish jarayoni nafas olish deyiladi. Nafas olish muhim fiziologik jarayon bo’lib, barcha tirik organizmlarga xos xususiyatdir. Bunda uglevodlar muhim ahamiyatga ega. Biroq uglevodlarning tirik organizmlarda bajaradigan vazifasi faqat ularga energiya yetkazib berish bilan yakunlanmaydi. Ularning parchalanishida bir qator oraliq birikmalar hosil bo’ladi. Bu birikmalar o’simliklar tanasida uchraydigan boshqa organik moddalarning (yog’lar, aminokislotalar va boshqalar) asosini tashkil etadi. Barcha tirik hujayralarning organoidi sanaladigan mitoxondriyalar nafas olish a’zosi hisoblanadi. Ana shu mitoxondriyalarda murakkab organik birikmalar (asosan uglevodlar) fermentlar tizimi ishtirokida kislorod yordamida oksidlanib, suv va CO 2 ga parchalanadi. Bu reaksiyalar tizimi biologik oksidlanish deyiladi. Biologik oksidlanish jarayonida uglevodlardan tashqari boshqa organik moddalar (yog’lar, yog’ kislotalari, oqsillar va boshqalar) ham ishtirok etishi mumkin. Umuman, o’simliklarning nafas olishi qorong’ilik yoki yorug’likdan qat’iy nazar tirik hujayralarda doimiy xarakterga ega. Hatto omborlarda saqlanadigan urug’larda nafas olish to’xtamaydi. Turli-tuman fermentlar jadalligida sodir bo’ladigan nafas olish jarayonida murakkab organik moddalar, oddiy birikmalargacha, jumladan, oqsillar aminokislotalargacha, yog’lar glitserin va yog’ kislotalargacha, poli- va oligosaxaridlar monosaxaridlargacha parchalanadi. Gidroliz jarayonida hosil bo’lgan oddiy birikmalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalaridan keyin karbonat angidrid va suvgacha oksidlanishi natijasida energiya ajraladi: kj CO O H O O H C 2875 6 6 6 2 2 2 6 12 6 56 Nafas olish hodisasi ikki fazadan iborat bo’lib, birinchi faza o’tishi uchun kislorod talab qilinmaydi, u anaerob faza hisoblanadi. Shu fazada nafas olishda sarflanadigan modda (glyukoza) parchalanish hodisasiga uchraganligini hisobga olib uni glikoliz fazasi deb atashadi. Bu jarayonda juda kam miqdorda energiya ajralib chiqadi va oxirgi bosqich mahsuloti piruvat kislotasi hosil bo‘ladi. Glikoliz anaerob nafas olish va bijg’ish jarayonlarining boshlang‘ich bosqichidir. Glikoliz hodisasida energiyaga boy 4 molekula ATF va 2 molekula NAD-H (nikotinamidadenindinukleotid vodorodi) hosil bo’ladi. NAD-H ning har qaysisi oksidlanganda 3 molekula ATF sintezlanadi. Demak, 2 NAD-H oksidlanishida 6 molekula foydali energiyaga ega ATF hosil bo‘ladi. Nafas olishning aerob bosqichi - ikkinchi asosiy bosqich sanaladi. Bu bosqichda piruvat kislota karbonat angidrid bilan suvda to’liq parchalanadi. Bu jarayon aerob sharoitda sodir bo’lib, bunda bir qator oraliq moddalar, dikarbon va trikarbon kislotalar ishtirok etadi. Ularning bir-biriga aylanishi “halqa”dan iborat. Shuning uchun ham dikarbon va trikarbon kislotalar tsikli deb ataladi. Triglitseridlarga boy bo‘lgan moyli o‘simliklar urug‘ining unishida ular tarkibidagi lipidlar juda tezlik bilan kamayishini kuzatish mumkin. Shu bilan birga bu davrda lipaza fermentining faolligi ham eng yuqori bo‘ladi. O‘simlik moylari, avvalo, lipaza fermenti ishtirokida gidrolizlanib, yog‘ kislotalar va glitseringacha parchalanadi. Lipazaning ta’siri bir necha bosqichli bo‘lib, triglitseridlar avval diglitseridlarga, so‘ngra monoglitseridlarga va nihoyat yog‘ kislotalari hamda glitseringa parchalanadi. Moylarning lipaza ta’sirida parchalanishini sxematik ravishda quyidagicha ifodalash mumkin: 57 Bunday reaksiya natijasida hosil bo’lgan glitserin va yog‘ kislotalarining keyingi parchalanishidan hosil bo’lgan oxirgi mahsulot bir xil, ya’ni karbonat angidrid bilan suv bo‘lsa-da, lekin ular har xil yo‘l bilan parchalanadi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling