I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chegaralangan me’yorlardagi
To’rtinchi bo’limda urug’larning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash uchun
foydalaniladigan standartlar ko’rsatilgan. Beshinchi bo’limda urug’larni joylashtirish va saqlash qoidalari keltirilgan. Urug’lar toza, quruq, begona hidlarga ega bo’lmagan, zararkunandalar bilan zararlanmagan vositalarda tashiladi va omborxonalarda saqlanadi. Moyli urug’lar standartlarida namlik, ifloslanganlik, zararkunandalar bilan zararlanganlik va yangiligiga me’yorlar belgilangan bo’lib, xo’jaliklardan urug’larni tayyorlash korxonalariga keltirilayotgan moyli xom ashyolar va yog’ ishlab chiqarish korxonalariga yuborilayotgan xom ashyoga qoyilgan talablar bir biridan farq qiladi. Tayyorlanayotgan moyli urug’larga ikkita bazis va chegaraviy me’yorlar belgilangan. Bazis me’yorlar- urug’larni qo’shimcha ishlov berishsiz saqlash va standart sifatli mahsulot olish mumkin bo’lgan sifat me’yorlarini bildiradi. 63 Chegaralangan me’yorlardagi sifat ko’rsatkichlarga ega bo’lgan urug’larga qo’shimcha ishlov berish yo’li bilan sifatli mahsulot olish mumkin. Kritik namlikdan past namlikka ega bo’lgan urug’larni qo’shimcha ishlov berishsiz oddiy turdagi omborxonalarda saqlash mumkin. Namlikning bazis me’yorlari 9-14% ni, ya’ni kritik namlikdan yuqori miqdorni tashkil qiladi. Shuning uchun bazis me’yorlardagi namlikka ega bo’lgan urug’lar saqlashdan oldin quritiladi. Kо‘pgina moyli urug‘lar uchun namlikning asosiy me’yori 9 - 14 % ni tashkil qiladi, bu urug‘ning о‘lchami va turiga bog‘liq. Ba’zi urug‘lar namligining asosiy me’yorlari, %: kunjut va chigit - 9 yeryong‘oq, kо‘knor, zig‘ir - 11 xantal, indov, kungaboqar - 12 maxsar, kanop - 13 soya - 14 Bazis me’yorlarga ko’ra urug’lardagi iflos va moyli aralashmalar miqdori reglamentlanadi. Iflos aralashmalarga mineral (tuproq, qum, toshlar) va organik aralashmalar (yaproq, poya qoldiqlari, puch urug’lar, urug’ qobiqlari, barcha yovvoyi o’simliklar urug’lari, shikastlangan urug’lar) kiradi. Moyli aralashmalarga ezilgan, maydalangan, zarakunundalar tomonidan zararlangan, puch, kichkina, unib chiqqan, rangi o’zgargan asosiy o’simlik urug’lari kiradi. Davlat standartida har bir moyli xom ashyo uchun iflos aralashmalarning ruxsat etilgan miqdori (asosiy me’yorlari) kо‘rsatilgan, %: kungaboqar va kо‘knor urug‘lari uchun - 1 moyli zig‘ir uchun - 3 boshqa moyli xom ashyolar uchun - 2 . Moyli aralashmalar miqdori, %: kо‘knor uchun - 1 kungaboqar uchun - 3 maxsar va kanakunjut uchun - 4 qolgan moyli xom ashyolar uchun - 6. 64 Kо‘pchilik moyli urug‘lar turlari uchun ularni texnologik qayta ishlashda zarur bо‘ladigan namlik urug‘lar namligining asosiy me’yoriga tо‘g‘ri keladi. Faqatgina zig‘ir va indov urug‘lari uchun texnologik qayta ishlash uchun kerak bо‘lgan namlik miqdori urug‘lar namligining chegaraviy me’yoriga teng. Moyli urug’larning sifati chegaraviy me’yorlardan past bo’lsa direktiv tashkilotlarning maxsus ruxsati bilan qabul qilinadi. Yog’-moy ishlab chiqarish korxonalariga keltirilayotgan moyli urug’lar va mevalarga qo’yiladigan talablar chegaraviy, ba’zida bazis me’yorlardan ham yuqori bo’ladi. Masalan, kungaboqar urug’larining namligi 6-8% ni (bazis me’yorlarga ko’ra 7%) tashkil qiladi. Bolalar ovqatlanishi mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo’ljallangan moyli urug’larga maxsus talablar qo’yiladi. Masalan, kungaboqar urug’idagi pestitsidlar qoldig’i miqdori maksimal qiymatlardan ortiq bo’lmasligi kerak. Og’ir metallar – mis, simob, qo’rg’oshin hamda aflotoksinlar miqdori yo’l qo’yiladigan kontsentratsiyadan ortiq bo’lmasligi kerak. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling