68
Absolyut massa qiymatiga ko’ra urug’lar og’ir, o’rta
va yengil turlarga
bo’linadi (11-jadval).
11-jadval
Moyli o’simliklar 1000 ta urug’i massasi, g
O’simlik
A
O’simlik
A
Og’ir
Yengil
Eryong’oq
1000-1200
Oq xantal
3,5-6,0
Soya
140-200
Qora xantal
1,6-2,2
Kanakunjut
160-300
Indov (raps)
1,9-5,5
Chigit
110-165
Rijik
0,7-1,6
Kungaboqar
45-100
Kunjut
2,0-5,0
O’rta
Ko’knor
0,25-0,7
Maxsar (saflor)
20-50
Zig’ir
3-15
Nasha
12-26
Nisbiy zichlik. Bu ko’rsatkich urug’lar turli to’qimalarining
kimyoviy
tarkibi, namligi va nisbiy zichligi bilan bog’langan. Urug’lar
nisbiy zichligi
qiymati urug’ to’qimalaridagi havo miqdoriga ham bog’liq bo’ladi. Masalan,
kungaboqar urug’ida havoli to’qimalar 20-35% hajmni egallaydi.
Ko’pchilik moyli o’simliklar urug’larining nisbiy zichligi 1 dan (suvning
zichligidan) kichik. Ularda zichligi 0,92 bo’lgan lipidlar ko’pchilikni
tashkil
qiladi.
Lipidlarning zichligidan tashqari urug’larning
nisbiy zichligi anatomik
tuzilishining
xususiyatlari, to’qimalarning zichligi
va qoplovchi hamda asosiy
to’qimalar orasida havoli bo’shliqning mavjudligiga ham bog’liq bo’ladi.
Agar quruq urug’larning nisbiy zichligi 1 dan kichik bo’lsa u urug’larni
namlash vaqtida ortadi; agar 1 dan katta bo’lsa, urug’larni namlash vaqtida nisbiy
zichlik kamayadi.
Urug‘larning fizik xossalari - absolyut og‘irligi, nisbiy zichligi va geometrik
shakli ularning kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq (12-jadval).