I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Moyli urug’larning aerodinamik xossalari
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paxta chigitining kritik tezligi Chigit navi Tuklilik, % Namlik, % V kr
- Paxta chigitini kimyoviy tarkibi bo’yicha aerodinamik fraktsiyalash Uchish masofasi, m Urug’ fraktsiyasi, %
- O’z -o’zidan oqish burchagi
Moyli urug’larning aerodinamik xossalari
O’simlik Kritik tezligi, m/sek Yelkan- lik koeffitsi- enti, m -1 O’simlik Kritik tezligi, m/sek Yelkan- lik koeffitsienti, m -1 Zig’ir 3,3...6,0 0,41 Xantal 3,9...7,2 0,27 Kungaboqar 3,2...8,9 0,24 Ko’knor 2,5...4,3 0,53...1,53 Kanakunjut 0,6...10,2 0,09 Indov 8,2 0,15 Nasha 3,2...7,8 0,24 Yeryong’oq 12,5...15,0 0,04...0,06 Ingichka tolali paxta 5,0...9,8 0,14 Soya 9,5...12,5 0,06...0,24 O’rta tolali paxta chigiti uchun kritik tezlik urug’larning tukliligiga va namligiga, hamda naviga bog’liq (14-jadval). 14-jadval Paxta chigitining kritik tezligi Chigit navi Tuklilik, % Namlik, % V kr , m/sek 1 9,0 8,0 7,8 2 9,52 7,9 6,8 3 9,60 8,1 6,3 4 9,81 8,0 6,0 Aerodinamik xossalar urug’larning kimyoviy tarkibi va namligiga bog’liq. Bu bog’liqlikka asoslanib urug’larni fraktsiyalash mumkin (15-jadval). 71 15-jadval Paxta chigitini kimyoviy tarkibi bo’yicha aerodinamik fraktsiyalash Uchish masofasi, m Urug’ fraktsiyasi, % Namligi, % Moyliligi, % Yog’ning kislota soni, mg KOH 1 8 , 0 1 , 0 2 , 0 9,8 5,8 18,6 2 3 4 1,7 9,5 14,1 10,2 5 7,2 9,6 17,6 7,1 6 16,4 9,4 18,8 3,6 7 18,7 9,3 20,1 3,5 8 22,3 8,9 20,9 3,2 9 19,2 8,8 22,0 3,0 10 8,3 9,1 22,7 1,6 11 1 , 0 8 , 0 2 , 4 9,2 20,4 1,9 12 13 Chigitning dastlabki namunasi 100 9,5 18,8 4,7 Moyli urug’lar va mevalarning sochiluvchanligi. O’rta tolali paxta chigitidan tashqari ko’pchilik moyli urug’lar va mevalar uyum holida bir biri bilan juda kuchsiz bog’lanadi. Moyli o’simliklar urug’lari uyumi sochiluvchanlikka - alohida urug’lar va urug’ qatlamlarini qiya yuzada ko’chirishda harakatchanlikka ega. Urug’lar va mevalar sochiluvchan bo’lganligi sababli ularni oson yuklash va bo’shatish, omborxonaning butun hajmini to’ldirish, energiya sarflamasdan qiya quvurlardan yuqoridan pastga tushirish imkoniyati yuzaga keladi. Sochiluvchanlik darajasi tabiiy qiyalik burchagi va o’z-o’zidan oqish burchagi bilan tavsiflanadi. Tabiiy qiyalik burchagi deb urug’larni gorizontal yuzaga erkin tushishida hosil bo’lgan konus va uning asoslari orasidagi burchakka aytiladi. Uning qiymati urug’ uyumi geometrik shakli bilan belgilanadi. 72 O’z -o’zidan oqish burchagi urug’ uyumi biron bir yuzada o’z- o’zidan oqishi boshlanadigan burchagini bildiradi. O’z-o’zidan oqish burchagi tangensi ishqalanish koeffitsienti deyiladi. Urug’ uyumining sochiluvchanlik darajasiga urug’larning shakli, yuzasining tavsifi va holati, urug’ harakatlanayotgan yuzaning materiali va holati ta’sir qiladi. Urug’ holati qanchalik sharga yaqin va ular yuzasi qanchalik silliq bo’lsa, urug’lar sochiluvchan bo’ladi. Soya urug’larining yuqori sochiluvchanligi uning sharsimonligi, zig’irda silliq yuzaning mavjudligi bilan tushuntiriladi. Zig’ir uyumi suyuqlik bilan taqqoslanadi va u “oqadi” deyiladi. Dag’al yuzali urug’lar va mevalar kam sochiluvchanlikka ega bo’ladi. Kungaboqar, kanakunjut va zig’ir namligi ortishi bilan ularning temir va yog’och yuzalarda ishqalanish koeffitsienti va tabiiy qiyalik burchagi ortadi. Aralashmalar urug’larning sochiluvchanligini kamaytiradi. Aralashmalar, xususan organik aralashmalar miqdori katta bo’lganida urug’ massasining sochiluvchanligi butunlay yo’qotilishi mumkin. O’z-o’zidan qizish natijasida urug’larning sochiluvchanligi kamayadi. Quyida ba’zi moyli o’simliklar urug’lari va mevalarining tabiiy qiyalik burchaklari keltirilgan (grad): soya........................................24-32 zig’ir.......................................27-34 kungaboqar.............................31-45 kanakunjut..............................34-46. Urug‘lar sochiluvchanligi ularni sochilish vaqtida o‘z-o‘zidan saralanishiga olib keladi. Uyumlar hosil qilinganda og‘ir komponentlar uyum konusining pastki perimetri bo‘yicha joylashsa, yengillari konus uchiga yaqin joylashadilar. Bu hodisani urug‘larni transport vositalarda tashish vaqtida ham kuzatish mumkin. Bunda og‘ir urug‘lar va qo‘shimchalar urug‘ massasi tubiga tushib qoladi. Urug‘ massasidan o‘rtacha namuna olganda shu hodisaga ahamiyat berish kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling