I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Gigroskopik xossalari. Moyli urug’larning atrofdan namlikni yutishi va 
namlikni chiqarishi – ya’ni gigroskopikligi katta amaliy ahamiyatga ega. Atrof-
muhit havosidagi suv bug’larining miqdoriga qarab urug’lar namligi ortadi yoki 
kamayadi.
Agar havodagi suv bug’ining partsial bosimi urug‘ yuzasi atrofidagidan katta 
bo‘lsa - sorbsiya jarayoni, urug‘ yuzasi atrofida suv bug’ining partsial bosimi 
yuqori bo’lganda - desorbsiya jarayoni boradi. Havo namligini sorbsiyalash va 
desorbsiyalash jarayonlari odatda dinamik muvozanatda bo‘lib, vaqt birligida 
sorbsiyalangan va desorbsiyalangan suv miqdori bir xildir. 
Sorbsiyalanadigan va desorbsiyalanadigan suv miqdori urug’ atrofidagi 
havodagi suv bug’ining partsial bosimi va haroratiga mos keladi. Havoning 
ma’lum parametridagi (nisbiy namlik va harorat) urug’ning namligi muvozanat 
namligi deyiladi. 
Havo namligi 100% bo’lganda urug’ning maksimal muvozanat namligi 
chegaaraviy deyiladi. 
Havo namligi 100% dan oshsa urug‘lar havodan suv bug’ini sorbsiyalamay, 
tomchi-suyuqlikni singdira boshlaydi. Bu namlik gigroskopik namlik deyiladi. 
Urug’ to’qimalaridagi kolloidlarning suvni shimishi jarayonida 
kimyoviy 
birikma hosil bo'lishining energiyasiga mos keladigan issiqlik ajraladi.
Urug'larda bu kimyoviy bog'langan namlik, uni ajratilishi to'qimalarning 
molekulyar tuzilishini buzadi.
Urug’ namligi oshganda suv molekulalari elektrostatik kuchlar yordmida 
ushlab turiladi. Bu adsorbtsion bog’langan namlik bo’lib, uni ajratilishi urug’ 
to’qimalarning buzilishiga olib keladi, ammo keyingi namlashda yana tiklanadi.
Shu bilan birga, gidrat qatlamining qalinligi oshgani sari, suvni tortish kuchi 
tezda pasayadi va kolloid moddalarning bo'kish jarayoni sekinlashadi. 
Ushbu suv kapillyar va osmotik bog'langan hisoblanadi. Uni to'qimalarning 
molekulyar strukturasini buzmasdan urug'larni issiqlik bilan quritish jarayonida 
ajratish mumkin. 


75 
Shunday qilib namlikni bog’lash energiyasi kichik bo’lganda erkin suv, katta 
kuch bilan ushlab turilgan suv – bog’langan deyiladi. Bunday erkin suv -15...-20°C 
da, bog’langan suv pastroq haroratda muzlaydi. 
Urug’ tarkibida kimyoviy va adsorbtsion yo’l bilan ushlab turilgan namlik 
bog’langan suv deb yuritiladi. Mexanik birikkan (kapillyar va osmotik bog’langan) 
namlik erkin suv deb ataladi. 
Urug’ hujayralarining gidrofil qismida 
namlik 15% dan ko’p to'planganda, 
urug'larda erkin suv paydo bo'ladi va almashinuv reaktsiyalar tezligi keskin oshadi. Bu 
namlik kritik namlik deyiladi. 
Kritik namlikning miqdori urug’ning kimyoviy 
tarkibiga bog’liq. Urug’ tarkibida moy miqdori qancha ko’p bo’lsa, urug’ shuncha kam 
suvni o’ziga saqlaydi va uning kritik namligi shuncha kichik bo’ladi.
Urug’ to’qimalari karbonat angidridini ko’p miqdorda yutishi mumkin. CO

yutilishining jadalligi urug’ namligiga, havo haroratiga va gazning 
konsentratsiyasiga 
bog'liq. 
Atrof muhitdagi sorbtsiyalangan kislorod moyli urug’lar tarkibidagi 
to’yinmagan yog’ kislotalarni oksidlanishiga va erkin radikallarning hosil bo’lishiga 
olib keladi. Erkin radikallar moylarni saqlash davrida oksidlanish barqarorligini keskin 
kamaytiradi. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling