I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Moyli urug’larning fiziologik xossalari


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

1.6.5. Moyli urug’larning fiziologik xossalari 
Ularga urug’ uyumining nafas olish jadalligi, urug’larning unuvchanligi va 
o’sish energiyasi kiradi. Bu xossalar urug’ uyumini saqlash vaqtidagi holatini va 
undan keyingi foydalanish yo’llarini belgilaydi.
Ko’pchilik hollarda urug’ massasi faqat bitta o’simlik urug’laridan emas, 
balki turli aralashmalardan ham iborat bo’ladi. Aralashmalar shartli tarzda iflos 
(boshqa o’simliklar urug’lari, mineral va organik aralashmalar) va moyli 
aralashmalarga (asosiy moyli o’simlikning shikastlangan urug’lari) bo’linadi. 
Bundan tashqari urug’larda va aralashmalarda mikroorganizmlar mavjud 
bo’ladi, urug’ uyumida hasharot-zararkunandalar bo’lishi mumkin. 
Nafas olish jarayonida urug’larni o’rab turgan muhitga suv, CO
2
va issiqlik 
chiqariladi. Issiqlik yoki CO
2
miqdorini o’lchab nafas olish jadalligi to’g’risida


76 
tasavvur hosil qilish mumkin. Nafas olish vaqtida urug’lar quruq moddalarini 
yo’qotadi. Ma’lum vaqt oralig’ida urug’ning massa birligidan ajralib chiqqan CO
2
miqdori nafas olish jadalligi deb ataladi.
Quruq urug’larning nafas olish jadalligi juda past. Urug’ namligi kritik 
namlikgacha ortganida nafas olish jadalligi oshadi. Nafas olish jadalligi va 
biokimyoviy jarayonlarning jadallashuvi erkin suv paydo bo’lganligi bilan 
asoslanadi.
Harorat ortganida urug’larning nafas olish jadalligi oshadi, ma’lum 
haroratda nafas fermentlari inaktivlanadi. 
Harorat ortganida urug’larning nafas olish jadalligi nafas fermentlari 
inaktivlanadigan haroratgacha ortib boradi. Haroratning urug’lar nafas olish 
jadalligiga ta’sir qilishi ulardagi namlik miqdoriga bog’liq. Nam urug’larning nafas 
olish jadalligi harorat ortishi bilan ortadi va kritik haroratga yetganida pasayadi. 
O’rta quruqlikdagi va quruq urug’lar sekin faollanadi va yuqori haroratlarda nafas 
olish jadalligi pasayadi.
Moyli urug’lar nafas olish jadalligi ularda mikroorganizmlar rivojlanishi 
bilan bog’langan. Umuman, saqlash vaqtida urug’larning holati va texnologik 
xususiyatlari urug’ massasini tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning umumiy ta’siri 
bilan belgilanadi.
Mikroorganizmlarning urug’ massasi nafas olishidagi o’rnini, urug’larni 
ochiq havoda va mikroorganizmlar rivojlanishi bartaraf etilgan sharoitlarda 
saqlashdagi nafas olish jadalligini taqqoslab aniqlash mumkin. Urug’lar 
mikroflorasini bartaraf etish uchun propion kislotasining bug’laridan va bakteritsid 
va fungitsid xossalarga ega bo’lgan boshqa moddalardan foydalanish mumkin.
Urug’larni o’rab turgan atmosferada urug’ massasiga nisbatan 0,1% 
miqdorda propion kislotasi bug’lari bo’lganida urug’larning nafas olish jadalligi 
pasayadi va taxminan bir xilda saqlanib qoladi.
Urug’lar gaz almashinishi qiyinlashgan sharoitlarda CO
2
bilan boyib ketadi 
va kislorod miqdori kamayadi. CO
2
gazining past kontsentratsiyalari ham nafas 
olish jadalligini kamaytiradi.


77 
Urug’larni azot atmosferasida saqlashda nafas olish jadalligi havoda nafas 
olish jadalligiga nisbatan 3% ni tashkil qiladi.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling