I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Moyli urug’lardan namuna olish va


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

1.6.6. Moyli urug’lardan namuna olish va
namunani qisqartirish 
Xom ashyoni qabul qilishda namuna olish. Yog‘-moy sanoatida saqlash 
va qayta ishlash uchun kelayotgan о‘simliklarning moyli xom ashyolari sifatini 
nazorat qilish katta ahamiyatga ega. Urug‘larni qabul qilish va saqlashdagi texnik 
nazoratning maqsadi ishlab chiqarish korxonasini (zavodni) amaldagi Davlat 
standartlari talabalariga javob beradigan sanoat moyli xom ashyosi bilan 
ta’minlashdir. 
Har bir vagon, yoki alohida urug‘ navining turkumidan qо‘lda yoki kо‘chma 
namuna olgich yordamida kamida 20 joydan turli chuqurlikda namuna olinadi. 
О‘rtacha xom ashyo namunasining umumiy og‘irligi 2 kilogrammdan kam 
bо‘lmasligi kerak. Avtomashina yoki pritseplardan kamida 4 joydan namuna 
olinadi. 
Saqlanayotgan xom ashyodan namuna olish. Saqlash uchun moyli 
urug‘lar qabul qilinganda alohida urug‘lar bilan emas balki moyli urug‘larning 
katta massasi bilan ish kо‘riladi. Urug‘li massa о‘simliklarning botanik turkumidan 
tashkil topgan bо‘lib uning nomiga binoan nazorat qilinayotgan partiya nomi 
belgilanadi. Urug‘lar partiyasi bu bir xujjat bilan qayd qilingan va qabul qilishga, 
topshirishga yoki bir omborxonada saqlashga yoki omborxonaning bir qismida 
saqlashga mо‘ljallangan hamda birlamchi urug‘larning miqdoridir. Urug‘lar 
partiyasi uchun ikki narsa xosdir: birlamchilik va miqdoriy aniqlik. Xaqiqiy massa 
aniq bо‘lmasligi mumkin, lekin urug‘ massasi egallagan hajm chegaralari 
aniqlangan bо‘lishi kerak (misol uchun urug‘lar etaloni va b.). 
Paxta chigiti yopiq omborlarda va ochiq maydonchalarda piramida holida 
saqlanayotganda ulardan elementar namunalar maxsus shuplar yordamida olinadi. 
Elementar namunalar piramidaning barcha tekisliklaridan har 4m
2
yuzadan 
bittadan 10 sm, 1 va 2 m chuqurlikda olinadi. 


78 
Yopiq omborxonalardagi chigitdan ham elementar namunalar shup 
yordamida har 25 m
2
yuzadan uch chuqurlikda, mahsulot sathidan 10 sm 
chuqurlikda, shupning yarim va tо‘liq uzunligiga teng chuqurliklardan olinadi. 
Ajratib olingan namunalar aralashtirilib, 2 kg atrofida laboratoriya 
namunasigacha qisqartiriladi.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling