3
Ushbu qo’llanmada “Biofaol moddalar kimyosi” fani bo’yicha
bajarilishi lozim bo’lgan tajribalar yoritilgan. Keltirilgan tajribalar Buxoro
davlat universitetining Kimyo kafedrasida olib boriladigan laboratoriya
ishlari asosida tuzilgan.
Kimyo yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan ushbu qo’llanmaning
birinchi qismida dorivor o’simliklar haqida yetarlicha ma’lumot berilgan.
Ularning geografik tarqalishi, kimyoviy tarkibi va ishlatilishi keng yoritilgan.
Ikkinch qismida esa 21 ta laboratoriya ishining qisqacha nazariy qismi va
bajariladigan tajribalar haqida ma’lumotlar berilgan. Bu talabalarning tegishli
mavzuni oson o’zlashtirib, kengroq tushuncha hosil qilishlari uchun ko’mak
beradi.
Qo’llanma nafaqat universitet talabalari uchun, balki tibbiyot institutida
tahsil oluvchilar uchun ham foydalidir.
Taqrizchilar:
I.B. Shukurov – Buxoro tibbiyot instituti bionoorganik, bioorganik va
biologik kimyo kafedrasi dotsenti.
N.G.Sevinchov – Buxoro davlat universiteti kimyo kafedrasi
dotsenti, kimyo fanlari nomzodi.
Qo’llanma Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti ilmiy
kengashining 2015 yil -maydagi majlisida tasdiqlangan va chop etishga
tavsiya qilingan.