I bob. " Lоgistikа" fаnining mоhiyati vа mаzmuni


O‘zbekiston Respublikasida yuk tashish tizimini rivojlantirish strategiyasi


Download 0.61 Mb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1506921
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi tijorat

2.2. O‘zbekiston Respublikasida yuk tashish tizimini rivojlantirish strategiyasi.

O‘zbekistonning strategik vazifasi transqit’aviy yuk tashishga doir logistika sxemalarida bog‘lovchi bo‘g‘inga aylanishdan, shu bilan bir vaqtda qo‘shni mamlakatlar bilan yuk tashish bo‘yicha o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan va yuk tashishdan tushadigan daromadlarni eksport tushumlarining eng muhim qismlaridan biriga aylantirishdan iborat. Mamlakatning ichki transport tashish faoliyatining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsayotgan, tranzit salohiyatining rivojlanishini sekinlashtiruvchi hamda transport-tranzit salohiyatini to‘laligicha namayon qilishi uchun to‘sqinlik qilayotgan bir qancha sabablar mavjud


O‘zbekiston hududida xalqaro transport yo‘laklarining joylashganligi ma’muriy markazlarga bog‘lanadi. Bunday eng yirik markaz Toshkent shahridir. Bunda o‘tkazish punktlari muayyan qismining etarli darajada quvvatga ega emasligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda, bu ularning texnik jihatdan zaif jihozlanganligi, shu jumladan bojxona xizmatida AKTdan foydalanish bilan izohlanadi. Bu vakolatli organlar tomonidan tranzit yuklarni tekshirish tartiblarining cho‘zilib ketishiga, avtotransport vositalarining chegarada bo‘sh turib qolishiga olib kelmoqda. Xalqaro avtomobil yuk tashish hajmlari oshishi munosabati bilan ushbu o‘tkazish punktlarini katta yuk ortilgan avtotransportda kesib o‘tish 5 sutkagacha cho‘zilmoqda, bu esa mamlakat avtomobil yo‘laklarining tranzit jihatidan jalb etuvchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston hududi orqali o‘tadigan asosiy transport yo‘laklari zarur infratuzilmaga to‘liq ega emas, istiqbolda xalqaro transport magistrallari maqomini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan ayrim uzun yo‘nalishlarda esa infratuzilma endi yaratilmoqda.
Tashqi savdo operatsiyalarini rasmiylashtirish tartib-taomillarining murakkabligi tashish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, eksport qilish va import qilish bilan bog‘liq hujjatlar soni Xitoyda tegishli ravishda 8 ta va 5 tani, Eronda 7 ta va 11 tani, Qozog‘istonda 10 ta va 12 tani, Qirg‘izistonda 9 ta va 10 tani, Rossiyada 9 ta va 11 tani, Tojikistonda 11 ta va 12 tani, O‘zbekistonda 11 ta va 13 tani tashkil etadi5. Bundan tashqari, bojxonada tahdidlarni boshqarishni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ham mavjud bugun ham kirayotganda, ham chiqib ketayotganda yuk va yo‘lovchi oqimining deyarli 100 foizi tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Bu bojxona tartibtaomillariga ketadigan vaqtning cho‘zilishiga hamda eksport qilish, import qilish va tashishning kechiktirilishiga olib kelmoqda.
Yetkazib berish zanjirining tarqoqligi, Yetkazib beruvchidan qabul qiluvchigacha tovarlarni ortish va yuklash bo‘g‘inlarining ortiqchaligi logistika tizimiga xosdir
Iqtisodiy taraqqiyot vositasi rolini bajarish uchun Respublikamiz transport sektorini jiddiy isloh qilish hamda katta hajmdagi investitsiyalarni parovoz va vagonlarni yangilashga sarflash hamda avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya transporti infratuzilmasini rivojlantirish talab etilmoqda.
Transport xizmatlari narxlarining oshish sur’atlarini pasaytirish uchun quyidagi chora-tadbirlar zarur.
2030 yilga borib avtomobil transporti bo‘yicha yuk tashish hajmlari yiliga o‘rtacha 9,4 foizga yoki umuman 4,6 foizga o‘sishi prognozlaridan kelib chiqqan holda yuk avtomobillari sonini kamida 120 mingta avtomashinaga ko‘paytirish talab etiladi. Har yili safdan chiqayotgan avtomobillarni (5%) almashtirish zarurligini inobatga olgan holda bu 2030 yilgacha har yili qariyb 8 ming avtomobil xarid qilinishini talab qiladi. Yillik investitsiya qariyb 960 mln. dollarni yoki 2030 yilgacha umuman 14,4 mlrd. dollarni tashkil etishi kerak.
Xususiy sektor yuk avtomobillariga investitsiyalar kiritishning bosh manbasi bo‘lishi lozimligi tufayli bu vazifani hal etish quyidagilar orqali yuk avtomobillari saroyini yangilash uchun shart-sharoitlar va rag‘batlantiruvchi omillar yaratishga doir bir qator chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni nazarda tutadi:

  • zamonaviy avtotransport vositalarini xarid qilish uchun uzoq muddatli bank kreditlarini berish tizimini takomillashtirish;

  • mamlakatimizdaishlabchiqarilmaydiganmodeldagiyukavtomobillarini import qilishda olinadigan boj to‘lovlarini kamaytirish; yoqilg‘idan samarali foydalanish

  • standartlarini va avtomobillardan ishlangan gazlarni chiqarish standartlarini qattiqlashtirish orqali avtomobillar saroyini yangilash uchun normativ bazani takomillashtirish va rag‘batlantiruvchi omillarni yaratish.

  • Umuman olganda, yuk avtomobillari saroyining yangilanishi va ko‘p yuk ortilgan avtomobillar ulushining oshirilishi (avtopoezdlarni joriy etish hisobiga yuk ko‘tarish qobiliyati oshirilishi) avtomobilda yuk tashish tannarxini 15-28 foizga pasaytirish imkonini beradi. Narxlar pasaytirilganda DAK uchun yuk aylanmasini oshirishga doir omillar yaratilishi:

  • tariflarni belgilash/indeksatsiyalash prinsiplarini o‘zgartirishni va bosqichma-bosqich yangi tarif tizimiga o‘tishni, tuzatish koeffitsientlari6 sonini kamaytirishni, temir yo‘l orqali tashishni har tomondan mablag‘ bilan ta’minlash turlarini kamaytirishni talab qiladi;

  • lokomotiv va vagonlariga ega bo‘lgan temir yo‘l transportida kishlok xujaligi maxsulotlarini tashishga mo‘ljallangan xususiy kompaniyalar tashkil etilishi uchun shart-sharoitlar yaratish orqali temir yo‘l orqali yuk tashish sohasida raqobat muhitini shakllantirishni talab qiladi.

Transport va logistika tizimining tezkorligi va ishonchliligini oshirish:

  • avtomobil yo‘llari va yo‘l bo‘yidagi infratuzilmani rivojlantirishni talab qiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030 yilgacha yo‘l qurilishiga sarflanadigan sarmoyalar hajmi qariyb 19,3 mlrd. dollarni tashkil etishi kerak;

  • 2030 yilgacha elektr energiya bilan ta’minlangan temir yo‘llar ulushini 45 foizga etkazish talab qilinadi. Buning uchun har yili o‘rtacha 178 km temir yo‘lni elektr energiya bilan ta’minlash zarur, sarmoyalar hajmi esa 5,34 mlrd. dollarni tashkil etishi kerak. 2030 yilgacha lokomotiv va vagonlarni yangilash uchun 1,2 mlrd. dollarlik sarmoyalar sarflash zarur.

Umuman olganda, ushbu investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishning o‘rtacha tezligini soatiga 70-80 kilometrga, temir yo‘l orqali harakatlanishning o‘rtacha tezligini soatiga 70-100 kilometrga etkazish imkonini beradi.
Konteynerda tashilgan yuklarning transportga sarflanadigan to‘lovlarini 10 foizga kamaytirish uchun konteynerda tashishni 25-30 foizga oshirish zarur. Buning uchun «Uztemiryulkonteyner» AJ konteynerlari saroyini 5 mingta (40 fut.) konteynerga ko‘paytirish zarur, bu esa qariyb 22,5 mln. dollar mablag‘ kiritishni talab qiladi
Quyidagilar orqali transport-logistika xizmatlari segmentini rivojlantirish uchun mintaqalarda multimodal transport- logistika markazlari tarmog‘inikengaytirish lozim:

  • yuk tashish, intermodal va multimodal yuk tashish normativ hamda huquqiy bazasini, texnik va texnologik reglamentini hamda standartlarini, logistika markazlarini, transport-ekspeditorlik faoliyatini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish;

  • multimodal tashishlar samarali bo‘lishini ta’minlash uchun axborot bazalarini (bojxona, soliq, statistika va boshqa bazalarni) birlashtirish;

  • bojxona logistika markazlarining milliy tarmog‘ini shakllantirish. Ularda transport-logistika operatsiyalari kamida 3 PL darajada bo‘lishi lozim.

Mamlakatning transport-tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun transport yo‘nalishlarining diversifikatsiyalanishini, imkoniyatlarning samarali ishga solinishini ta’minlash uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. «O‘zbekiston Respublikasida xalqaro avtomobilda yuk tashish to‘g‘risida» gi va «O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yuklarni o‘tkazish to‘g‘risida» gi kabul kilingan qonunlarni xayotga tadbik etish. Ushbu qonunlarda xorijiy davlatlar avtomobil vo sitalarining mamlakatimizga kirishi, mamlakatimizda bo‘lishi va undan chiqib ketishi shartlarini tartibga solish hamda engillashtirish uchun avtombilda xalqaro yuk tashish va yuklarni o‘tkazish, tranzit yuk o‘tkazuvchilarning huquqiy maqomi masalalari tartibga solinganli dikkatga sazovor.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling