I bob. " Lоgistikа" fаnining mоhiyati vа mаzmuni


O‘zbekistonning transport tizimini O‘zbekistonni chetlab o‘tayotgan transport yo‘laklari bilan birlashtirishning asosiy yo‘nalishlari


Download 0.61 Mb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1506921
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi tijorat

O‘zbekistonning transport tizimini O‘zbekistonni chetlab o‘tayotgan transport yo‘laklari bilan birlashtirishning asosiy yo‘nalishlari

Yuqoridagi jadvalda aslini olganda, bundan avval ham «Ipak yo‘li» loyihalari doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi turli katta davlatlarning e’tibori ostida bo‘lib keldi. AQSH, Rossiya, Hindiston, Evropa Ittifoqi, Turkiya hududiy hamkorlik loyihalarini o‘rtaga tashlab kelyapti. Biroq bu loyihalar katta infrastruktura loyihalarini ko‘zda tutmagan. Ko‘plari qog‘ozda qolib ketgan desak, mubolaga qilmagan bo‘lamiz.
Xo‘sh, Xitoy hukumati tomonidan o‘rtaga tashlangan bu safargi «Ipak yo‘li» loyihasini biz nega birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatladik? Mazkur loyiha quruqlikning qoq o‘rtasida joylashgan O‘zbekiston uchun nimasi bilan jozibaAli?
Avvalo shuni aytish kerakkki, 2013 yilda mazkur tashabbus e’lon qilinganidan keyin Xitoy o‘zining tashqi investitsiya va savdo aloqalarining hammasini «Bir makon, bir yo‘l» bayrog‘i ostida jamladi. BMBY Xitoyning rasmiy tashqi iqtisodiy siyosati maqomiga ko‘tarildi va hatto yaqinda o‘zgartirilgan XXR konstitutsiyasida ham o‘z aksini topdi. Endi O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy aloqalarini BMBY tashabbusi doirasida tahlil qilsa ham bo‘laveradi.
O‘zbekiston 1991 yildan boshlab XXR bilan iqtisodiy aloqalarni yuritib kelyapti. Xitoy O‘zbekistonning eng yirik tijoriy hamkorlaridan biri va mana bir necha yildirki, Xitoy O‘zbekiston uchun eng yirik xorijiy investor. 2017 yilning o‘zida savdo aylanmasi hajmi 5 milliard AQSH dollariga teng kelgan bo‘lsa, tomonlar bu hajmni 2020 yilga etib ikki baravar oshirishni ko‘zlayapti
Xitoy shirkatlari yurtimizda katta investitsiya bitimlari tuzishga erishishgan. Masalan gaz va uran qazib olish bo‘yicha jami 15 milliard AQSH dollarlik shartnomalar imzolangan. Qo‘shma korxonalar soni 700dan ko‘p bo‘lib, bunda Xitoy investitsiyasi jami 8 milliard AQSH dollaridan oshdi.
O‘zbekiston hukumati BMBY loyihasi e’lon qilingan ilk kunlaridanoq uni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Natijada «Ipak yo‘li» Iqtisodiy makoni qurilishidagi hamkorlik O‘zbek-Xitoy xalqaro aloqalarining asosiy yo‘nalishiga aylandi. SHu sababli, Xitoy tashkil etgan ilk global moliya instituti – Osiyo infrastruktura banki va Investitsiya bankida O‘zbekiston tashkil etuvchi sifatida qatnashdi va uni faol qo‘llab-quvvatladi


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling