I-bob. Algoritm tili haqida 1 Algoritmik tillarning umumiy tavsifi
Chiziqli tuzilishdagi algoritmlar
Download 232.64 Kb.
|
algoritmik til va matematik modellashtirirsh
1.3 Chiziqli tuzilishdagi algoritmlar
Chiziqli tuzilishga ega bo'lgan algoritmlarda ko'rsatmalar yozilish tartibida bajariladi. Ularning blok tarhlari ishga tushirish, to'xtatish, kiritishchiqarish jarayoni bloki hamda avvaldan ma'lum jarayon bloklari yordamida tuzilib, bir chiziq bo'ylab ketma-ket joylashgan bo'ladi. Chiziqli tuzilishdagi algoritmni tuzish masalani yechish uchun kerak bo'ladigan boshlang'ich ma'lumotlarni tashkil qiluvchi o'zgaruvchilar nomi, ularning turi va o'zgarish ko'lamini aniqlashdan boshlanadi. Keyin oraliq va yakuniy natijalar o'zgaruvchilarining nomlari, turlari va mumkin bo'lsa o'zgarish ko'lamini aniqlash kerak. Endi algoritm mana shu boshlang'ich ma'lumotlarni qanday qayta ishlab oraliq va yakuniy natijalarni olish kerakligini aniqlashdan iborat bo'ladi. Misol. Tomonlari mos ravishda a, b, с bo'lgan ABC uchburchak yuzini hisoblash algoritmini tuzaylik. Tomonlari ma'lum bo'lganda ABC uchburchakning yuzi 1. Boshlang'ich ma'lumotlar: a, b, с uchburchak tomonlari. Shuning uchun a, b, с e R va a>0, b>0, c>0, ya'ni a, b, с — o'zgaruvchilar nomi; ular haqiqiy son qiymatlar qabul qiladi. Yana, bu uch son uchburchak tomonlarini ifoda qilishi uchun ularning istalgan biri qolgan ikkitasi yig'indisidan katta bo'lmasligi, ya'ni shartlar bajarilishi kerak. Shunday qilib, o'zgarish ko'lami (3) munosabatlar bilan aniqlanar ekan. 2.Natijalar: (I) formula bilan uchburchak yuzini hisoblash uchun uning yarim perimetrining qiymati kerak. Demak, p o'zgaruvchining qiymati oraliq ma'lumot bo'ladi. Yuqoridagi shartlarda peR va p>b. Yakuniy natija: S — uchburchak yuzi. U SeR va S>0 qiymatlar qabul qiladi. Shunday qilib, ixtiyoriy ABC uchburchak yuzini EHM-da hisoblash va bosmaga (yoki Displey ekraniga) chiqarish: 1) а, Ь, с qiy-matlarini EHM xotirasiga kiritish: 2) p ning qiymatini (2) formula bilan hisoblash; 3) S ning qiymatini (1) formula bilan hisoblash; 4) p va S larning qiymatlarini bosmaga chiqarish operatsiyalaridan iborat bo'ladi (1-rasm). Har qanday algoritmning bloktarhi ishga tushirish blokidan boshlanadi. Uni EHMni ishga tayyorlash, boshlang'ich ma'lumotlarni aniqlash va tayyorlash deb tushu-nish kerak. Hisoblashlarning tugaganligi ana shunday geometrik shakl bilan ko'rsatiladi. Shuning uchun rasmdagi 1- va 6-bloklar ichiga mos kelgan operatsiyalar nomi yozib qo'yilgan. Boshlang'ich ma'lumotlarni EHMga harxil qurilmalardan kiritish mumkin. Aniq bittasini tanlab olish ish sharoitiga bogiiq. Shuning uchun umumiy kiritish-chiqarish bloklaridan (2- va 5-bloklar) foydalaniladi. Uchinchi blokda bevosita hisoblash jarayoni, to'rtinchi blokda esa kvadrat ildizdan chiqarish uchun tuzilgan kichik algoritm (yordamchi algoritm) dan foydalanish — avvaldan ma'lum jarayon ko'zda tutilgan. Algoritm ko'rsatmalari yozilish tartibida ketma-ket bajariladi. Ma'lu-motlar blokdan blokka yuqoridan pastga uzatiladi. Shuning uchun ularni tutashtiruvchi chiziqqa ko'rsatkichlar qo'yilmagan. Algoritmdan foydalanuvchi boshlang'ich ma'lumotlarni (3) shartlar bajariladigan qilib olishi kerak. Aks holda algoritmni bajarib bo'lmaydi. U natijalilik xossasiga ega bo'lmaydi. Download 232.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling