I bob. Alohida olingan so'z turkumlari
Download 85.57 Kb.
|
asd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil so’z turkumlari
Mundarija Kirish I. BOB .Alohida olingan so'z turkumlari 1.1 O’zbek tilidagi so’z turkumlari. 1.2 So’zlarni turkumlarga ajratish II.BOB O’zbek tilidagi so’z turkumlari haqida 2.1Mustaqil so’z turkumlari haqida 2.1Yordamchi so’z turkumlari haqida Xulosa Roydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish
Mustaqil so’z turkumlari -atash va umumiy Grammatik ma`noga ega bo’lib, biror so’roqqa javob bo’ladigan, gap ichida ma`lum sintaktik vazifa bajaradigan so’zlardir. Bu guruhga ot, sifat, son, olmosh, fe`l, va ravish kiradi. Yordamchi so’z turkumlari - atash ma`noga ega bo’lmaydigan, faqat Grammatik ma`nolarni ifodalashga xizmat qiladigan, so’roq berib, bo’lmaydigan so’zlardir. Ular mustaqil so’zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so’zga va gapning mazmuniga turli qo’shimcha grammatik ma`nolar qo’shadi. Yordamchi so’zlarga ko’makchi, yuklama, bog’lovchi kiradi. Oraliqdagi so’zlar (alohida olingan so’zlar) lug’aviy ma’no bildirmaydigan, lekin ba`zan gap bo’lagi vazifasini bajaradigan so’zlardir. Ular mustaqil va yordamchi so’zlarning har ikkalasiga xos belgilarni o’zida aks ettiradi. Bularga modal so’zlar, taqlid so’zlar va undov so’zlar kiradi. Shuni ham ta`kidlash joizki, tilizdagi ba`zi mustaqil so’zlar ham nutq jarayonida o’zining mustaqil lug’aviy ma`nosini yo’qotib, Grammatik ma`no ifodalashga xoslangan holda, yordamchi so’z vazifasiga o’tishi mumkin. Bu hodisa tilshunoslikda grammatikalizatsiya deb yuritiladi. Masalan: ko’rib qolmoq, bilib olmoq, xafta ichi kabi birliklardagi qol,ol,ich so’zlari o’zining mustaqil lug’aviy ma`nosini yo’qotgan holda yordamchi so’z sifatida qo’llangan. Mustaqil leksik ma`noga ega bo’lmaydigan gap bo’lagi vazifasini bajara olmaydigan, biroq so’z va gaplarni o’zaro bog’lash yoki ularga qo’shimcha ma`no noziklik kiritish, ya`ni yuklash uchun xizmat qiladigan so’zlar yordamchi so’zlar deyiladi. Yordamchi so’zlar umumiy vazifalarga ko’ra uch turli bo’ladi: Ko’makchi Bog’lovchi Yuklama. Undov, taqlid va modal so’zlar esa, yordamchi so’zlarning alohida guruhini tashkil etadi. Chunki undov va taqlid so’zlar gap bo’lagi sifatida ham, mustaqil so’z-gap sifatida ham qo’’lanadi. Ayni paytda mustaqil so’zlarning yasalishida ham ishtirok eta oladi. Biroq bu so’zlar harakat va hodisaning atamasi bo’la olmasligi, ya`ni lug`aviy ma`no ifoda eta olmasligi.bilan yordamchi so’zlarga o’xshashdir. Shuning chun ham undov, taqlid, modal so’zlarning harbiri o’ziga xos xususiyatlari bilan alohida alohida turkumni tashkil etadi. Ko’rinadiki, so’zlarni turkumlarga ajratishda, birinchidan, lug’aviy ma`no, ikkinchidan, morfologik shakl, uchinchidan, biror sintaktikvazifa bajarish xususiyati, to’rtinchidan, qo’llanish qurshovi ya`ni distributsiyasi e`tibordan kelib chiqiladi. Shunga ko’ra so’zlarning hozirgi o’zbek tilidagi turkumlari quyidagichadir: Ot, sifat, son, olmosh, fe`l ravish kabi mustaqil so’zlar; Ko’makchilar, bog’lovchilar, yuklama kabi yordamchi so’zlar; Modal so’zlar, taqlid so’zlar, undov so’zlar kabi alohida yordamchi so’zlar guruhidan iborat. Download 85.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling