I bob. Alohida olingan so'z turkumlari
Download 85.57 Kb.
|
asd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aniq otlar
- Atoqli otlar
- Sifatlarning ma`no guruhlari
Narsa otlari-nima? So’rog’iga javob bo’lib, jonli va jonsiz narsalarning nomini bildirgan otlar kiradi. Masalan: arslon, boychechak, sho’rva, ko’ylak, lagan, tovoq, ruchka, o’chirg’ich.
O’rin-joy otlari- qayer? So’rog’iga javob bo’lib, o’rin-joy ma`nosini bildiruvchi otlar kiradi. Bunday otlar o’rin-joy ma`nosi bilan birga narsalik ma`nosini ham anglatadi, shuning uchun qayer? So’rog’I bilan birga nima? So’rog’ini olishi ham mumkin. Masalan: gulzor, saylgoh, guliston, o’rloq Aniq otlar- sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo’lhan narsalarni bildiruvchi otlar kiradi. Masalan: kitob, qalam, uy, eshik, deraza, bola. Mavhum otlar- sezgi a`zolarimiz orqali bilishimiz mumkinu ammo ko’ra olmaydigan ushlay olmaydigan otlar kiradi. Masalan: do’stlik, muhabbat, nafrat, xasrat, xavas, aql, bilim, o’y, xayol go’zallik. Atoqli otlar – biror shaxs, nazsa yoki joyga atab qo’yilgan nomlar. Otlar tuzilishiga ko’ra soda, qo’shma, juft va takroriy otlarga bo’linadi. Sifat so’z turkumi Otga bog’lanib, uning belgisini bildiradigan va qanday?, qanaqa?, so’roqlariga javob bo’ladigan so’zlar sifat deyiladi. Masalan: Chiroyli, devoriy, kuzgi, baland. Ma`lum belgi bir necha so’zlar orqali ifodalanishi ham mumkin: masaln: katta, ulug’, ulkan, buyuk, chiroyli. Bunday so’zlar muayyan bir umumiy ma`no asosida birlashsalar ham, lekin ular bir-biridan ma`lum farqlanishga ham ega. Bunday farqlanish ularning boshqa so’zlar bilan bog’lanishida, ma’lum uslubga xoslanishida aniq namoyon bo’ladishuning uchun ham sifatlarning ma`nodoshlarini bilish va o’z o’rnida qo’llay olish so’zlovchining nutqiy mahoratini ko’rsatadi. Sifatlarning ma`no guruhlari: Rang-tusni bildiruvchi sifatlar: oq,qora,qizil,yashil, ko’k,moviy, sariq Maza-ta`mni bildiruvchi sifatlar: shirin, nordon, achchiq, sho’r,chuchuk Hid bildiruvchi sifatlar: muattar, xushbo’y, badbo’y, qo’lansa Hajm-o’lchovni bildiruvchi sifatlar: tor,keng, uzun, cho’ziq, katta,kichik Xususiyatni bildiruvchi sifatlar: kamtar, kamgap, samimiy,yangi, eski Makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar: bugungi, qishki, ichki, hozirgi Download 85.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling