I bob. Arifmetik masalalar yyechish metodikasi


Download 56.83 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi56.83 Kb.
#1508662
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mahliyoxon


MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………..
I BOB. Arifmetik masalalar yyechish metodikasi…………………………………..
1.1. Аrifmеtik mаsаlаlаrning turlаri. Sodda masalalarning turlani bilan tanishtirish
1.2. Bolalarni arifmetik amallarni ifodalashga o`rgatish…………………………….
II BOB. Masalalar ustida ishlashda metodik usullar va izchillik……………………
2.1. Maktab ta'limiga tayyorlashga qo`yiladigan zamonaviy talablar……………….
2.2. Bolalarning arifmetik masalalarni tushinishining o`ziga xos xususiyati…………………………………………………………………………….
2.3.Arifmetik masalalar ishlashda metodik usullar va izchillik……………………..
Xulosa……………………………………………………………………………….
Glossariy…………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………………

KIRISH.
Bo'lajak maktabgacha ta`lim tarbiyachilarining maktabgacha yoshdagi bolalarga matematikani o'qitishda amaliyotda yuzaga keladigan turlicha ijtimoiy-iqtisodiy, bozor iqtisodiyotiga oid, bolalarni ijodiy faollikka yetaklaydigan, metodik vazifalarini mustaqil hal etish uchun tayyorgarlik saviyalarini oshirishni nazarda tutadi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning " 2017-2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmonidan va Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta'lim tizimini nazorat qilish va monitoring tizimini shakllantirishga kattа e'tibor berilgan. Ularni hayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustivor yo'nalishlaridan biri deb hisoblanayotgan bugungi kunda halq ta'limi sohasidagi muammolarni va ularni vujudga keltiruvchi omillarni aniqlash hamda ularni chuqur ilmiy tahlil qilish zarur bo'ladi.


Mamlakatimizda ta`lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta`lim, fan, texnika va texnologiyaning iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda o'qitish jarayoniga innovatsiyalarni tadbiq etish bilan bir qatorda, ta`lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining imkoniyatlari va ehtiyojlari nuqtai nazaridan ular uchun zarur va etarli shart-sharoitlarni yaratib berishni bugungi kun talab etmoqda.
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirishning turli uslublarini takomillashtirish kabi ulkan vazifalar qo`yildi. Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, sog’lom hayotiy pozitsiyaga ega chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hech qachon o’zining dolzarbligini yo’qotmaydigan masala hisoblanadi. Ta`lim samaradorligi oshirishning turli yo`llari mavjud. Masalan: talimning turli uslublaridan unumli foydalanish, mazmunini qayta ko`rib chiqish, davr talabiga mos materialli tanlash, talim jarayonini tashkil etishning turli shakllaridan maqsadga muvofiq holda oqilona foydalana olish va xokazolar. O`quvchi o`quv faoliyatini faollashtirish bevosita o`qituvchi hamda o`quvchi faoliyatlarini to`g`ri tashkil etish va uni boshqarishga bog`liq.
Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma`naviy sog'lom o'sishi balki ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo'lgan, uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib, XXI asr talablariga to'liq javob beradigan avlod bo'lib voyaga etish uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o'z oldimizga maqsad qilib olishimiz kerak.
Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog'lom, aqlli, xushxulqli qilib tarbiyalash qo'yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaга etishiga ko'p jihatdan bog'liqdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy aqliy va manaviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tug'ma layoqati, qiziqishi ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta`lim olishga tayyorlashdan iborat.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tarbiyachilari zimmasiga zo’r ishlash va katta mas’uliyat bilan quyiladigan talab – talimning sifat va samaradorligini ta’minlash, mashg’ulotlarni puxta tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat bilan yuqori saviyada tashkil etish, bolalarga keng va asoslli bilim berishdan iboratdir. Bu talabalar esa bolaning ijodkorlik, keng miqyosda izlanuvchanlik bilan bog’lanadi.
Maktabgacha ta`lim bolalarini mustaqil fikrlashga o’rgatish elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish fanining dolzarb masalalaridan biri sanaladi.Chunki bunday shart-sharoit va holatlarda bolalarda voqea-hodisalarga munosabat bildirish, xulosalar chiqarishga o’rgatish malakalari shakllanadi. Bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatishning ahamiyati shundaki, bola har qanday o’quv-biluv faoliyatiga tegishli qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi, hamda mulohaza yuritib, fikrini mustaqil bayon eta olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu borada matematik tasavvurlarni o’stiruvchi mashg’ulotlarning ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Tarbiyachi shuni doimo esda tutishi kerakki, bolalarga matematik tasavvurlarni o’stirib borishdan asosiy maqsad, bolalarni matematik voqeiliklar va ular bilan bog’liq olam go’zalliklari bilan tanishtirish va shular yordamida har bir bolada matematikadan juda ham zarur bo’lgan bilim va mustaqil fikrlashni shakllantirishdan iborat.


Download 56.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling