I bob barkamol shaxs tarbiyasida axloqiy tarbiyaning o’rni


Turli yosh guruhlarda jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida axloqiy sifatlarni tarbiyalash


Download 51.41 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi51.41 Kb.
#1542160
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kamolot2

2.2. Turli yosh guruhlarda jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Insonparvarlik hissini tarbiyalash. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoi- dalari orasida insonparvarlik muhim o'rin tutadi. Insonpar­varlik hissi axloq normalari va qoidalarini o'rgatish asosida rivojlanadi.
Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o'rgatib bo­rish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e'tiborga olish zarur. Kichik bolaga yaxshi boi deganingiz bi­lan yaxshi boiib qolmaydi, chunki unda yaxshilik bilan yomon- likni to'g'ri tahlil qilish hayotiy tajribasi yetishmaydi. Bu yosh- da bolalar yaxshi ishlar qilishga o'rgatiladi: yiqilib tushgan bo­lani turg'azib qo'yishga yordam berish, uning ustki kiyimlar- ini qoqib qo'yish, yupatish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish, o'yinchog'ini o'rtog'iga berib turish, tik turgan kishiga joy ko'rsatish, eng muhimi boshqalarga ko'rsatilgan xizmatdan xursand boiishga o'rgatish.
Kamtarlik, to'g'rilik, halollik va quvnoqlik xususiyatlarini tarbiyalash. Bu xususiyatlar sog'lom shaxsni tarbiyalashning eng muhim omillaridan hisoblanadi.
Kamtarlik har bir kishining eng muhim va olijanob fazilat- laridan biridir. Bu asosan maktab yoshidan tarbiyalanadi. Am­mo maktabgacha yoshidan boshlab, bolalarga kamtarlik his­sini singdirish, manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni yo'qotib borish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o'zlarini boshqa bolalar- dan ustun qo'yishga urinadilar, ba’zan ota-onalarining kas- bi bilan ham maqtanadilar. Bunday holatda bolalarning ota- onalari bilan tegishli ish olib borish, har bir kasbning zarurli- gi va muhimligi to'g'risida aniq misollar bilan tushuntirish zarur. Bolalar ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqa bo­lalarni kamsitsalar, tarbiyachi bolaga biror narsani bilmagan o'rtog'iga o'rgatish kerakligini, o‘z-o'zini maqtash yarashmas- ligini tushuntiradi.
Sofdillik va rostgo'ylikni tarbiyalash yolg'onchilik va vijdon- sizlik paydo bo'lishining oldini olish va unga qarshi kurash bi­lan uzviy bog'liqdir.
Ba'zi bolalar o'zlari to'qigan, kattalardan eshitgan ertaklari- ni tushlarida ko'rgandek qilib ko'rsatishga urinadilar. Bun- day holda ham urushmasdan «Ertak» to'qishni yaxshi bilgani uchun maqtash kerak.
Shunday qilib, bolalardagi xarakterning ijobiy namunalari- ni, ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda axloqiy tarbiyaning hamma samarali usullari bilan tarbiyalanib boril- sa, ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Vatanparvarlikni tarbiyalash. Vatanparvarlik ijtimoiy, tar- ixiy va axloqiy his-tuyg'ular sifatida odamning ijtimoiy taraq- qiyoti davomida paydo bo'ladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida vatan­parvarlik faqat o'z urug'doshlariga, ona yeriga, urf-odatlari- ga bog'liq his bo'lgan bo'lsa, sinflar paydo bo'Iishi bilan vatan­parvarlik g'oyalari chuqurlashib, ijtimoiy hayotning tobora ko'proq sohalariga chuqurroq kirib bordi. Davrlar o'tishi bilan bu tuyg'u buyuk qudratga aylandi.
Vatanga muhabbatni tarbiyalash. Vatanga muhabbat - eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga muhabbat hissi baynalminalchilik hissi bilan uyg'unlashib ket- gan. Vatanga muhabbat hissi maktabgacha yoshdagi bolalarda kattalar tomonidan bolalarning ruhiy taraqqiyotini va ular ta- fakkurining aniq va obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik bilan tarbiyalanib boriladi. Shuning uchun bu yosh­dagi bolalarda vatanga muhabbat hissi ularga yaqin va tanish bo'lgan aniq faktlar, yorqin misollar orqali tarbiyalab boriladi.
Baynalminal tarbiya. Bizning respublikamiz o'z mohiyati bi-
Ian baynalminaldir. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bo­lalarda baynalminalchilik, xalqlar do'stligi hislarini tarbiyalab borish muhim ahamiyatga egadir.Maktabgacha yoshdagi bolalarni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosa­bat, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsa­di yotadi. Bunday his-tuyg'ularni rivojlantirish asosan taqlid qilish orqali mukammallashib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga baynalminalchilik his-tuyg'ulari asosini shakllanti- rishda qardosh jumhuriyatlarda yashaydigan har bir millat va- killari bilan uchrashuvlar o'tkazish; maxsus mashg'ulotlarda ularning urf-odatlari, madaniyati, san'ati, tabiati to'g'risidagi adabiyotlarni o'qib berish, suhbat o'tkazish, rasmlar ko'rsatish, filmlar namoyish etish, millat bolalari hayoti to'g'risidagi hikoyalarni o'qib berish foydali bo'ladi.

Xulosa.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson umri davomida qabul qiladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog‘lom, bilimli bo‘lib voyaga yetishida maktabgacha ta’lim-tarbiya alohida ahamiyatga ega. Pedagogika fani yosh avlodning axloqiy rivojlanishida tarbiya va ta’limni muhim omil deb hisoblaydi. Shu davrda ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiya ta’sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlaydi. 6–7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shakli yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo‘ladigan munosabatlarda egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ularga ilk yoshdan boshlab axloqiy tarbiya berib borish maqsadga muofiq.
Insonparvarlik hissini tarbiyalash. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim o‘rin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq normalari va qoidalarini o‘rgatish asosida rivojlanadi. Buning uchun bolalarni yaxshi ishlar qilishga o‘rgatib borish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e’tiborga olish lozim. Ularga quyidagi tushunchalar ilk yoshidanoq tushuntirib boriladi: bola buni anglay olmaydi, deb hisoblash noo‘rin. Yiqilib tushgan bolani o‘rnidan turishga yordam berish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish, o‘yinchog‘ini o‘rtog‘iga berib turish, tik turgan kishiga joy berish, eng muhimi, boshqalarga ko‘rsatilgan xizmatdan xursand bo‘lishga o‘rgatish lozim.Kamtarlik, to‘g‘rilik, halollik va quvnoqlik xususiyatlarini tarbiyalash. Bu xususiyatlar har tomonlama sog‘lom shaxsni tarbiyalashning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Kamtarlik har bir kishining eng muhim va oliyjanob fazilatlaridan biridir. Bu, asosan, maktab yoshidan tarbiyalanadi. Ammo maktabgacha yoshidan boshlab bolalarga kamtarlik hissini singdirish, manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni yo‘qotib borish zarur.Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zini boshqa bolalardan ustun qo‘yishga urinadi. Ba’zan ota-onalarining kasbi bilan ham maqtanishni xush ko‘radi. Bunday holatda bolalarning ota-onalari bilan tegishli ishlar olib borish, har bir kasbning zarur va muhimligi to‘g‘risida aniq misollar bilan tushuntirish zarur. Bolalar ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqalarni kamsitsa, tarbiyachi bolaga biror narsani bilmagan o‘rtog‘iga o‘rgatish kerakligini, o‘z-o‘zini maqtash yarashmasligini anglatishi darkor. Sofdillik va rostgo‘ylikni tarbiyalash, yolg‘onchilik va vijdonsizlik paydo bo‘lishining oldini olish va unga qarshi kurash bilan uzviy bog‘liqdir.Vatanga muhabbatni tarbiyalash. Vatanga muhabbat – eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Vatanga muhabbat hissi maktabgacha yoshdagi bolalarda kattalar tomonidan ularning ruhiy taraqqiyoti va tafakkurining aniq hamda obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik bilan shakllantirib boriladi. Shuning uchun bu ularga yaqin va tanish bo‘lgan aniq faktlar, yorqin misollar orqali tushuntirib boriladi.Baynalmilal tarbiya. Maktabgacha yoshdagi bolalarda baynalmilalchilik – xalqlar do‘stligi hislarini tarbiyalab borish muhim. Buning asosida ularda boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi. Maxsus mashg‘ulotlarda ularning urf-odatlari, madaniyati, san’ati, tabiati to‘g‘risidagi adabiyotlarni o‘qib berish, suhbat o‘tkazish, rasmlar ko‘rsatish, mavzu yo‘nalishida filmlar namoyish etish, millat bolalari hayoti to‘g‘risida hikoyalar o‘qib berish foydali bo‘ladi.

Download 51.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling