I bob. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari
Xo‘jalik (biznes) huquqining asosiy tamoyillari
Download 170.81 Kb. Pdf ko'rish
|
1-1-Mavzu.
Xo‘jalik (biznes) huquqining asosiy tamoyillari
Huquq sohasining barcha tarmoqlari singari xo‘jalik huquqining ham asosiy va eng muhim tamoyillari mustaqil O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida mujassamlashgan asosiy qoidalardir. Xo‘jalik huquqiga oid tamoyillar respublikamizda bozor munosa- batlarini tashkil etishda barcha xo‘jalik sub’yektlarining iqtisodiy faoliyatini ma’lum bir maqsad sari yo‘naltirib, huquqiy tartibga solib turadi. Xo‘jalik huquqining asosiy tamoyillaridan biri xo‘jalik (tadbir-korlik) sub’yektlarining iqtisodiy faoliyat erkinligidir. U Kons-titutsiyamizning 53- moddasida o‘z ifodasini topgan. Bu tamoyilning bozor iqtisodiy munosabatlarini tashkil etishdagi ahamiyati —11— shundan iboratki, muqaddam iqtisodiy munosabatlar faqat yuqori turuvchi davlat organlarining direktiv ko‘rsatmalari asosida belgilangan edi. Bunday tartib ishchi, xizmatchi va ziyolilarning ishbilarmonligi, ijobiy tashabbuskorligi, qisqasi ijtimoiy faolliligiga to‘sqinlik qilib kelgan edi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish esa, jamiyat ehtiyojini hisobga olgan holda mulkiy munosabatlarning o‘zgarib borishiga, moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirib, mehnat unumdorligini oshirishga, erkin mehnatning qaror topishiga olib keldi. Natijada, xo‘jalik sub’yektlari yuqoridan beriladigan buyruq yoki ko‘rsatmaga asoslanmasdan, balki ular iqtisodiy qonu- niyatlarga, ya’ni bozor qonuniyatlariga tayangan holda moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda erkin bo‘lib, faqat bozor talablariga rioya etgan holda iqtisodiy raqobatda mustaqil qatnasha oladigan bo‘ldi. Xo‘jalik (biznes) sub’yektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyati har bir moddiy tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik sub’yekti-ning iqtisodiy manfaati qonunlarda belgilangan tartibda tegishli organlar orqali himoya qilinadi. Eng avvalo, iqtisodiy manfaat- larning himoyasi soliq munosabatlarida yorqin ko‘zga tashlanadi. Jumladan, yangi tashkil etilgan korxonalar va tadbirkorlarga moddiy jihatdan o‘z iqtisodini tiklab olishda imtiyozlar berilgan. Bank orqali ularga qarz berishda va soliq to‘lashda ham ma’lum bir imtiyozlar yaratilgan. Xo‘jalik sub’yektlarining mulkiy huquqlari buzilganda, qonunga muvofi q himoya qilinadi. Jumladan, xo‘jalik sub’yektining mulkiga zarar yetkazilganda, shu zarar to‘la hajmda zarar yetkazgan shaxsdan undirib olinadi. Agar, mulk egasining xohishidan tashqari, mulk qonunga zid holda boshqa shaxsga o‘tkazilganida, bu mulkka da’vo qo‘zg‘atilib, egasiga (xo‘jalikka) qaytariladi. (Fuqarolik kodeksining 228 —233-moddalari.) Agar, to‘sqinlik qilinganida, unday to‘sqinliklar bartaraf etiladi. Mulk egasining huquqlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 231-moddasida belgilanganidek himoya qilinadi. Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 232-moddasida belgilanganidek, xo‘jalik sub’yekti mulkdor bo‘lmasa ham, lekin mol- mulkka meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, xo‘jalik yuritish, operativ boshqarish huquqi asosida yoki qonun, yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosga ko‘ra egalik qilayotgan —12— bo‘lsa ham uning shu mol-mulkka bo‘lgan huquqlari Fuqarolik kodeksining 228 —231-moddalari qoidalariga muvofiq himoya qilinadi. Xo‘jalik sub’yektining iqtisodiy manfaatlari ham, huquqi ham qonun bilan himoya qilinadi. Jumladan, xo‘jalik sub’yektlari boshqa shaxslar bilan shartnoma munosabatlariga kirishganida ularning manfaatlarini himoya qilishda monopoliyadan himoyalash tamoyili muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu tamoyilning mazmuni tovar ishlab chiqaruvchilarning va xizmat ko‘rsatuvchilarning bozorlarda erkin harakat qilishini ta’minlash maqsadida monopolistik faoliyatni cheklashga, nosog‘lom raqobatning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymas- likka qaratilgan chora- tadbirlar olib borilishida namoyon bo‘ladi. Bu sohada O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatini cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni muhim ahamiyatga ega. Ana shu qonun orqali ayrim shaxslar tomonidan bozorni monopoliyalashtirib, o‘z shaxsiy manfaatiga xizmat qiladigan joyga aylantirishiga qarshi kurash olib borilayapti. Erkin bozorning tobora keng rivoj topishiga shart- sharoit yaratilib, bozor hamma uchun ochiq bo‘lishi, narx-navo talab bilan taklif natijasida belgilanishi ta’minlanmoqda. Xo‘jalik munosabatlariga iqtisodiy uslublarni qo‘llash asosida davlatning ta’sir etish tamoyili. Bu tamoyil mamlakatimizning iqtiso-diy rivojlanishiga ko‘rsatma, buyruq orqali ta’sir etish usulining iqtisodiy usuliga, ya’ni mehnat jamoasining, yakka shaxsning tovar ishlab chiqarish, ish va xizmat ko‘rsatish, uning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishda manfaatlarini hisobga olishga qaratilgani bilan izohlanadi. Bunga misol sifatida soliq undirishni olish mumkin. Muqaddam soliqlar hamma tashkilotlardan olingan daromaddan bir xilda ushlab qolinmasdan, balki i lg‘or korxonaning mablag‘idan samarasi past korxona uchun ham olib qolinar edi. Hozir esa soliqlar tizimining aniq qo‘yilishi har bir korxona va tashkilotlarning o‘z rivojidan manfaatdorligi ta’minlanishi, kashfiyot, ixtiro va takomillashtirish takliflari qilib foydalanishlariga imkoniyat yaratilgan. Davlatning korxona va tashkilotlarga ta’sir etishi beriladigan buyruqqa va ko‘rsatmaga emas, balki iqtisodiy usulga asoslanadi. Iqtisod siyosatdan alohida bo‘lgan holda rivojlanadi. Bu siyosat mutlaqo iqtisodg a aloqasi yo‘q ekan, degan xulosa emas, albatta. Iqtisod bilan siyosat bir- biri bilan bog‘lanmagan holda, biri ikkinchisiga ta’sir etgan holda bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan, avval iqtisod rivojlanib boradi, so‘ngra siyosat shakllanadi. —13— Respublika mustaqil taraqqiyotini belgilovchi narxlarni erkin- lashtirish va bozor infrastrukturasini shakllantirish tamoyili. Bu, eng avvalo, bozorni tovarlar bilan to‘ldirishga va xizmatlar ko‘rsa- tishga qaratilgan iqtisodiy omillardan biridir. Shu sababli davlat narxlarni birdaniga o‘z holicha qo‘yib yubormasdan, asta-sekinlik bilan erkin narxga o‘tib borishni ta’minladi. Narx-navo talab bilan taklif o‘rtasida belgilana boshlandi. Chinakam talab va taklif asosida vujudga keladigan erkin bozor narxlarining amal qilishi bozor iqtisodiyotining g‘oyat muhim bo‘g‘ini bo‘lib, bu bo‘g‘in mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarni o‘zaro jiðs ta’sirini ta’minlaydi. Ammo, davlatning bozor bahosiga ta’sir etishi, ma’lum bir iqtisodiy usullar orqali olib boriladi, albatta. Davlatning eng avvalo, bozor va bahoga ta’siri uni kuzatish va nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Davlat xo‘jalik munosabatlariga nisbatan bahoni nazorat qilish standart xizmati, soliq xizmati, sanitariya va ekologiya xizmati kabi usullar orqali faoliyat ko‘rsatadi. Bozor infrastrukturasi bu bevosita transport xizmatini yo‘lga qo‘yish, yuk tashish, tushirish, saqlash va tovar-mahsulotlarini sotish bilan bog‘liq xizmat turlarining sifatini oshirish, bozorni o‘rganish, bozordagi narx-navo haqida ma’lumot olib turish kabi xizmatlarni o‘rniga qo‘yish va shunga o‘xshash bozor rivojiga ko‘mak beruvchi boshqa xizmat turlarini samarali tashkil etish bilan bog‘liq munosabatlardir. Tovar ishlab chiqaruvchi (ishlarni bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuv- chi) sub’yektlarning o‘zaro raqobati tamoyili. Bu tamoyilning asosiy mazmuni va mohiyati shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti sharoitida kim kam mehnat va xarajat sarf qilib, ko‘p va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqara olsa (ish va xizmat ko‘rsatsa), u ijtimoiy hamda iqtiso- diy taraqqiyotda imtiyozga ega bo‘la oladi. Ma’lumki, bu tamoyil iqtisodiyotning rivojida eng birinchi va hal qiluvchi vosita hisob- lanadi. Chunki, u raqobatbardoshlikni chiniqtiradi, yomon ishlov-chi korxonani samaradorlikka olib chiqadi yoki uzoq muddat davomida tovarlariga talab yo‘qligi sababli zarar ko‘rib kelayotgan, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni qayta tashkil etish yoki kasodga uchragani sababli O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq mutlaqo tugatib yuborishga olib keladi. —14— Qonuniylik tamoyili barcha fanlarga doir bo‘lgan umumiy tamoyil bo‘lsa ham, xo‘jalik huquqida u bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bu tamoyil mazmunida xo‘jalik sub’yektlarining qonun man etmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkinligi qoidasi yotadi. Demak, korxona hamda tashkilotlar davlat va jamiyatga foydali bo‘lgan, qonun bilan taqiqlanmagan faoliyat bilan shug‘ullanish ustuvorligini ta’minlashi shart. Bu esa bozor munosabatlariga o‘tib borish bilan bog‘liq holda iqtisodni tashkil etish, samaradorlikka erishish, davlatimiz va xalqimizning buyuk kelajagini ta’minlashning asosiy vositalaridan biri bo‘ladi. Xo‘jalik (biznes) huquqining asosiy tamoyillari † Iqtisodiy faoliyat erkinligi † Xo‘jalik (biznes) sub’yektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish † Xo‘jalik munosabatlariga iqtisodiy uslublarni qo‘llash asosida davlatning ta’sir etishi Narxlarni erkinlashtirish va bozor infra- † strukturasini shakllantirish Tovar ishlab chiqaruvchi (ish bajaruvchi, † xizmat ko‘rsatuvchi) sub’yektlarning o‘zaro raqobati † Qonuniylik «Xo‘jalik (biznes) huquqi»ning boshqa huquqiy fanlardan farqi «Xo‘jalik (biznes) huquqi» mustaqil fan tarmog‘i sifatida boshqa huquqiy fanlardan o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Ana shu farqlarni eng avvalo, Fuqarolik huquqi faniga nisbatan ko‘rib chiqaylik. Chunki, uzoq yillardan buyon olimlar o‘rtasida bu ikki fanning farqi yuzasidan bahs ketadi. Olimlarning bir guruhi —15— «Xo‘jalik huquqi» mustaqil fan tarmog‘i emas, u Fuqarolik huqu-qining tarkibini tashkil etadi deb hisoblasa, ikkinchi guruhi esa Xo‘jalik huquqiga alohida fan deb qarash kerak, deydi. Xo‘jalik hu-quqini huquq sohasining bir tarmog‘i deb hisoblashga uning Fu-qarolik huquqi va boshqa tur dosh bo‘lgan huquqlardan farqi asos bo‘-ladi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat. Ma’lumki, Xo‘jalik huquqi Fuqarolik huquqiga juda yaqin soha bo‘lsa-da, u eng avvalo, tushunchasi, predmeti, sub’yektlari orqali juda aniq farqlanadi. Bu ikki fanning tushunchasidagi farqni olib ko‘raylik. Fuqarolik huquqiga hozirgi davr talabini hisobga olgan holda professor I.B.Zokirov shunday ta’rif beradi: «Fuqarolik huquqi O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bo‘lib, mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma- bosqich bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish davrida fuqarolar va boshqa sub’yektlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini tobora to‘liqroq qondirish maqsadida mulkiy muno- sabatlarn i hamda mulkiy xarakterda bo‘lmagan shaxsiy munosa- batlarni tartibga solish va mustahkamlashga qaratilgan huquqiy normalar yig‘indisidan iboratdir». 1 Ana shu ta’rifdan ham aniq ko‘rinib turibdiki, Fuqarolik huquqi sub’yektlar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni va mulk bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquq sohasidir. Xo‘jalik huquqi ham respublikamizdagi huquq sohalaridan biri bo‘lib, mamlakatimizning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga bosqichma- bosqich o‘tib borishida, davlat va jamiyat, xo‘jalik manfaatlarini hisobga olgan holda, xo‘jalik sub’yektlari o‘rtasidagi yuqoridan quyi (vertikal) va yon atrofdagi sub’yektlarga (gorizontal) bo‘ladigan xo‘jalik munosabatlarni tartibga soluvchi, bozor sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilish chora- tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig‘indisidan iboratdir. Yuqorida berilgan ta’riflarga ko‘ra, Fuqarolik huquqi qoidalari aksariyat mulkiy munosabatlarni tartibga solib tursa, Xo‘jalik huquqi qoidalari ham mulkiy munosabatlarga taalluqli. Lekin, Fuqarolik huquqida munosabatlar shu munosabat ishtirokchilarining o‘zaro teng va ixtiyoriyligi asosida kelib chiqsa, 1 Qarang: Zokirov I.B. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik huquqi. 1-qism. T.: «Adolat». 1996. —16— Xo‘jalik huquqida sub’yektlar teng huquqli bo‘lishi bilan birga idora etish, davlatning iqtisodga rahbarlik qilishiga asoslangan munosa- batlarni ham tartibga solishga qaratiladi. Demak, bu ikki fan bir-biridan predmeti orqali ham tubdan farqlanadi. Fuqarolik huquqining sub’yektlari bo‘lib fuqarolar hisoblansa, Xo‘jalik huquqining sub’yekti faqat tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolar bo‘lishi mumkin. Fuqarolik huquqining ham, xo‘jalik huquqining ham sub’yekti bo‘lib yuridik shaxslar hisoblanadi. Ammo, yuridik shaxsning tashkil bo‘lish, xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish va unga rahbarlik qilish jarayonlarida farqlanadi. Davlat fuqarolik munosabatlarida ikkinchi taraf bilan teng huquqli bo‘lib qatnashsa, xo‘jalik huquqida esa iqtisodga rahbarlikni amalga oshiruvchi sub’yekt bo‘lib ishtirok etadi. Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinuvchi shartnoma munosabat- lari asosan iste’molchilarning moddiy ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, uni ishlab chiqarish bilan aloqasi bo‘lmasa, Xo‘jalik huquqi shu tovarlarni ishlab chiqarish jarayonini ham tartibga solishda qo‘llaniladi. Ana shu jihatlari bilan Xo‘jalik huquqi Mehnat huquqiga ham juda yaqin bo‘lib ko‘rinadi. Ammo, ular bir-biridan farqlanadi. Xo‘jalik huquqi sub’yektlar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlarini tartibga solsa, Mehnat huquqi esa ish beruvchi bilan xodimlarning mehnat shartnomasi asosida munosabatlarini, ichki tartib- qoidalarini, ish tartibini va shunga o‘xshash mehnat shartnomasi bilan bog‘liq boshqa munosabatlarni tartibga soladi. «Xo‘jalik huquqi»ning Ma’muriy huquq fanidan farqi shundaki, Ma’muriy huquqning predmeti ma’muriyatning buyruq hamda ijro faoliyati bilan, ya’ni hokimiyat va itoat etish sohasidagi faoliyat bilan bog‘liq munosabatdir. Bunday munosabat itoat etuvchi quyi organlarga va mans abdor shaxslarga o‘z ko‘rsatmalari orqali ta’sir etish, boshqarish, idora etish kabi hokimiyatni amalga oshirish bilan izohlanadi. Xo‘jalik munosabatlarida esa buyruqbozlik faoliyatlari deyarli yo‘q. Borlari ham bozor munosabatlari shakllanib borgani sari tobora uzoqlashib, barham topib, iqtisodiy munosabatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda. Shu sababli davlat iqtisodiyotga o‘zining tegishli organlari orqali (soliq, imtiyoz, iqtisodiy sanksiya va h.k.) iqtisodiy ta’sir etish usullari bilan rahbarlikni amalga oshiradi. —17— «Xo‘jalik huquqi» Moliya huquqi fanidan tubdan farqlanadi. Moliya huquqining predmetini moliya budjeti kirim-chiqimi (davlat daromadini sarflash va tashkil etish davlat rejasi) bilan bog‘liq munosabatlar tashkil etsa, korxona va tadbirkorlarning daromad manbayini tartibga solish va ulardan qayta ishlab chiqarish muomalasida foydalanish kabilar Xo‘jalik huquqining predmetini tashkil etadi. T abiiyki, xo‘jalik faoliyati ham daromadlarni tashkil etish va ularni sarf qilishning alohida qoidalaridan xoli kelib chiqmaydi. Shu sababli, xo‘jalik sub’yektlari pul mablag‘larining bir qismi harakatda bo‘lishini ta’minlash Xo‘jalik huquqi qoidalari bilan tartibga solinadi. Xo‘jalik sub’yektining daromadlaridan olinadigan soliqlarning budjetga kelib tushadigan davlat daromadi Moliya huquqining predmetini tashkil etadi. Shuningdek, Xo‘jalik huquqi Konstitutsiyaviy huquq, Ekologiya va qishloq xo‘jaligi huquqi bilan bog‘liq munosabatlarda ham o‘ziga xos xususiyatlari orqali farqlanadi. Download 170.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling