I bob. Boshlang‘ich sinfda gap ustida ishlashdagi izchillik
Download 66.75 Kb.
|
Xudoyqulova Maxliyo Mamadiyor qizi“savod o‘rgatish davrida gap ustida
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB.O‘quvchilarni matn ustida ishlash va gap tuzishga o‘rgatish
- XULOSA…………………………………………………………………… 25 FOYGALANILGAN ADABIYOTLAR
MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………….3 I BOB. Boshlang‘ich sinfda gap ustida ishlashdagi izchillik 1.1. Ona tili darslarida gap va uning turlarini o‘rgatish yo‘llari……………..5 1.2. Ona tili darslarida “gap” mavzusini o‘rganishda uzviylik……………...15 II BOB.O‘quvchilarni matn ustida ishlash va gap tuzishga o‘rgatish 2.1. Gap ustida ishlash……………………………………………………….20 2.2. Gap ustida ishlash mashqlarining turlari……………………………….22 2.3. Boshlang‘ich sinflarda so‘z birikmasi va gap ustida ishlash……………..23 XULOSA……………………………………………………………………25 FOYGALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..26 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”1. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qolaveradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. 5 ta tashabbusning to‘rtinchisi aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha bo’lib bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish, ongini o‘stirish, dunyoqarashini boyitishdir. Zero, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularda e’tiqod, Vatan tuyg‘usini kamol toptirish tarbiyaning ustuvor yo‘nalishlaridandir. Haqiqatdan ham, xalqimiz tomonidan yaratilgan boy ilm-ma’rifatni, muayyan fan asoslarini, nazariyalarni o‘zlashtirib unga o‘z faoliyatiga amal qila oladigan avlodni tarbiyalab yetishtirish komillik, barkamollik sari intilishdir. Barkamol inson ilmiy bilimlar hamda mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o‘zlashtirishi lozim. Ularni o‘zlashtirishda zamonaviy texnika va ilg‘or pedagogik texnalogiyalardan foydalanish, bilimlarni o‘zlashtirish ta’lim tizimining poydevori bo‘lgan boshlang‘ich ta’limdan boshlanadi. Ta’lim berishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida zamonaviy usullar bilan o‘quvchining intelektual imkoniyatlarini ochish, ularni qiziqtirish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining tanlagan dars usuliga bog‘liq. Ana shu nuqtai nazaridan biz tanlagan kurs ishi mohiyati jihatidan dolzarbdir. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida yangi tahrirdagi DTS lari asosidao‘quvchilarni ona tili ta’limi sohasi bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgantalablar standart me’zon orqali aks ettiriladi: 1.O‘qish texnikasi 2.O‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash 3.Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi. O‘quvchilar shu parametrlar asosida bilim, ko‘nikma va malakalarga egabo‘lishi kerak.Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda 1-4- sinf ona tili faninio‘qitishning oldiga bir qator vazifalar qo‘yiladi: 1.O‘quvchilarni erkin fikrlashga o‘rgatish; 2.O‘z fikrini o‘zbek tilining qonun-qoidalariga muvofiq ravishda og‘zakiva yozma ifodalay olish; 3.Bir ma’noni turli shakllarda bera olish ko‘nikmalarini shakllantirish,so‘zlardan o‘rinli foydalanish; Download 66.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling