I bob c++ builder dasturining grafik imkoniyatlari 6


Multimediali fayllar bilan ishlashda Animate komponentasining qoʻllanilishi


Download 0.95 Mb.
bet11/17
Sana25.09.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1687639
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
diplom ishi 66

2.2. Multimediali fayllar bilan ishlashda Animate komponentasining qoʻllanilishi


Windows muhitida ishlovchi koʻplab dasturiy vositalar mutimediali hisoblanadi. Bunda dsaturlar videorolik va multiplikatsiya, ovozli fayllarni ishlatishda qoʻllaniladi. Multimediali dasturlarga oʻyin va oʻrgatuvchi dasturlarni misol qilib koʻrsatish mumkin. C++ Builder muhiti multimediali fayllar bilan ishlashga 2 ta komponentani taqdim etadi[1,2,12]. Ular quyidagilar:

  • Animate – oddiy ovozsiz animatsiya bilan ishlovchi komponenta ;

  • MediaPlayer – viderolik, ovoz va ovozli tasvirlarni boshqaruvchi komponenta .

Animate komponentasi Win32 komponentalar guruhida joylashgan boʻlib, *.avi faylidagi ovozsiz animatsiyani boshqaradi.
2.4-rasm. Animate komponentasi belgisi
Bu komponenta formaga oddiy holatda qoʻshiladi. Komponenta formaga joylashtirilgach uning xossalari joylanadi. Quyidagi jadvalda Animate komponentasining xossalari keltrilgan[15]:
8-Jadval. Animate komponentasining xossalari

Xossasi

Ta’rifi

Name

Komponenta nomi.Komponenta xossalariga murojaat va uning holatini boshqarish

FileName

Komponenta yoradamida boshqariladigan .avi fayl nomi

FrameWidth

Animatsiya kadrining kengligi

FrameHeight

Animatsiya kadrining balandligi

FrameCount

Animatsiyadagi kadrlar soni

AutoSize

Animatsiya kadrining oʻlchamiga qarab, komponenta oʻlchamini oʻzgartirish

Center

Komponenta maydonida animatsiya kadrini markazlashtirish.Agar uning qiymati true boʻlsa va kadr oʻlchami komponenta oʻlchamidan katta boʻlsa, u markazlashtriladi

StartFrame

Animatsiya boshlanishi kerak boʻlgan kadr nomeri

StopFrame

Animatsiya yakunlanishi kerak boʻlgan kadr nomeri

Active

Animatsiyani aks ettrishni faollashtirish belgisi

Color

Animatsiya jarayonidagi fon rangi

Transparent

Animatsiya aks etishida shaffof rang rejimi

Repetitions

Animatsiyani takroriy aks ettirishlar soni

CommonAVI

Windowsning standart animatsiyasini aniqlash


Animate komponentasi dasturchiga oʻz dasturida standart animatsiyalardan foydalanish imkonini beradi. Animatsiya koʻrinishini CommonAvi xossasining qiymati aniqlaydi. Qiymat nomlanga konstantala yordamida beriladi. Jadvalda animatsiya namoyishida foydalaniladigan bir qator konstantalar keltrilgan:
9-Jadval. CommonAvi xossasini aniqlovchilar mazmuni

Mazmun

Animatsiya

Jarayon

aviCopyFiles




Fayllarni nusxalash

aviDeleteFile




Faylni oʻchirish

aviRecycyleFile




Faylni savatchadan oʻchirish

Shuni yana bir bor ta’kidlash lozimki, Animate komponentasi AVI faylda joylashgan sof animatsiyani boshqaradi. Agar ovozli animatsiya komponentaga bogʻlanga boʻlsa, dastur bajarilishi davomida xatolik roʻy beradi. Quyida keltirilgan dastur animatsiyani namoyish etishga moʻljallangan:

2.5.Rasm. “Animatsiya namoyishi” dasturi formasi
Dastur ishga tushirilgach loyiha joylashgan katalogdagi animatsiya fayllarining dastlabki kadri formaga koʻrinadi. Agar joriy katalogda birorta ham.avi kengaytmali fayllar boʻlmasa, formadagi Anamate komponentasi boʻsh qoladi. Animatsiyali fayl nomini Edit1 komponentasiga kiritish yoki “Tanlash” tugmasi yordamida standart muloqo oynasin ochish mumkin. Fayllarni ochishning standart muloqot oynasidan foydalanishga OpenDialog1 komponentasi yordam beradi. Bu komponenta Dialogs komponentalar palitrasida joylashgan.
“Animatsiya namoyishi” dasturi uni koʻrishning 2 ta rejimini ta’minlaydi: uzluksiz va kadrlar boʻyicha oʻtkazish.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling