I bob. C# dasturlash tilining asosiy tamoyillari va imkoniyatlari 1 C# dasturlash tili haqida umumiy ma’lumot


Download 386.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.03.2023
Hajmi386.33 Kb.
#1264605
Bog'liq
1bob




I BOB.  C# dasturlash tilining asosiy tamoyillari va imkoniyatlari 
1.1 C# dasturlash tili haqida umumiy ma’lumot 
C# (C-Sharp) - .NET Framework platformasi uchun yaratilgan obyektga 
yo‘naltirilgan dasturlash tili bo‘lib, 2000-yilda A.Haylsberg va P.Goldelar 
tomonidan ishlab chiqilgan va keyinchalik Ecma (ECMA -334) va ISO 
tomonidan xalqaro standart sifatida tasdiqlangan. [4] 
C# leksik jihatdan kengaytirilgan, imperativ, deklarativ, funksional
umumiy, obyektga yoʻnaltirilgan (sinfga asoslangan) va komponentlarga 
yoʻnaltirilgan dasturlash fanlarini oʻz ichiga olgan umumiy maqsadl i, koʻp 
paradigmali dasturlash tili.
C# yaratilishida “har bir mavjud narsa – obyekt hisoblanadi” postulatasiga 
asos qilingan. Bu dasturlash tilini yaratishda A. Haylsberg va P. Goldelar 
C# tilidagi kabi imkoniyatlarni va Java dasturlash tilidagi oddiylik va 
ko‘rinishni birlashtirib yangi dasturlash tili yaratishni maqsad qilganlar va 
natijada C# dasturlash tili yaratilgan. Bu dasturlash tili o ‘zgarmas turg‘un 
komponentli arxitekturaga va yuqori saviyadagi xavfsizlik kodiga ega. 
Bugungi kunda C# dasturlash 
tili IT sohasidagi eng kuchli
tez rivojlanayotgan va talabga 
javob beradigan tillardan biri 
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda 
unda 
turli 
xil 
dasturlar 
yozilgan: kichik stol dasturlaridan tortib to har kuni millionlab 
foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan yirik veb-portallar va veb-
xizmatlar. C# bilan boshlashning eng oson usuli bu IDE dan 
foydalanishdir. Kodni tahrirlash va kompilyatsiya qilish uchun IDE 
(Integrated Development Environment) i shlatiladi. Shunday qilib dastur 
tayyorlash uchun, avvalo, Visual Studio 2022 platformasini yuklab 
olinadi.

Download 386.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling