I bob. Devoni hikmatda qur’oni karimning badiiy ifodasi


Oyatlar mazmunining hikmatlar tagmatnida ifodalanishi


Download 44.88 Kb.
bet2/3
Sana10.03.2023
Hajmi44.88 Kb.
#1258112
1   2   3
Bog'liq
Yassaviy 1-bob (2)

1.2 Oyatlar mazmunining hikmatlar tagmatnida ifodalanishi
Ko‘p asrlik tarixga ega madaniy va adabiy merosimizga munosabat istiqlol tufayli tubdan o‘zgardi. Xalqimiz tarixi, dini va adabiyoti, ma’naviy qadriyatlariga e’tibor kuchayib, ularning mavqeini tiklash, xalqqa asl holida etkazish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa boshqa sohalar qatori adabiyotshunoslikda ham teran ilmiy izlanishlar olib borish, adabiy merosga yangicha yondashish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi. O‘tmishda yashab ijod qilgan shoir va adiblar merosini xolisona o‘rganish va munosib baholash har qachongidan ham dolzarb vazifaga aylandi.
Xalqimizning ulkan tasavvuf namoyandalari, so‘fiylari o‘zlarining dunyoqarashlarida bir tomondan, din va shariat, ikkinchi tomondan, falsafa va ma’naviy tarbiya bilan bog‘liq holda rivojlanib kelgan o‘ziga xos ma’rifiy, tarbiyaviy ta’limotlar yaratdilar. Professor N.Komilovning tasdiqlashicha, so‘fiylar o‘zlarini har doim faylasuflarga va qalam ahli (shariat ahli, ulamolari)ga qarama-qarshi qo‘yib kelganlar. Chunki qalam ahli Qur’on oyatlari, payg‘ambar hadislarini zohiran o‘rganish, olamning yaratilishi va tuzilishini faqat diniy tasavvurlar bilan tushuntirishdan nariga o‘ta olmas edilar. Islomni ham, imonni ham aql bilan qabul qilish va xalqlarning rasm-rusumlari, odatlarini mustahkam saqlash uchun kurashib keldilar. So‘fiylar ahli qalamni "Muqallidlar", ya’ni «o‘tganlarga taqlid qiluvchilar», «quruq aqidaparastlar» deb ataganlar. Faylasuflar (Forobiy, Ibn Sino, Al-Kindiy, Ibn Rushd va yunon donishmandlari Aflotun, Arastu va boshqalar) tajriba va kuzatuv, mantiqiy tahlil va umumlashmalar orqali tabiat, inson va jamiyatni tadqiq etish yo‘lidan borganlar5. Bu ikki yo‘nalishning mavjudligi sharqona tarbiyada ham aks etmay qolmas edi, albatta. Diyorimizda milliy istiqlol g‘oyasining tarixiy ildizlarini xalqimiz dunyoqarashi, yashash va ijod qilish manbaiga aylantirishning nazariy asoslari ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan hozirgi davrda Xoja Ahmad Yassaviy ta’limotiga murojaat etish, bir tomondan, serqirra va murakkab hodisa hisoblanadigan shaxs ma’naviyatini shakllantirishning tarixiy-an’anaviy yo‘llarini o‘rganish uchun zarurdir. Zero, shaxs ma’naviyati tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan dunyoda o‘zligimizni anglash va saqlab qolish, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosiga, necha ming yillik tarix, betakror ma’naviy ildizlarga ega ekanligimizni his etishga, bu boylikni asrab-avaylash kabi milliy 18 qadriyatlarimizni butun umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirib o‘sib kelayotgan yosh avlodlarga yetkazishga xizmat qilmog‘i zarur. Ikkinchidan, mustabid tuzum davrida xalqimizning tarixiy-ma’rifiy merosini to‘la va keng tadqiq etishga, yirik din va tasavvuf namoyandalarining ma’naviy tarbiyaga oid merosidan foydalanishga imkon berilmadi. Inson ruhiyatini va ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladigan ko‘pgina qadriyatlar yot “aqlga zid, mistik qarashlar” sifatida rad etildi. Bunday qarashlar targ‘ibotchilari safiga shaxs ma’naviy tarbiyasining buyuk namoyandasi Xoja Ahmad Yassaviy ham kiritilgan edi. Uning nomini, adabiy merosini targ‘ib qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakat keskin ta’qib ostiga olinar edi. Bunday tazyiqlar o‘zbek xalqi ijtimoiy hayotida ma’naviy-ma’rifiy bo‘shliqni vujudga keltirdi. Xoja Ahmad Yassaviyning tasavvufiy qarashlari uzoq asrlar davomida xalqimizning ma’naviy hayotiga oziq berib kelgan, biroq sho‘rolar davrida nohaq kamsitilib kelingan benazir qadriyatlarimizdan biridir. Uchinchidan, XXI asr arafasida va boshida insoniyat yangi global - gumanitar muammolarga duch keldi. Diniy aqidaparastlik, ekstremizm, terrorizm mafkurachilari o‘zlarining buzg‘unchi g‘oyalarini din, e’tiqod uchun kurash shiorlariga aylantirib amalga oshirmoqchi bo‘ldilar. Dunyoqarashi to‘la shakllanmagan, din va e’tiqodning asl mohiyatidan bexabar ayrim yoshlar, goho, biz uchun yot hisoblangan bu g‘oyalarning quliga aylandilar. Demak, kishilarimizga, ayniqsa, yoshlarga boshqa muhim vazifalar qatori, din va e’tiqod nima ekanligini, mashhur bobolarimiz ularni qanday tushunganliklarini, ta’lim-tarbiyada qanday qo‘llaganliklarini ochib berish – davr talabi. Bu o‘rinda xalqimizning tarixiy merosini tashkil qiladigan Xoja Ahmad Yassaviy qarashlarining, uning tarbiyaviy g‘oyalarining mohiyatini ochib berish muhim ahamiyatga egadir. To‘rtinchidan, Respublikamiz taraqqiyotining ustuvor maqsadlaridan biri – barkamol avlodni shakllantirish. Yassaviy ta’limotida inson ma’naviy-ruhiy olamini boyitish, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish, sog‘lom diniy e’tiqodni shakllantirish masalalariga oid qimmatli fikrlar, g‘oyalar mavjudki, ulardan unumli va o‘rinli foydalanish ana shu maqsadga xizmat qilishi, shubhasiz. Shuning uchun ham Ahmad Yassaviyning pedagogik qarashlarini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq qilish zaruriyatini davrning o‘zi taqozo etmoqda. Xoja Ahmad Yassaviy pedagogik merosining ma’naviy tarbiyaga oid qirralari, ularning ma’naviy va ma’rifiy rivojlanish bosqichlarida tutgan o‘rni va ahamiyati shu paytgacha maxsus tadqiq qilinmagan. Holbuki, mustaqillikka erishgan xalqimiz mafkurasini, umuman, yoshlarimizning g‘oyaviy-siyosiy ongini tarbiyalashda Xoja Ahmad Yassaviy ta’limoti muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy tarbiya asoslarini yirik fundamental darajalarda o‘rgangan olimlarimiz tomonidan shaxs ma’naviyatining takomillashuv bosqichlari yoki ma’rifat yo‘llari sifatida ibrat ko‘rsatish, ilmga intilish, riyozatga (ya’ni qanoatli bo‘lishga) o‘rgatish, va mehr ko‘rsatish alohida ta’kidlanadi. Xoja Ahmad Yassaviy qarashlari ilmga intilish va riyozatga o‘rgatish tarbiyasiga to‘g‘ri keladi. Shaxs ma’naviyatining takomillashuv bosqichlari Ma’naviy tarbiya rivojining tarixiy bosqichlari Tarixiy davr Shaxs ma’naviyatining takomillashuv bosqichlari yoki ma’rifat yo‘llari I bosqich: Sunna VIII-IX asrlar E’tiqod uyg‘otish II bosqich: Islom ma’rifatchiligi X-XI asrlar Ilmga intilish III bosqich: Tasavvuf tariqatlari yoxud Irfon XII -XIII asrlar Riyozatga o‘rgatish IV bosqich: «Majoz tariqi» XIV -XV asrlar Mehr ko‘rsatish Ko‘rinib turibdiki, shoir va olimlarda ilm-ma’rifat to‘plash va uni yoshlarga yetkazish asosiy o‘rinda turadi. Bu esa X-XII asrga Movarounnahrdagi ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlarini ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy hayot tarzi belgilab berishini ko‘rsatdi. Xoja Ahmad Yassaviyning qarashlari, ma’naviy tarbiyaga oid qimmatli fikrlari ana shunday ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy muhit ta’sirida yuzaga kelgan.
Xoja Ahmad Yassaviy ma’naviy-tarbiyaviy qarashlarining shakllanish asoslari Pedagogika insonning ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanib, rivojlanib, kamol topishini yaqqol asoslab bergan fandir. Bunday yondashuvni bir necha asrlar ilgari sharq mutafakkirlari Forobiy va Abu Bakr ar-Roziylar ham o‘z asarlarida e’tirof etganlar [14, 121]. Tasavvuf ham insonning ilm-ma’rifat asosida yuksalishi haqidagi ta’limotga tayanadi. Tasavvuf ta’limotiga ko‘ra insonning bosh maqsadini muhabbat, poklik tashkil qiladi. Olamga, borliqqa bo‘lgan muhabbat Alloh ishqi sifatida talqin qilinadi. Bunday muhabbat esa odamdan faqat yuqori darajadagi ko‘ngli poklik va nafs ehtiyojlaridan ozod bo‘lishni talab etadi. Bu holat Xoja Ahmad Yassaviy dunyoqarashini shakllantirgan ma’naviy ildizlardan birini tashkil qiladi. Chunki uning muhim va ibratli xususiyatlaridan biri – shaxsning o‘z-o‘ziga tanqidiy qaray olishi, o‘ziga murosasizligi. Ahmad Yassaviyning nuqtai nazariga ko‘ra ayyorlik, gunohlarni yashirish o‘zgalarga xiyonat hisoblanadi. Bu fikrlari bilan Xoja Ahmad Yassaviy rostgo‘ylik, halollik, o‘z-o‘ziga talabchanlikni targ‘ib qiladi. Insonni eng og‘ir gunohlari uchun hatto tog‘u toshlar ham la’natlaydi, -deydi Ahmad Yassaviy. Bu esa gunoh qilishdan, noqonuniy ishlarni bajarishdan, jamiyat a’zolarining nafratiga erishishdan saqlanishga da’vatdir. Shuning uchun ham Xoja Ahmad Yassaviy “Ishq yo‘lida jon berganni armoni yo‘q, – der ekan [27, 106], inson ma’naviy-ruhiy tozalanish uchun mashaqqatlarga bardosh berishi, halollikka, poklikka intilishi lozimligini quyidagi hikmatida ifodalaydi: Jafo chekmay oshiq, bo‘lmas, tingla g‘ofil, Jafo chekib sobir bo‘lg‘il bo‘lma johil [27-94]. Bu bilan u, zahmat chekkan odam sabrli, bardoshli, irodali bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi. Hushyorlik shaxsni faol harakat qilishga undaydi. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari o‘quvchi shaxsini xushyorlikka, faol harakatlanishga, fitnalardan, fisqu fasod ishlardan o‘zini olib qochishga da’vat qiladi. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya jarayonida ulardan keng foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunonchi:
Allohvando, meni solg‘il o‘z yo‘lingga,
Nafs ilkida harib, ado bo‘ldim mano,
Fisqu fujur to‘lib - toshib, haddan oshti,
G‘arqob bo‘lib isyon ichra qoldim mano [27-39].
Yassaviy «G‘arqob bo‘lib isyon ichra qoldim mano» deganda insonni haqiqat yo‘lida "nafs"dan qutulishga, o‘z nafsining quli bo‘lib qolmaslikka, atrofdagi yomon qarashlarning ta’siriga berilmaslikka chaqiradi. Bu esa o‘quvchilar va talabalarni turli ekstremistik oqimlarning ta’siridan saqlab qolishga da’vat sifatida qimmatlidir. Sinchiklab tahlil qilar ekanmiz, Ahmad Yassaviyning ma’naviy tarbiyaga oid qarashlarida tarkidunyochilikka undash yotdir. U yomonlik, nodonlik, jaholat, molparastlik, mansabparastlik illatlariga qarshi tura olishga chaqiradi. Aksariyat jamiyat a’zolari manfaatlarini pisand qilmay, mol-dunyo to‘plash, mansabga intilishga harakat qilayotgan bugungi kun uchun bu hikmatlarning tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Shu ma’noda Yassaviy hikmatlari juda katta pedagogik qimmatga ega. So‘fiylik oqimining ilk namoyandalari Abu Yazid (Bayazid), Yusuf Hamadoniy, uning shogirdi Ahmad Yassaviy, Abdulloh Rometaniy (Azizxon), Abduholiq G‘ijduvoniy, Bahovuddin Naqshbandiy, Junayd Bog‘dodiy, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Xo‘ja Ahrori Vali kabi yirik olim va mutafakkirlar ana shu oqimning boshlovchilari hisoblanadi. Ularning har biri o‘z davrida shaxs ma’naviyatini rivojlantirishga oid targ‘ibot ishlarini amalga oshirdilar. Jumladan, Abu Hamid G‘azzoliy ta’limotiga ko‘ra, jamiyat a’zolari bilan totuv yashash, shaxslararo hurmat, xushmuomalalik, o‘z yukini o‘zgalar zimmasiga yuklamaslikka odatlanish eng yaxshi fazilatlardandir. So‘fiylik ta’limotiga ko‘ra, kamtarinlik, kamsuqumlik, sabrlilik, ishonuvchanlik fazilatlarini egallash insonni ma’naviy jihatdan bezaydi, uni yuksakklikka ko‘taradi. So‘fiylikda ruhiy kamolotga erishishning asosiy yo‘llari to‘rtta deb ko‘rsatiladi. Bo‘lar: shariat (musulmonlarning qonun-qoidalari majmui), tariqat (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish), ma’rifat (kishilarning ongi-bilimi, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya) va haqiqat (moddiy borliqni aniq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglash) bosqichlaridir. Xulosa qilib aytganda, so‘fiylik ta’limotiga ko‘ra inson shariat qonunlarini o‘rganib, unga itoat qilishi, zuhd va taqvoga (e’qodli bo‘lish, haromdan hazar qilish) amal etishi, o‘zini foniy (o‘tkinchi) dunyo gunohlaridan, g‘araz va yomonlikdan tozalashi, shukur qilib, man qilingan ishlardan saqlanishi buyuriladi. Insondan, bu bilangina chegaralanmay, balki moddiy olamni bilishga, ma’rifat va haqiqatga – Haqqa yetishga intilish talab etiladi. Ilk so‘fiylik ta’limotiga ko‘ra inson Haqqa yetishi uchun to‘rtta bosqichni o‘tashi lozim.
Yassaviy shaxsni shakllantiruvchi omil sifatida, eng avvalo, ustozni qo‘yadi. U insonning yaxshi xulq va odobni, maqbul ish va ma’qul kasbni o‘zlashtirishi ustozsiz amalga oshmaydi, deb belgilaydi. Ustozlarni yoshlarni yaxshi kunga yetaklovchi shaxs deb hisoblab, ularga yuksak talablarni qo‘yadi. Savodsiz ustozlarni tanqid ostiga oladi. Shuningdek, badiiy so‘z, musiqaning, yoshlarga nafosat tarbiyasini berishda ahamiyati kattaligi, so‘z suhbat - jon ozig‘i ekanligini tushuntiradi. Odamni boyligi emas, balki uning yaxshi ishlari, ilmi azoblardan qutqaradi, shu sababli inson har bir xatti-harakatining me’yori, o‘lchamini bilishi zarur. Barcha yomon ishning asosida dunyoparastlik, ochko‘zlik yotadi. Johillar molu dunyo yig‘ish uchun Allohni, podshoni, odamlarni aldaydilar, fozillar esa, aksincha, Allohga itoat qilib, pokiza yashashlari kerak, degan fikrlarni bayon qiladi. Inson o‘zini-o‘zi boshqara olishi, kuchli iroda egasi bo‘lishi, ya’ni yomon ta’sirlarga berilmasligi lozim. Bu xususiyatlarni egallash uchun esa unga ixlos zarur bo‘ladi, deb quyidagi satrlarni keltiradi:
Boshim berib, belim bog‘lab, qilsam ixlos,
Nafsi shayton changalidin bo‘lsam xalos,
Jon berarda madad qilsa Xizr, Ilyos,
G‘avsul-g‘iyos hatmi “yosun” qilarmukin? [28-193].
Ko‘rinib turibdiki, insonning ixlosi uni yomon ishlardan asrab qoladi. Xoja Ahmad Yassaviy yashab ijod qilgan davrda mavjud bo‘lgan turli 59 mafkuraviy g‘oyalarning barchasi ham uning ijodida aks etgan, deb bo‘lmaydi. Shuning uchun ham shaxsni shakllantiruvchi omillar sifatida juda chuqur falsafiy qarashlarni Xoja Ahmad Yassaviy ijodidan axtarish sun’iylikni keltirib chiqarishi mumkin. Buni anglash esa bizning tadqiqotimiz uchun juda muhimdir. Xoja Ahmad Yassaviy o‘zining «Hikmatlar» nomli to‘plamida shaxsni shakllantiruvchi omil sifatida, avvalo, u shaxsni faollik,va o‘zini-o‘zi tanqidiy baholash kabi sifatlarni ko‘rsatadi. Shuningdek, u insonni yomonlikdan nafratlanuvchi, ezgulikni himoya etuvchi shaxs, deb hisoblaydi:
Haq bandasin nomalarin qo‘lg‘a berur,
Xos bandalar qo‘lg‘a olib ani o'qur.
Uchor qushdek parvoz qilib qanot to‘qur,
Parvoz qilmay o‘lub ketsam, netgum mano?6
Ko‘rinib turibdiki, Ahmad Yassaviyning juda ko‘p fikrlari dunyo o‘tkinchi ekanligi, qilgan barcha yaxshi ishlarning, albatta, yodga olinishi va u shaxsning hayot mazmuniga aylanishini ifodalovchi mohiyatga ega. Shu o‘rinda nomai a’mol haqida ham Yassaviy to‘xtalib o‘tib uning ijobiysi faqat xos(bu o‘rinda jannati) bandalariga berilishi va ushbu amal daftarini olgan bandalar xursandligidan qushdek parvoz qilishini ta’kidlab o‘tadi. Bandalarning nomai a'mollari ularning toat va gunohlari yozilgan kitobning haqligiga ishonish ahli sunnat val jamoa aqidasining bir qismidir. Qiyomatda mo‘minlarning nomai a’mollari o‘ng tomonlaridan, kofirlarning nomai a’mollari orqa va chap tomonidan berilishi haqdir. Qur’oni Karimda bunday marhamat etiladi:
فَأَمَّا مَنۡ أُوتِيَ كِتَٰبَهُۥ بِيَمِينِهِۦ فَسَوۡفَ يُحَاسَبُ حِسَابٗا يَسِيرٗا وَيَنقَلِبُ إِلَىٰٓ أَهۡلِهِۦ مَسۡرُورٗا وَأَمَّا مَنۡ أُوتِيَ كِتَٰبَهُۥ وَرَآءَ ظَهۡرِهِۦ فَسَوۡفَ يَدۡعُواْ ثُبُورٗا وَيَصۡلَىٰ سَعِيرًا إِنَّهُۥ كَانَ فِيٓ أَهۡلِهِۦ مَسۡرُورًا إِنَّهُۥ ظَنَّ أَن لَّن يَحُورَ بَلَىٰٓۚ إِنَّ رَبَّهُۥ كَانَ بِهِۦ بَصِيرٗا
“Ana endi kimning nomai a'moli o‘ng tomonidan berilsa, bas, u oson hisob bilan hisob-kitob qilinajak. Va o‘z(ining jannatdagi) ahli-oilasiga shodu xurram holda qaytajak. Endi kimning nomai a’moli orqa tomonidan berilsa, bas, u o‘limni chaqirib qolajak va do‘zaxga kirajak. Darvoqe, u (hayoti dunyodalik paytida) ahli-oilasida (o‘z kufru isyoni bilan) shodu xurram edi. Albatta u o‘zining hech qachon (Parvardigori huzuriga) qaytmasligiga ishonar edi. Yo‘q, Parvardigori uni shubhasiz ko‘rib turguvchi edi” (Inshiqoq surasi, 7-15-oyatlar mazmuni)7. Har bir kishining qilgan ishlari uning ikki tomonidagi farishtalar (kiroman kotibiyn) tomonidan yozib boriladi. Qur’oni karimda bunday mazmunli oyat kelgan: “Biz qiyomat kuni unga ochiq holda ro‘baro‘ bo‘ladigan bir kitobni (nomai a'molini) ko‘rsaturmiz” (Isro surasi, 13-oyat)8. Birinchidan, shariat qonunlarini bilish barobarida shakllanib, insonga yolg‘iz Ollohni tan olishga, yolg‘iz unga sig‘inishi, Ollohning yerdagi rasuli Muhammad (s.a.v) deb bilishi va musulmonchilikning barcha qonunqoidalarini o‘rganishi va unga rioya qilishi buyuriladi. Ikkinchi bosqich tariqat bo‘lib, insondan biror bir sulukka tegishli bo‘lish, birorta pirga qo‘l berib, uning maktabida, uning ta’limoti ta’sirida tarbiyalanishi talab qilinadi. Uchinchi bosqich ma’rifat bo‘lib, insonning bilimga intilishi, o‘qishi, o‘rganishi, shu bilan birga, foniy dunyoning yolg‘onchi ho‘zuridan voz kechish, nafs qopqoni tushkunligidan o‘zini xolos qilish lozimligi ta’kidlanadi. Ma’rifat bosqichini to‘la egallagan inson yetuk, pok bo‘lib haqiqat bosqichiga yetadi. To‘rtinchi, ya’ni oxirgi haqiqat bosqichini egallagan kishi Haqqa yetadi. Haqqa yetgan insonning ruhi Ollohga borib qo‘shiladi va Olloh bilan bevosita muloqot qilish sharafiga muyassar bo‘ladi. Rivoyat qilishlaricha, hayotdagi iqtidorli kishilarning oliy namoyandalari anbiyo (nabilar), avliyo (valilar),Olloh so‘zini Haqqa yetkazuvchi payg‘ambarlar shu lavozimga erishadilar va yuksak obro‘-e’tiborga ega bo‘ladilar. Bugungi kun nuqtai nazaridan baholaydigan bo‘lsak, ilm ahli, olim va fuzalo, ustoz-murabbiylar yoshlar ongiga hayot haqiqatlarini, ilm durdonalarini yetkazib, katta e’tiborga loyiq bo‘ladilar.
Yassaviy hikmatlarida Qur’on oyatlaridan o’ta mohirona foydalanganligini quyida baytida ko‘rishimiz mumkin;
Ro‘zi “nahnu qasamno”da ulush berdi,
Ulush olg‘on bandalari yo‘lg‘a kirdi.
Sham’in ko‘rub parvonadek o‘zin urdi,
Jonni jong‘a payvand qilib yurung, do‘stlar.
Yuqoridagi baytda kelgan “nahnu qasamno” kalimasiga e’tibor berar ekanmiz, bu yerda Yassaviy Almisoq, bandaning Allohga bergan va’dasi haqida gap ketayotganiga guvoh bo‘lamiz.
Al-Misoq bu jamiki insonlarning Alloh taologa iymon keltirib bergan va’dasidir. Almisoq islom shariatida muhim aqida masalalaridan biri hisoblanadi. Imom Tahoviy rahimahulloh aqida matnida shunday yozadi:
“Alloh taoloning Odam va uning zurriyotidan olgan va’dasi haqdir”9.
Alloh taolo Qur’oni karimda aytadiki: “Robbing Bani Odamning umurtqa pog‘anasidan, qiyomat kuni, bundan g‘ofil edik, demasliklaringiz uchun, zurriyotlarini olib, o‘zlariga o‘zlarini guvoh qilib: «Robbingiz emasmanmi?» deganida «Xuddi shunday! Guvoh bo‘ldik!» deganlarini esla” (A’rof surasi 172).10
Alloh taolo bashariyat otasi – Odam alayhissalomni yerga tushirgach, uning pushtidan to qiyomatgacha tug‘iladigan jamiki insonlar ruhini chiqargan va ularga “Men sizlarni Robbingiz emasmanmi?!” deb savol bergan. O‘shanda hamma inson hali ularning jasadlari yaratilmasdan oldin (dunyoda kofir bo‘lib yashaganlar ham) “Ha, Sen bizning Robbimizsan. Biz esa sening bandalaringmiz”, deb iymon keltirgan va Allohga qullik qilishga va’da bergan. Allohning tanho Iloh ekanligini tan olishgan va iqror bo‘lib mo‘min bo‘lishgan.
Yassaviyning ushbu didaktik baytlarida Alloh va banda orasidagi ahdlashuv eslanar ekan, bu orqali, insonlarni yomon ishlardan qaytarish, Alloh yo‘lida gunoh ishlarga qo‘l urmaslik, Uni ko‘p zikr etishlik, ibodatida qoim turish kabi g‘yalar ilgari suriladi
Alloh va insoniyat orasida bo‘lib o‘tgan shu ahdlashuvni “Al-Misoq” deb aytiladi. Al-Misoqda Alloh Odam va uning zurriyoti fitratiga O‘zining yagona ekanligini, ya’ni tavhid aqidasini singdirgan. Qachondan beri musulmonsan, deb so‘ralganda “Al-Misoqdan beri” deb javob berilishida ham shu ahdnoma nazarda tutiladi.
Dunyoga kelgan har bir chaqaloq, xoh u musulmon oilasida tug‘ilsin yo kofir oilada al-Misoqdagi iymoni bilan mo‘min bo‘lib tug‘iladi. Hatto mushrik kofirlarning chaqaloqlari ham. Shuning uchun ham ahli sunna e’tiqodiga ko‘ra mushriklarning chaqaloqligida qazo qilgan bolalari almisoqdagi iymoni bilan jannatiy bo‘ladi, deb e’tiqod qilinadi. Imom Qurtubiy va imom Navaviy shu sahih qavl degan.
Al-Misoqdagi va’dasiga sodiq qolganlar musulmon bo‘lib yashaydi. Va’dasini buzganlar esa dunyo hayotida kofir bo‘lishadi. Allohga bergan va’dasini unutib kufr yo‘liga o‘tganlarga Alloh al-Misoqdagi va’dasini eslatish uchun payg‘ambarlarni yuborgan.
“Bas, eslating! Siz albatta eslatguvchidirsiz. Ularga o‘z hukmingizni o‘tkazguvchi emassiz” (G‘oshiya surasi 21-22).11
Al-Misoq va’dasi qiyomat kuni kofirlarga qarshi Allohning hujjati bo‘ladi. Kofir va mushriklar «Ey Alloh, biz Seni borligingni yoki birligingni bilmay qolibmiz, g‘aflatda qolgan ekanmiz», deb uzr aytishmoqchi bo‘lganda Alloh ularga Al-Misoq ahdnomasini eslatib qo‘yadi.
Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz mumkinki, xalqimiz orasida tarqalgan “Almisoqdan qolgan...” degan ayni shu tushunchalar asosida shakllangan, ya’ni judayam qadimiy degan ma’noda qo‘llanadi...
Ko‘rinib turibdiki, Ahmad Yassaviyning dunyoqarashi uning hikmatlari, o‘git-nasihatlari nafaqat shogirdlariga, balki barcha xaloyiqqa tez yetib borar va ta’sir ko‘rsatar edi. Xoja Ahmad Yassaviy o‘zining “Faqirnoma” asarida faqirlik, darveshlik, so‘fiylikdan o‘tish maqomlarini ochib beradi. Ya’ni faqirlarni ulug‘lab, bu maqom anbiyo, oriflar va oshiqlar maqomi ekanligini tasdiqlaydi va uning isbotini hazrat Rasuli Akram sallallohu alayhi vasallamning maqomi deydi. Dahrni yaxshi ko‘rmoq imondan turur, faqirni xor tutmoq kufr turur, deb ko‘rsatadi. Shu boradagi Hazrati la bino sallallohu alayhi vassalamni “Xubbu-lfuqaroi min-al imon va bugzu-l-fuqaroi min-al kufri” - degan hadislarini tahlil qiladi. Bu bilan faqirlik, kamtarinlik martabasi va hurmati yetti qavvat, yerdan ulug‘roq turur, deb tasdiqlaydi. Keyin uning sifatlari, tariqati, yeb-ichish, mehnat faoliyati, niyati, nafsi, yurish-turishi, tashqi qiyofasi, kiyinishi kabilarni ochib beradi. Ularning yig‘indisi 80 maqom deb ko‘rsatiladi. Har birini payg‘ambarning maqomi deb ulug‘laydi. Ular avval Hazrati Odam alayhissalomning va oxiri Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vassalamniki turur, deb o‘zining dunyoqarashini “70 ilm bilmaguncha, kezmaguncha, har kim shayxlik maqomi da’vosi qilsa, ul hamon but bo‘lgay” - deb aniqlik kiritadi [27-11]. Xoja Ahmad Yassaviy o‘z fikrlarini Shayx-ul-mashoyix, Hazrati Muhammad Mustafo, Junayd Bag‘dodiy, Sayid Ahmad Kuboro, Shayx Ahmad, Shayx Shakik Balxiy, Shayx Ahmad Jomiy, Shayx Qutbiddin Haydar, Xo‘ja Abdulloh Haydar, Shayx Mansur Halloj, Luqmon Saransiy kabilarning fikrlari bilan tasdiqlaydi hamda ularning fikr-mulohazalarini: “Faqr bir tog‘ erur, barcha konlarning makoni, faqr bir daryo turur, ul daryoning poyoni yo‘g‘, aning poyonini kishi ko‘rgoni yo‘q, faqr bir pushta, faqr nuri Alloh turur, har kimga ul nurning ziyosi tegsa, aning ziyosidan kamol topar, faqr bir toji davlat turur, har kim boshiga kiydi ikki jahonda sultoni abadiy bo‘ldi, faqr bir sharob turur, har kishi jur’at no‘sh qildi, to qiyomatgacha masti liqo bo‘ldi, faqr jozibali Allohvanda erur, har kimga tegsa ikki jahonda murodi hosil bo‘ldi, faqr xidoyati rabbano turur, har kimga yo‘l takti, jovidona turur, har toati, faqr diydori Haq taolo turur. Har kim ko‘rdi ko‘rmadi, faqr shahbozi himmat turur, har kimga qo‘ndi, ul kishi pardoz qildi, to lomakonni sayr qildi», - degan fikrlarini mujassamlashtirib, o‘z fikrlarini quyidagicha tasdiqlaydi. Ya’ni, Xoja Ahmad Yassaviy “Faqr Haq ta’oloning bog‘i vaslidin daraxte turur, ul daraxtining butog‘i aql turur, reshasi hidoyat turur, mevasi xayru saxovat turur, soyasi qanoat turur, oning bo‘yi shavq turur, aning bargi har kimga tegdi, amali solih hosil qildi, har kim mevasidan yedi, hayoti jovidona topti va agar bo‘yi har kimga tegsa, mastu hayran bo‘lg‘ay va agar soyasida o‘rin olsa, oftobi haqiqat anga tushgay”, - deydi [27-17]. Ahmad Yassaviyning dunyoqarashida ilm-ma’rifat, odob-axloq masalalari mujassamlashgan bo‘lib, faqirning ongi, odobi, 8 ta maqomi va 7 ta martabasi ko‘rsatilib, o‘zining “Faqrnoma” dagi vasiyatlari har kimga tegishli ekanligini tasdiqlab, kimki bularga amal qilib istiqomat qilsa, dunyo va uqbonga muyassar bo‘lgay, agar amal qilmasa, og‘ir damda pushaymon qilgay va sharmandai oxirat bo‘lgay, - deydi. Ahmad Yassaviyning dunyoqarash ildizlari haqidagi bo‘limning xulosa qismida xulosa qilib quyidagi umumlashtiruvchi fikrlarni keltirish mumkin: Maqomi jabarut (buyuklik) - shariat turur, Maqomi malakut (podshohlik)- tariqat turur, Maqomi lohut (ilohiy olam)- ma’rifat turur, Maqomi nosut (odamlar yashaydigan mazkur dunyo)- haqiqat turur, deb o‘z dunyoqarashini sharhlaydi [27-17]. Ularning mazmunini ochish va yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rnini isbotlash ishimizning yangi bo‘limlarini tashkil qiladi. Xullas, Xoja Ahmad Yassaviy islom ahkomlarining turkiy xalqlar orasida yoyilishiga, yosh avlodlarni islom dini qadriyatlari asosida tarbiyalash nazariyasi va uslubiyatiga katta hissa qo‘shdi.


Download 44.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling