I. Bob. Diqqat muammosining psixologik nazariy asoslari
I.BOB. DIQQAT MUAMMOSINING PSIXOLOGIK NAZARIY ASOSLARI
Download 61.57 Kb.
|
diqqat kurs ishi
I.BOB. DIQQAT MUAMMOSINING PSIXOLOGIK NAZARIY ASOSLARI
1.1. Diqqat borasida olimlarning fikr va mulohazalari Diqqat inson hayotida katta ahamiyatga ega , chunki diqqat barcha aqliy jarayonlarimizni to’liq bajaradigan jarayon hisoblanadi. Odamga atrof muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta’sir etib turadi. Ammo ta’sir etayotgan narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq aks ettirilsa , boshqa narsa va hodisalar juda xira aks ettiriladi , yoki umuman aks ettirilmaydi. Ya’ni shuni ko’rsatadiki insonga ta’sir etayotgan narsa va hodisalar diqqatning qay darajada qaratishiga bog’liqdir. Diqqat jarayoni dolzarbligidan tashqari uning yechilmagan muammolari ham bisyor. Ya’ni diqqat borasida xozirgi kunda ko’plab tadqiqotlar va tekshiruvlar olib borilmoqda. Diqqatning nafaqat psixologiyada , balki inson hayotida ham muhim ahamiyatga ega ekanligiga yana bir bor o’z isbotini ko’rsatdi. Kognitiv jarayonlarning borishning eng muhim xususiyati, ularning yo’naltirilganligidadir. Chunki inson dunyodagi ko’plab narsalar ta’siridan doimo nimanidir idrok etadi, nimanidir ifodalaydi, nimadir haqida o’ylaydi. Ongning bu xususiyati diqqat jarayoni bilan bog’liq. Diqqat muammosi an’anaviy ravishda ilmiy psixologiyaning eng muhim va murakkab muammolardan biri hisoblanadi. Diqqat muammolarini o’rganishda turli psixologlar ishtirok etgan. Bulardan A.R.Luriya, S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontov va ko’plab psixologlar diqqat muammosini o’rganishgan. Ularning olib borgan ilmiy tadqiqotlariga nazar solsak, ular diqqatning ham fiziologik tomonini, ham biologik va psixologik jihatlarini o’rganib ularni ochib berishga muyassar bo’lishgan. Shu bilan birga diqqat jarayoniga olimlar va psixologlar turli ta’riflarni keltirib o’tishgan.Bulardan : P.Ivanov tomonidan” diqqat – deb ongni bir obyektga aktiv qaratilishiga aytiladi” deb ta’kidlab o’tgan. Boshqa olimlarning fikricha F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo , N.F.Gonobolinlarning fikricha diqqatning vujudha kelishi ongning bir nuqtaga to’planishi ing doirasining torayishini bildiradi, ya’ni ong bir muncha tig’izlanadi. K.D. Ushinskiyning fikricha ‘’ diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi.’’ deb aytib o’tgan. Sobiq sovet psixologiyasida diqqat muammosi xorijiy psixologiya faniga nisbatan ancha murakkab va ilmiy manbalarga ega hisoblanadi va shu bilan ular boshqa xorijiy psixologiyasi bilan farq qiladi. Lekin shuni ta’kidlab o’tish kerakki sobiq sovet psixologiyasida diqqatga nisbatan mukammal va aniq fikr vujudga kelmagan , ammo diqqat borasida juda ham ko’p torishuvlar va muzokaralar bo’lib o’tgan. Diqqat jarayoni to’g’risida 20 – 30 yillarda boshlangan bahs va munozaralar va ilmiy bahslar xozirgi kungacha davom etib kelmoqda. Ilmiy munozaralarning asosiy qismi diqqatning bitta ob’ektga qaratilishidir. Bunday ilmiy g’oya psixolog P.P.Blonskiy tomonidan ilgari surilgan va asoslangan. Uning fikricha , odamning ongi bitta ob’ektga qaratilgandan keyin u atrofdagi narsa va hodisalarnin ko’rmaydi. Ammo ko’pchilik psixologlar P.P.Blonskiyning fikriga qo’shilishmaydi. S.L.Rubenshteyn mulohazasiga ko’ra diqqat ongi ham, ob’ektning xususiyatlariga ham bog’liq emas. Uning ahamiyatli tomoni diqqatni ob’ektga yo’nalshtirishdir. Bu yo’naltirishlarning asosiy sababi: shaxs, ehtiyoj, maqsad.Ushbu gipotezalarni ilgari surgan psixologlar diqqatning yo’nalganligini ob’ektga bog’liqligini va unda jarayonni boshqarish imkoniyati mavjudligini tushuntirishga harakat qilingan. Ya’ni fikr mulohazalar shuni ko’rsatadiki, Aqliy faoliyatning hamma turlarida diqqat ishtirok etadi. Bu esa bizning barcha kundalik hayotimiz davomidagi harakatlarimiz diqqat jarayoni orqali amalga oshadi. Biz hayot davomidagi faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa , o’zimizning o’y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo’la oladi. Shuni nazarda tutish kerakki, diqqat – idrok,xotira, xayol, tafakkur va nutq singari alohida psixik jarayom emas . diqqat barcha psixik jarayomlarda ishtirok etadi. Barcha faoliyat va jarayonlar diqqat orqali amalga oshadi. Diqqat – aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki faollikdir. Shu bilan birga diqqat har qanday faoliyatning zaruriy qismidir. Diqqat – paytida ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishidan iboratdir. Ongning eng tormozlangan eng yorqin nuqtasi diqqatning fokusi ya’ni markazi deb ataladi. Mana shu fokus orqali barcha narsalar idrok qilinayotgan predmetlar , tasavvurlar , fikrlar yorqin va aniq aks ettiriladi. Shu sababli ham diqqat inson faoliyatidagi barcha turlari uchun ahamiyati katta ekanligini ko’rsatib beradi. Eng oddiy ishlardan tortib eng murakkab ishlargacha diqqat jarayonisiz ishtirok etmaydi va bu faoliyatlarini bajarib bo’lmaydi. Diqqat bilish jarayonlarining birligi, barqarorligi , o’zaro ularning uyg’unligi , samaradorligi, mazmundorligi , va tizimliligi bevosita diqqat jarayoniga bog’liqdir. Agar diqqat faolsiz qo’zg’atuvchilar yordamida vujudga kelsa unda qolgan jarayonlarga ham ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni bilish jarayoning faoliyati keskin kamayadi, hattoki tormozlanishi ham mumkin.Psixologiyada diqqat jarayoni bilan bog’liq muammolar hali hanuzgacham yechilmagan va xozirgi kunda ham diqqat jarayoni bilan bog’liq tadqiqotlar o’tkaziladi shu bilan birga diqqat jarayoni bilan bog’liq ilmiy nazariylar ham ishlab chiqilmoqda. Diqqat jarayoni borasida ko’plab olimlar va proffessor psixologlar tomonidan tadqiqot va tajribalar o’tkazishgan. Diqqat jarayoni haqida turli xil filr mulohazalar bildirishgan. Diqqat jarayoni olimlar fiziologik, biologik, psixologik tomonlarini o’rganishgan va uni o’z tajribalari orqali yoritib bera olishgan. Chunki diqqatning boshqa psixik jarayonlar qatori ularning ma’lim fiziologik hodisalar bilan bog’liq. Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda murakkab. Diqqatning mana shu fiziologik asoslari orqali ularning qanday holatda paydo bo’lishi, qanday ko’rinishda namoyon bo’lishi nerv sistemasiga qanday o’zgarishlari bo’lishi va mana shu Masalan : auditoriyada o’quv mashg’uloti bo’layotganda ko’chadan qandaydir shovqinli ovoz eshitilishi auditoriyadagi talabalarni diqqatni bo’ladi, yokida oddiy eshikni ochilishi diqqatning bo’linishiga sabab bo’ladi. Mana shu jarayon fiziologik jarayon orqali amalga oshadi. Bu jarayonlarning mexanizmlari psixologiya adabiyotlari bo’yicha ikkita asosiy guruhlarga ajratiladi. Bular : pereferik va markaziy qismlar hisoblanadi. Pereferik mexanizmlarga his - tuyg’u organlar bilan bo’ladigan jarayonlarni kiritish mumkin. Bunda kuchsiz tovushni eshitgan inson tovush kelgan tomonga qaraydi, shu vaqtni o’zida nog’ora pardasining ta’sirchanligini oshirgan holda uni tortadi. Markaziy mexanizmlarda esa, bir xil nerv markazlarning qo’zg’alishi, boshqalarning tormozlanish jarayoni bilan bog’liq. Bu jarayonda kuchli qo’zg’alish kuchsiz qo’zg’alish bilan bir vaqtda sodir bo’lsa kuchsiz qo’zg’alishni siqib chiqaradi, va psixik faoliyatning muvofiq ravishda o’tishini ta’minlaydi.o’zgarishlarda qanday qo’zg’atuvchanliklar namoyon bo’lishini ko’rish mumkin. Bu mexanizmlar bo’yicha D.E. Brodbentning fikrlarida - diqqat axborotni kirib kelishda, ya’ni pereferiyada tanlab o’tkazuvchi filtr hisoblanadi. Misol uchun: agar odam axborotni ikki qulog’i bilan qabul qilgan bo’lsa, chap quloq axborotni qabul qiladi, o’ng quloq esa axborotni qabul qilmagan hisoblanadi. Keyinchalik esa, pereferik mexanizmlar axborotni fizikaviy xususiyatlari oqali tanlab o’tkazadi. Diqqatning fiziologik asoslariga I.Pavlov va A.A.Uxtomiskiylarning olib borgan tajribalarini ham kiritish mumkin.Diqqat borasidagi I.Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A.Uxtomiskiyning olib borgan tekshirishlar bir – biriga to’g’ri keladi. Ya’ni tekshirishlar natijasi shuni ko’rsatkanki, agar nerv sistemasiga bir qancha qo’zg’alishlar bir vaqtning o’zida ta’sir etsa , bosh miya po’stida bir qancha qo’zg’alishlar paydo bo’lishini aniqlagan. Bu qo’zg’alishlar hamma yerga tarqaladi va ular o’rtasida kurashish jarayoni sodir bo’ladi. Bu kurashlarida biri dominant bo’lib oladi. Mana shu qo’zg’alishni akademik Uxtomiskiy ‘’dominanta’’ deb atagan.Dominant diqqatimizning ma’lum narsaga yo’naltirishi va to’plashning fiziologik asosi Diqqat jarayoni faqatgina aqliy va faoliyat jarayonlarida emas , balki insoning fiziologik jarayonlarida ham ishtirok etadi va bu jarayon ham inson hayotida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. I.Pavlov va A.A.Uxtomiskiylarning olib borgan tadqiqotlari asosan diqqatning holatlari, sifatlari, xususiyatlari, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining o’zaro harakatini va miya sturukturasida qo’zg’aluvchanlik jarayonlarini uyg’unlashtirib aniqlashga qaratilgan. Bular esa bizning hayotimizda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki bizning ish faoliyatlarimiz ham diqqatga yo’nalgandir.isoblanadi. Diqqat borasidagi nazariyalar orasidan eng ommalashgani va mashhur bo’lgan nazariyalar bu T.Riboning nazariyasi hisoblanadi. Uning nazariyasiga ko’ra diqqat har doim hissiyotlar bilan bog’liq hisoblanadi va ular oqali yuzaga keladi. Uning fikricha ixtiyoriy diqqatning jadalligi va davomiyligi diqqat obyektining assosiatsiyalangan emotsionalning holatning davomiyligidir deb aytgan. Ya’ni T.Ribo hissiyotlar va ixtiyoriy diqqat o’rtasidagi uzviy bog’liqlik borligini ta’kidlab o’tgan. Riboning nazariyasidan tashqari boshqaolimlarning nazariyalarini ko’rish mumkin. Bularga misol qilib: D.N.Uznadzening nazariyasini kiritish mumkin. Uning nazariyasiga ko’ra diqqat to’g’ridan - to’g’ri mayl bilan bog’langan. Uning fikricha mayl diqqat holatini ichkaridan ifodalaydi. Mayl atrof - muhitni idrok qilishda ma’lum obraz va taassurotning namoyon bo’lishi orqali sodir bo’ladi. Ya’ni bunda obraz va taassurot diqqatning obyektiga aylanadi, va jarayonning o’zida obyektivlashtiriladi. P.Ya.Galperin diqqatni boshqacha ta’riflagan ya’ni u obeyktining paydo bo’lishi bilan diqqat yuzaga keladi. Obyekt yo’qolgandan keyin esa psixik qismi tekshirilada va nazorat qilisj jarayoni boshlanadi. Ya’ni bu fikrlarda ongning bir obektga yo’nalishi va ong holatini nazorat qilish hisoblanadi.Psixologiyada diqqatni yo’naltirish deganda diqqat faoliyatining ixtiyoriy va ixtiyorsizligi tushuniladi. 20-yillarda diqqat muammosi borasida ko’plab bahs munozaralar bo’lgan. Ya’ni diqqat mummosini ustanovkalarga bog’lab tushuntirishga harakat qilishgan, va bu ustanovkalarni 1926 yilda K.N.Kornilov tomonidan chop etilgan “ Ustanovka va diqqat “ deb atalgan kitobini misol qilish mumkin. Uning kitobida diqqat borasida berilgan mulohazasi shundan iboratki,”obeyktlardan bir obyektni ajratish diqqatning subyektiv kechinmasidir va buni obyektiv hodisalar bialn taqqoslash , sezgi organlarining ustanovkasidan iboratdir” deb aytib o’tgan. Diqqat borasida ko’p nazariyalar mavjud bo’lsa ham, diqqat muammosi o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Chunki diqqat borasida o’rganiladigan muammolar ko’p shu sababli ham , diqqat haqidagi bahs va munozaralar hali ham davom etmoqda. P.Ya.Galperin diqqatni boshqacha ta’riflagan ya’ni u obeyktining paydo bo’lishi bilan diqqat yuzaga keladi. Obyekt yo’qolgandan keyin esa psixik qismi tekshirilada va nazorat qilisj jarayoni boshlanadi. Ya’ni bu fikrlarda ongning bir obektga yo’nalishi va ong holatini nazorat qilish hisoblanadi.Psixologiyada diqqatni yo’naltirish deganda diqqat faoliyatining ixtiyoriy va ixtiyorsizligi tushuniladi. 20-yillarda diqqat muammosi borasida ko’plab bahs munozaralar bo’lgan. Ya’ni diqqat mummosini ustanovkalarga bog’lab tushuntirishga harakat qilishgan, va bu ustanovkalarni 1926 yilda K.N.Kornilov tomonidan chop etilgan “ Ustanovka va diqqat “ deb atalgan kitobini misol qilish mumkin. Uning kitobida diqqat borasida berilgan mulohazasi shundan iboratki,”obeyktlardan bir obyektni ajratish diqqatning subyektiv kechinmasidir va buni obyektiv hodisalar bialn taqqoslash , sezgi organlarining ustanovkasidan iboratdir” deb aytib o’tgan. Diqqat borasida ko’p nazariyalar mavjud bo’lsa ham, diqqat muammosi o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Chunki diqqat borasida o’rganiladigan muammolar ko’p shu sababli ham , diqqat haqidagi bahs va munozaralar hali ham davom etmoqda. Download 61.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling