I bob. Ellinizmning mohiyati


II BOB. ELLIN DAVLATLARI VA MADANIYATI


Download 45.86 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi45.86 Kb.
#1586670
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ELLIN DAVLATLARI, MOHIYATI VA MADANIYATI

II BOB. ELLIN DAVLATLARI VA MADANIYATI
2.1. Pergam. Attalidlar davlati. Materik Yunonistoni va orollar
Er. avv. 287 yil Pergam Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Er.avv. 240 yil Salavkiylar noibi Attal I Pergamni mustaqil deb e’lon qilib, podsholik tojini kiydi. Uning asosiy hududi Kichik Osiyoning shimoliy g’arbiy qismi va Misiya viloyatidan iborat edi. Attalidlar sulolasi hukmdorlarining faol tashqi siyosati hamda mohir diplomatiya sababli Pergam davlatining hududi er. avv. II asr boshlarida g’arbiy Kichik Osiyoning Troada, Lidiya, Kariya va Likiyani qo’shib olinishi bilan kengaydi. Bu hududlarda qadimdan rivojlangan yunon polislari mavjud bo’lganligi sababli rivojlangan iqtisodiyotga ega edi.
Attalidlar tashqi siyosatda Sharqda Salavkiylar podsholigiga qarshi turib, g’arbda kuchli ittifoqchi sifatida Rim davlatiga tayandilar va bu amalda Pergamni Rim respublikasiga tobe bo’lishga olib keldi. Attal I (er. avv. 241-197-yillar) galatlar ustidan g’alaba qilib, Rim bilan ittifoq tuzdi. U birinchi va ikkinchi makedon urushlarida (er.avv. 215-205-yillar va 200-197-yillar) rimliklar tomonidan ishtirok etdi.
Rimliklar homiyligi yordamida Pergam podsholigi Kichik Osiyodagi barcha Salavkiylar mulklarini egallab oldi va o’zining eng qudratli davriga kirdi.
Ammo Pergamning yuksalishi uzoq davom etmadi. Attal II va Attal III hukmronliklari davrida Rim Pergam jamiyatining hukmron tabaqalariga kuchli ta’sir o’tkazgan holda podsholikning ichki va tashqi siyosatiga faol aralasha boshladilar. Oqibatda er. avv. 133-yilda vafot etgan Attalidlar sulolasining so’ngi podshosi Attal III vorisi bo’lmaganligi sababli o’z davlatini rimliklarga vasiyat qilishga majbur bo’ldi.
Bunga javoban Pergam jamiyatining quyi tabaqalari podsho Evmey IIning noqonuniy o’g’li Aristonik boshchiligida qo’zg’olon ko’tardilar. Qo’zg’olonni grek shaharlari aholisi qo’llab-quvvatlamadi, natijada qo’zg’olonchilar yengildi. Aristonik er. avv. 129-yilda rimliklar tomonidan qatl qilindi. Vasiyat qilingan podsholik o’rniga Rimning Osiyo provinsiyasi tashkil etiladi.
Pergam Ellin dunyosining iqtisodiy jihatdan rivojlangan markazlaridan biri edi. Qulay iqlim va tabiiy sharoit qishloq xo’jaligini intensiv rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Pergam O’rtayer dengizi hududi aholisi uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetkazib beradigan markazlardan biriga aylandi. Qul mehnatidan unumli foydalanildi. Pergam shaharlari dengiz savdosi yo’llarida turganligi uchun mamlakatning boy xom ashyolari (metal, yog’och, smola, teri, jun) Pergam hunarmandchilik mahsulotlari, jumladan Pergament qog’ozi, butun O’rtayer dengizi ehtiyojlarini qondirdi.
Attalidlar sulolasi podsholari savdo-hunarmandchilikka homiylik qildilar, yunon tipidagi yangi shaharlarga asos soldilar. Bu shaharlar eski shaharlar bilan bir qatorda tezda iqtisodiyot va madaniyat o’choqlariga aylandilar.
Attalidlar fan, adabiyot va san’atga faol homiylik ko’rsatdilar. Podsholik poytaxtida galatlar ustidan g’alaba sharafiga ulkan Zevs ibodatxonasi qurildi, Evmen II mashhur Pergam kutubxona binosini barpo qildi. Bu kutubxona antik mualliflar asarlari to’plami, hamda filologiya maktabiga ega bo’lib, mashhur Iskandariya kutubxonasi bilan raqobat qildi. 
Antik mualliflarning ma’lumotlariga ko’ra ellin davrida Yunonistondan aholining katta qismi sharqqa ko’chdi. Faqat Afina va Korinf o’z ahamiyatini saqlab qolishga urindilar.
Yunoniston hududidagi talonchilik urushlari iqtisodiy hayotni butunlay izdan chiqardi. Ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashtirdi. Bu esa og’ir qarama – qarshiliklarni tug’dirdi. Spartada bu ziddiyatlarni bartaraf etish uchun podsholar Agis IV va Kleomen II lar islohotlar o’tkazishdi. Qarzlarni bekor qilishga harakat qilindi, yersiz spartaliklarga yer taqsimlandi.
Er.avv. III asrda yerlarni qayta taqsimlash harakati Yunonistonga avj oldi. Argosda tiran Aristomax, Megalopolda Aristodemni qo’llab quvvatlashdi. Er.avv. III asr o’rtalarida Xios va Teri orollarida norozilik harakatlari kuchayib ketdi.
Yunonistonning madaniy o’choq sifatidagi shuhratini Afina qo’llab quvvatlab turdi. Afinada yunon falsafasi o’qitildi. Bu yerda bir qancha an’anaviy haykaltaroshlik maktablari mavjud edi.
Orollar ichida eng gullab yashnagani Rodos edi. Rodos Ptolemeylar Misridan o’z mustaqilligini saqlab qoldi. Rodos kemalari Egey dengizini qaroqchilardan tozaladi. Uning kemalari Suriya, Kichk Osiyo, Attika orollaridan, Qora dengiz qirg’oqlaridan mahsulotlarni tashidi. Rodosdan xurmo va asal Misrga chiqarildi.
San’at gullab yashnadi. Mahalliy haykaltaroshlik maktablari shakllandi. Ayniqsa “Ilonlar bilan kurashayotgan Laokoon va uning o’g’illari” haykal guruhi mashhur edi. Esxin asos slogan Rodos notiqlik maktabi faoliyat ko’rsatdi. Er.avv. II asr oxiri I asr boshida bu erda mashhur notiq Molon mashhur Sitseronning o’qituvchisi ta’lim oldi.
Rodos homiyligida orollarga ipakchilik va vinochilik markazi, Kosda mashxur tabiblar maktabi faoliyat ko’rsatdi.


Download 45.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling