I bob. Erkin bozor sharoitida raqobatning mohiyati va ahamiyati


Download 156.68 Kb.
bet1/11
Sana02.06.2024
Hajmi156.68 Kb.
#1838584
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mamatqulov J


MUNDAREJA:
Kirish……………………………………………………………………………….1
I.BOB. ERKIN BOZOR SHAROITIDA RAQOBATNING MOHIYATI VA AHAMIYATI
1.1.Raqobatning turlari, mohiyati va usullari……………………………………..15
1.2.Tovarning raqobatdoshligini o‘rganish va baholash usullari………………….22
II.BOB. RAQOBAT SHAROITIDA BAHO SIYOSATINING MOHIYATI VA VAZIFALARI……………………………………………………………..…….24
2.1. Yengil sanoat tovarlarning baho strategiyasini amalga oshirish……………...26
2.2. O‘zbekistonning yengil sanoat tovarlariga bo‘lgan talabni shakllantirish va
sotishni rag‘batlantirish…………………………………………………………..30
Xulosa va takliflar………………………………………………………………35
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………………………………37






Kirish


Kurs ishi dolzarbligi. Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonon bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan xolda “Raqobat to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul qilishimiz zarur.” - deb ta’kidlagan edilar.
Shulardan kelib chiqqan xolda, raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Zero, raqobat tashqi kuch sifatida maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rahbatlantrish masalalari alohida o‘rin tutdi.
Jumladan, to‘qimachilik sanoatida eksportbop raqobatdosh mahsulotlar tayyorlashga yo‘naltirilgan, yakuniy ishlab chiqarish shakliga ega bo‘lgan yangi, zamonaviy to‘qimachilik komplekslarni rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etishi zarur.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbolari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olar ekanmiz,biz ichki ehtiyojning o‘sishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerak bo‘ladi,...shundan kelib chiqqan xolda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to‘lashni yanada oshirish xizmat ko‘rsatish sektorini, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirishga, transport va komunikatsiya loyixalarin amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir”.
Yuqoridagi xususiyatlarni hisobga olgan holda ushbu mavzu dolzarb
masalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Download 156.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling