I bob. Fermer xo‘jaliklari yerlaridan foydalanishning ilmiy – nazariy asoslari
Fermer xo‘jaligini rivojlantirish yo‘llari
Download 35.52 Kb.
|
Fermer xo‘jaligini rivojlantirish yo‘llari
Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq xo‘jalik korxonalaridan fermer xo‘jaligi o‘zining ishlab chiqarish salohiyati va olingan iqtisodiy samarasi bilan ajralib turmoqda. Shuning uchun fermer xo‘jaligini rivojlantirishga mamlakat Prezidenta juda katta e’tiborni qaratdi. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ishlari, asosan, 4 bosqichda amalga oshirilmoqda. I bosqich. Fermer xo‘jaligini tashkil qilish jarayonining boshlanishi (1988-1991 yillar). II bosqich. Fermer xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha huquqiy me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi (1992-1996 yillar). III bosqich. Fermer xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligida ustuvor xo‘jalik yurituvchi shakl sifatida rivojlanishi (1997-2000yillar). IV bosqich. Fermer xo‘jaliklarining rivojlantirilishi (2001 yildan boshlab). Bu keyingi davrni o‘z ichiga olib, bu davr fermer xo‘jaliklarini istiqbolda ustuvor rivojlantirish dasturlarining qabul qilinishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda respublika Prezidentining 2003 yil 24 martidagi №PF-3226 sonli «Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida» va 2003 yil 27 oktabrila №PF-3342 sonli «2004-2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvarda 8-sonli «Qishloq xo‘jalik korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2003 yil 30 oktabrida №476 sonli «2004-2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» va 2004 yil 24 dekabrda №607 sonli «2005-2007 yillarda fermer xo‘jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari qabul qilindi. Fermer xo‘jaligini rivojlantirish Konsepsiyasining asosiy vazifalari: qishloqda ijara munosabatlarini rivojlantirish asosida yer maydonlaridan foydalanishni tartibga solish, shuningdek, yer va suv resurslaridan maqsadli foydalanishning chora-tadbirlarini ishlab chiqish; mahsulot yetishtirishda, moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashda fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy mustaqilligini lizing va servis xizmatlaridan samarali foydalanish; fermer xo‘jaliklariga kredit berish va uning tartibini soddalashtirish; mahsulot yetishtirishni o‘z vaqtida moliyalash va kreditlashni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish; xo‘jalikda mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash, sotish va ijtimoiy infratuzilmani keng ko‘lamda rivojlantirish; fermerlarni o‘qitish va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini tashkil qilish; fermerlarga fan-texnika taraqqiyoti, yangi agrotexnikalar va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish; istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda bo‘shab qoladigan ishchi xodimlarni fermer xo‘jaliklariga joylashtirish tadbirlarini amalga oshirish va undan samarali foydalanishdan iboratdir. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda hukumat tomonidan quyidagi imtiyozlar berildi: fermer xo‘jaliklari tashkil etilgan paytdan boshlab, ikki yil muddatga yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod etildi; fermer loyiha asosida o‘z hisobidan o‘zlashtirgan yer uchun besh yil davomida yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod qilindi: Respublika Muvofiqlashtiruvchi Kengashining ruxsatisiz fermerlar faoliyatini tekshirishga chek qo‘yildi; xorijiy texnologiyalarni olib kirgan dehqon va fermer xo‘jaliklari bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi; yangi tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 150 barobari, fermer xo‘jaliklariga esa 300 barobari miqdorida boshlang‘ich sarmoyalarni berish yo‘lga qo‘yildi; fermer xo‘jaliklariga lizing asosida texnikalar berila boshlandi; davlat ehtiyoji uchun don va paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga beriladigan avans mablag‘larini oldindan kredit tarzida berilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Uyushma tomonidan tashkil etilgan va qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni tashkil etilgan vaqtdan boshlab, besh yil muddatga daromaddan olinadigan soliqdan ozod etildi. 1 Jo'rayev A. Fermerlik faoliyatining huquqiy va moliyaviy asoslari. -Toshkent: «Universitet», 2005. 7-b 2 «O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to ‘plami». 2003-y., 5-6-son, 46-modda 3 Jo‘rayev A. Fermerlik faoliyatining huquqiy va moliyaviy asoslari. -Toshkent:«Universitet», 2005. 8-b. 4 Qishloq xo‘jaligini iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish asoslari. O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti. 2003, 12-bet. 5 Qishloq xo‘jaligini iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish asoslari. O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti. 2003, 41-bet. 6«O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami». 2004-yil, 52-son. 7«O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami», 2004-yil, 52-son, 521-modda. 8 Salimov A. Fermer xo‘jaliklarini ustuvor rivojlantirishning tashkiliy va huquqiy asoslari. /Qishloqda ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish asoslari. - Toshkent. «Ijod dunyosi» nashriyot uyi, 2004, 233-b, 9 Karimov I.A. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab,yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. /Toshkent oqshomi. №29. 13.02.2006. 2-3- betlar. 10 «O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami», 2004-yil, 40-41-son, 433-modda. 11 Zakonodatelstvo RUz. Norma. 2005. 12 «O‘zbekison Respublikasi qonun hujjatlari to‘plumi», 2005-yil, 23-24-son, 167-modda Download 35.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling