I-bob. Funsiya tushunchasi
Bir va ko`p o`zgaruvchili funksiya uzluksizligi
Download 216 Kb.
|
Nozimaxon.02.21
2.3. Bir va ko`p o`zgaruvchili funksiya uzluksizligi
1. Bir va ko`p o`zgaruvchili funksiyaning nuqtadagi uzluksizligi y = f (M) = f (x1; x2; …; xn) funksiya V Rn to`plamda aniqlangan bo`lib, nuqta V to`plamning quyuqlanish nuqtasi va M0 є V bo`lsin. Funksiyaning nuqtada uzluksizligini, funksiya limitini ta`riflagan kabi, ikki teng kuchli ta`riflardan biri orqali aniqlash mumkin. Har bir hadi V to`plamga tegishli va uning M0 quyuqlanish nuqtasiga yaqinlashuvchi har qanday M1, M2, …, Mk, … nuqtalar ketma-ketligi uchun, mos funksiya qiymatlari f (M1), f (M2), …, f (Mk), … sonli ketma-ketligi f (M0) songa intilsa, u holda f (M) funksiya M0 nuqtada uzluksiz deyiladi. Har qanday oldindan tayinlanadigan ε > 0 son uchun M0 nuqtaning shunday bir δ atrofi Sδ(M0) ni ko`rsatish mumkin bo`lsaki, barcha M є Sδ(M0) ∩ V nuqtalar uchun |f (M) - f (M0) | < ε tengsizlik bajarilsa, f (M) funksiya M0 nuqtada uzluksiz deyiladi. y = f (M) funksiyaning M0 nuqtada uzluksizligi ning mavjudligini va uning funksiyaning M0 nuqtada erishadigan qiymati f (M0) ga tengligini anglatadi, ya`ni . shart shartga teng kuchli ekanligini e`tiborga olsak, argumentlar orttirmalari deb ataladigan , , …, almashtirishlar va ularga mos funksiyaning M0 nuqtadagi orttirmasi deyiladigan f (M) - f (M0) = Δf (M0) almashtirish kiritsak, shartlar ko`rinishda yoziladi. Bu esa, funksiyaning nuqtada uzluksizligi, shu nuqtada barcha argumentlarning cheksiz kichik orttirmalariga funksiya-ning ham cheksiz kichik orttirmasi mos kelishini anglatadi. Xususiy holda, yuqorida keltirilgan ta`riflarni bir o`zgaruvchili funksiya uchun bayon qilishda M ni x bilan almashtirish kifoya qiladi. Masalan: 1) y = cos x funksiya har bir x0 є R1 nuqtada uzluksiz, chunki 2) y = a1x1 + a2x2 + … +an xn chiziqli funksiya har bir M(x1; x2; …; xn) є Rn nuqtada uzluksiz va hokazo. Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling