I bob. Gologenlar haqida ma’lumot gologenlarning umumiy harakteristikasi 5


Download 1.47 Mb.
bet3/9
Sana23.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1049500
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Brom, yod va ularning xossalari, birikmalari-kurs ish

Ftor tabiatda, ko‘pincha, plavik shpat CaF2 degan mineral holida uchraydi, bu mineral oson suyuqlanadigan shlaklar hosil qilishi uchun, cho‘yan eritish jarayonida, ba’zan temir rudasiga qo‘shiladi; uning nomi ham shundan kelib chiqqan. Keng tarqalgan fosforli minerallar, fosforit va, ayniqsa, apatitda ham ko‘p miqdorda ftor bo‘ladi. 
Xlorning eng muhim tabiiy birikmasi osh tuzi, boshqacha aytganda, natriy xloriddir, bu tuz xlorning boshqa birikmalarini hosil qilishda asosiy xomashyodir. Bu tuzning asosiy qismi dengiz va okean suvlarida bo‘ladi, bunday suvlarda 3,5% atrofida tuz bor. Ko‘pgina ko‘l va buloqlarning suvida ham bir talay miqdorda osh tuzi erigan bo‘ladi. Suvi oqmaydigan ba’zi ko‘llarda tuz miqdori to‘yinish darajasiga yetadi (26% atrofida bo‘ladi) va tuz ko‘l tubiga cho‘kib qoladi.
Тuz qattiq holda ham uchraydi va Yer qobig‘ining ba’zi joylarida qalin qatlamlar hosil qiladi, bu tuz tosh tuz deb ataladi. Rossiyada Don havzasidan va Uralning janubidagi Orenburg viloyati yaqinidan juda toza tuz olinadi, bu yerlardagi tuz qatlamining qalinligi 100 m dan ham ortadi. Тuz konlari Zakavkazye, Qozog‘iston va Sibirda, Qoraqalpog‘istonda bor. Xlorning, osh tuzidan tashqari, boshqa birikmalari ham tabiatda ko‘p miqdorda uchraydi, masalan, silvinit KCl va karnallit KCl•MgCl•6H2O minerallari holidagi kaliy xlorid, dengiz suvida bo‘ladigan va unga taxir maza beradigan magniy xlorid va boshqalar ana shunday birikmalardir.
Brom ham xlor singari, tabiatda, asosan, kaliy, natriy va magniy metallari bilan birikkan holda uchraydi. Brom birikmalari, odatda, xlor birikmalari bilan birga uchraydi, lekin ular ancha kam miqdorda bo‘ladi. Dengiz suvida va ba’zi ko‘llarning suvida oz miqdorda metallarning bromidlari bo‘ladi. Qrimning sho‘r ko‘llari va Kaspiy dengizidagi QoraBo‘g‘oz-Go‘l qo‘ltig‘ining suvlarida brom, ayniqsa, ko‘p.


Yod birikmalari dengiz suvida bo‘ladi, lekin ularning miqdori shu qadar ozki, ularni suvdan bevosita ajratib olib bo‘lmaydi.

Lekin yodni dengiz suvidan ajratib, o‘z to‘qimalarida to‘play oladigan ba’zi suv o‘tlari bor. Bunday suv o‘tlari Normandiya, Bretan va Shotlandiya qirg‘oqlari yonida ayniqsa ko‘p, ular Qora dengizda va Uzoq Sharq sohillarida ham o‘sadi. Neftli rayonlarda burg‘quduq suvlarida ko‘p miqdor yod (1 litrida 10 mg dan 100 mg gacha J2) bo‘ladi.

Yer qobig‘ida galogenlarning umumiy miqdori juda kam. Xlorning Yer qobig‘idagi umumiy miqdori og‘irlik jihatidan olinganda 0,20%, ftorning umumiy miqdori 0,08%, bromning umumiy miqdori 0,001% va yodning umumiy miqdori 0,0001% dir.

Fizik xossalari. Ftor odatdagi sharoitda gaz, uning qalin qavati bilinar-bilinmas ko‘kimtir-sariq rangda bo‘ladi. Ftor qattiq sovitilganda minus 219,6 °C da qotadigan suyuqlikka aylanadi. Xlorning suvdagi eritmasi xlorli suv deyiladi.Xlor organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Xlor nafas yo‘llarini yallig‘lantiradi, ko‘p miqdorda xlor bilan nafas olib bo‘g‘ilish o‘limga olib kelishi mumkin. Тabiiy xlor tarkibida izotop 1375 Cl(75,4%) va 1377 Cl (24,6%) bo‘ladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling