I bob. Gologenlar haqida ma’lumot gologenlarning umumiy harakteristikasi 5


Download 1.47 Mb.
bet8/9
Sana23.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1049500
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Brom, yod va ularning xossalari, birikmalari-kurs ish

Oddiy davolar 
Bemorlarga har kun 200 gr xom karam, bir-ikki dona xom baqlajon iste’mol qilish, xushbo‘y xvoyli vannaga (35-36°S) tushib turishlari tavsiya etiladi. 
Choy o‘rniga uzoq qaynatilgan o‘rik sharbati, 100 gr toza asalni bir litr suvda to 600-700 gr qolguncha qaynatib iliq holda ichsa, bemor ancha engil tortadi. 
Dengiz karami, baliqda yod ko‘p bo‘ladi, shuningdek, sut, tuxum, go‘sht, don mahsulotlarida oz miqdorda bo‘lsa ham uchraydi.

2.2 Brom va yodning kimyoviy va fizik xossalari


a) Bromning fizik xossalari.
Bu elementning fizik xosslari haqida yuqorida qisqacha ma’lumotlar berib o’tdik, shunday bo’lsada yana bir qator eslatib o’tmoqchiman. Brom og’ir, qizil qo’ng’ir suyuqlik. Brom bug’lari zaharli, qaynash temperaturasi tqaynash=58,8 0C, muzlash temperaturasi tmuz=-7,3 0C. Solishtirma massasi 20 0C da, 3,14 g/sm3, eruvchanligi 20 0C da 100 gramm suvda 3,55 g brom eriydi. Brom sovitilganda -10 0C dan past temperaturada kristologidrat ajralib chiqadi. Brom-tuz konlarining ustki qavatlarida karnalit KBrMgBr 6H2O holida uchraydi. Dengiz suvida va tuz konlarida NaBr va KBr uchraydi. Tabiiy brom ikki izotopdan tashkil topgan: 79Br (50,59 %) va 81Br (49,46 %), ko’pgina suniy izotoplari olingan. Brom to’q qo’ng’ir tusdagi og’ir suyuqlik bo’lishiga qaramay u juda tez bug’lanib, qizg’ish qo’ng’ir rangli bug’ hosil qiladi. Brom teriga tegsa kuydiradi. Brom suvga nisbatan uglerod sulfid, spirt, efir, xloroform va boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. Bromning ana shu xamma erituvchilardagi eritmasi sarg’imtir qo’ng’ir rangda bo’ladi.
b) Bromning kimyoviy xossalari.
Brom huddi galogenlar kabi yuqori aktivlikka ega bo’lgan modda hisoblanadi. Kuchli metallmas bo’lganligi uchun deyarli davriy sistemadagi barcha elementlar bilan turli birikmalar hosil qiladi. Ayniqsa metall xossalari kuchli namoyon bo’ladigan elementlar bilan shiddatli reaksiyaga kirisha oladi. Brom odatdagi sharoitda fosfor, mishyak, surma va ba’zi metallar bilan bevosita birika oladi. Brom brikmalaridan ftor va xlor siqib chiqara olmaydi. Yodni esa brikmalardan siqib chiqaradi. Bunning boisi shundaki, davriy sistemada yuqoridan pastga o’tgan sayin galogenlarning faolligi kamayib boradi. Shuning uchun brom birikmasidan undan ko’ra faolroq bo’lgan xlor va ftor siqib chiqara oladi. Bromli tuzlarga xlor ta’sir ettirib brom olinadi:
2KBr+Cl2=2KCl+Br2
Agar brom eritmasiga vodorod sulfidli suv (H2S eritmasi) qo’shilsa, bromning sarg’ish-qo’ng’ir rangi yo’qoladi va ajralib chiqqan oltingugurt tufayli suyuqlik loyqalanadi:
H 2S+Br2=S+2HBr
Yoki
H2S+Br=S+2H++2Br-
Brom-laboratoriyada bromidlarga marganes dioksidi va sulfat
kislotasini ta’sir ettirib olinadi:
4KBr + MnO2 + 2H2SO4 = 2K2SO4 +MnBr2 + 2H2O + Br2↓
Bromning laboratoriyada olinishining yana bir usuli vodorodli birikmasini brom tuziga sulfat kislota ta’sir ettirib olib bo’lmaydi:
2KBr+H2SO4=KHSO4+HBr
Hosil bo’lgan vodorod bromid yana sulfat kislota bilan qo’shilib, erkin brom ajralib chiqadi:
2HBr+H2SO4=Br2+SO2+2H2O
Sanoatda kaliy ishlab chiqaradigan sanoat chiqindilari tarkibi-
da bromidlarni xlor bilan siqib chiqarish usuli bilan olinadi:
MgBr2 + CI2 = MgCI2 + Br2↓
Ajralib chiqqan bromni eritmadan haydash yoki organik erituvchi
bilan ekstraktsiya qilib olinadi.
Vodorod bromid olish uchun, asosan, PBr3 gidrolizidan foydalaniladi:
PBr3+3H2O=H3PO3+3HBr
Brom turli anorganik va organik birikmalar olishda, tarkibida brom bo’lgan dorilar olishda ishlatiladi. Kumush bromid fotoplyonkalar tayyorlashda va kimyo laboratoriyalarida ishlatiladi. Organik birikmalarning to’yinmagan vakillari brom eritmasini rangini o’zgartirishiga qarab ajratiladi. Demak brom hayotning har javxasida ahamiyatga ega.
a) Yodning fizik xossalari.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling