I bob. Ilk o`rta asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi va ilim fan rivojlanishi
Download 167.3 Kb.
|
Ilik O`rta Asrlarda Xitoy ilim fan, madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sun dinastiyasining tugashi. XII
Van An-shi reformalari. Van An-shi (1021—1086) dastlabki vaq'tlarda viloyat amaldorlaridan biri edi. U aholininG qashshoqligini, amaldorlarning jabr-zulmini va sudxo‘rlar-ning hukmronligini ko‘rsatadigan eng mudhish faktlarni vi-loyatdalik mahalida yaxshi bilib olgan edi. Imperatorning birinchi ministri darajasiga ko‘tarilib olgach, Van An-shi 1069—1074 yillarda moliyaviy-iqtisodiy va sotsial xarakger-dagi bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. Avvalo, u yerlarni qaytadan ro‘yxatga oldirdi va imperator xizmatidagy zodagon-larning yeriga soliq soldi, bu xizmatchi zodagonlar bu vaqtda yer solig‘i to‘lamay qo‘ygan edilar desa bo‘ladi. So‘ngra Van An-shi dehqonlarni davlat foydasiga barshchina o‘tashdan ozod qildi, barshchina o‘rniga pul bilan to‘lanadigan soliq joriy qildi. Yer solig‘ini ham dehqonlar qisman mahsulot va qisman pul bilan to‘laydigan bo‘ldi. Ocharchilikning oldini olish uchun Van An-shi davlatga qarashli g‘alla omborlari tashkil qildi, ocharchipkk yillarida aholiga ana shu omborlardan g‘alla berilardi. Sudxo‘rlikni tugatish maqsadida Van An-shi davlat banki tashkil qildi, bu bankdan dehqonlar kam protsent to‘lash sharti bilan qarz ola oladigan bo‘ldi. U, qisman soliq fondidan foydalanish, qisman esa davlatning savdogarlar qo‘-lidagi mahsulotni sotib olish yo‘li bilan davlat savdosini tashkil qilishga harakat qilgyanligi ham shoyon diqqatdir. Van An-shi harbiy sohada ham katta reforma o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Nl-lanma armiya o‘rniga umumiy harbiy m^ajburiyat joriy qilmoq-chi edi. Asosiy qo‘shin dehqon lashkarlaridan iborat bo‘lishi kerak edi. Har uch xonadon bitta piyoda askar, har o‘n xonadon bitta otliq askar berishi kerak edi. Van An-shi reformalari amaldorlar bilan feodallarning qattiq qarshiligiga uchradi. 1075 yilda Van An-shi vazifasidan bo‘shatildi. Uning tuzgan planlari davlat uchun «xavfli» deb topilsi, vaholanki, uning maqsadi feodal davlatni uchiga chiqqan parazit elementlardan xoli qilib, uni tartibga solish edi, xolos.
Sun dinastiyasining tugashi. XII asrda ham Sun imperiyasining ahvoli yaxshilanmadi. Shimoldagi xalqlarning hujum qi-lish xavfi tug‘ilishi munosabati bilan 1126 yilda imperator poytaxtni janubga, Xanchjouga ko‘chirdi. 1127 yildan boshlab Sun dinastiyasi qo‘l ostida faqat Janubiy Xitoy qoldi, xolos. Shimoliy Xitoy manchjur-tungus qabilalaridan biri bo‘lgan chjurchjenlar tuzgan va szin deb atalgan yangi bir katta davlat sostaviga kirdi, bu davlat ilgarigi kidanlar davlatini o‘ziga singdirib olgan edi. XIII asrning boshlarida Shimoliy Xitoyni mo‘g‘ullar bosib oldi. Imperiyaning imperator qo‘li ostida qolgan janubiy qismida esa uzluksiz g‘alayonlar bo‘lib turdi. 1127—1132 yillar mobaynida 93 ta ommaviy qo‘zg‘olon bo‘lganligi rasmiy yilnomalarda qayd qilingan. Janubiy Xitoyning faqat o‘zidan iborat bo‘lib qisqarib qolgan Sun imperiyasi (o‘shanda ham hamma viloyatlar uning sostaviga kirmas edi) 1279 yilgacha, ya’ni Chingizxonning nevarasi Xubilay bosib olguncha yashab keldi. Xubilay yangi mo‘g‘ul dinastiyasiga asos soldi, bu dinastiya xitoycha Yuan deb ataldi. Download 167.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling