I bob. Iqtisodiyotning rivojlanishida xalqaro valyuta munosabatlarining roli va ahamiyati


Download 475.46 Kb.
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi475.46 Kb.
#1624452
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 bob (2)

Malakaviy ish metodologiyasi: Malakaviy ishni yoritishda tahlil, sintez, deduksiya, induksiya, tajriba usullaridan foydalanilgan. Tahlil asosida mavjud ma’lumotlar bo’laklarga bo’lib o’rganilgan bo’lsa, sintez usuli orqali tahlil natijasida kelib chiqqan xulosalar umumlashtirilgan. Deduksiya usulidan foydalangan holda barcha tadbirkorlik sub’yektlarida umumiy qo’llash mumkin bo’lgan ishga yollash mexanizmi tahlil qilingan. Induksiya usuli orqali ilg’or tajribasi mavjud usullarni boshqa sub’yeklar uchun ham qo’llash mumkinligi o’rganilgan.
Tadqiqotning ilmiy-nazariy yangiligi:Xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini ta’minlashda valyuta siyosatini yanada liberallashtirishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarning ishlab chiqish bilan belgilanishi ko’zda tutilgan.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi:Malakaviy ish kirish qismi, 3 bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


1.1.Xalqaro valyuta munosabatlari tushunchasi, mazmuni va ularning asosiy ishtirokchilari.
Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy modernizatsiyalash bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi taʼminlandi, xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorlik yoʼlga qoʼyildi. Eng muhimi - davlat tashqi qarzining meʼyoriy darajadan oshib ketishiga yoʼl qoʼyilmadi.
Bozor iqtisodiyotini asoslarini yaratish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tobora rivojlanish va byudjet munosabatlariga ta’sir etishining muhim omili bo`lgan byudjet va moliya tizimi ham shu tarzda isloh etishni, uning barqarorligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi.
Dunyo miqyosida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari sohasida jiddiy, olamshumul oʼzgarishlar yuz bermoqdaki, mazkur holat halqaro valyuta-kredit munosabatlariga bagʼishlangan yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish, darsliklar va oʼquv qoʼllanmalar yozish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.Soʼnggi yillarda xalqaro valyuta munosabatlarida sezilarli oʼzgarishlar kuzatildi: jumladan, tashqi bozorlardagi valyutalar va ularning tovar taʼminoti oʼrtasidagi aloqadorlik yoʼqoldi; bozor ishtirokchilari uchun valyutalarning likvidliligi, ularning tovarga ayirboshlash qobiliyatidan koʼra muhimroq ahamiyat kasb eta boshladi; mamlakatlarning toʼlov balansidagi kapitallar va kreditlar harakati joriy operatsiyalar harakatidan hajm boʼyicha koʼpayib, oʼrnini almashtirdi; rezerv valyuta maqomi uchun rivojlangan mamlakatlar oʼrtasida raqobat kuchaygani kuzatildi. Har bir davlat oʼz valyuta kursi rejimini barqarorligini taʼminlash uchun yuqori likvidlilikka ega boʼlgan xorijiy valyutalarni zaxira sifatida yigʼishlariga, zarurat tugʼilganda esa, ular hisobidan kurs shakllannishi jarayoniga aralashishlariga toʼgʼri keldi.
Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlaming muhim, ajralmas tarkibiy qismidir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
- xalqaro mehnat taqsimoti;
- xalqaro savdo;
- to‘g‘ridan to‘g‘ri va portfelli investitsiyalaming xalqaro miqyosdagi harakati;
- ssuda kapitalining xalqaro miqyosdagi harakati;
- xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlari;
- xalqaro iqtisodiy integratsiya.
Xalqaro valyuta munosabatlari valyutalaming xalqaro miqyosdagi harakati natijasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlardir.
Xalqaro valyuta munosabatlarining subyektlari bo‘lib, davlat, kompaniyalar, banklar, jismoniy shaxslar va xalqaro moliya institutlari hisoblanadi.
Ammo har qanday valyuta xalqaro hisob-kitoblami amalga oshirishda to‘lov vositasi vazifasini bajara olmaydi. Ushbu vazifani, asosan, taraqqiy etgan mamlakatlaming milliy valyutalari va xalqaro hisob birligi bo‘Igan SDR (mablagiar jalb qilishning maxsus huquqi) bajaradi.
Xalqaro valyuta munosabatlarining yuzaga kelishi dastlab xalqaro savdoning yuzaga keiishi bilan izohlanadi.
Xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi davlatlar o‘rtasida tashqi savdo munosabatlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. O ‘z navbatida, tashqi savdoni amalga oshirish turli mamlakatlaming valyutalarini bir-biriga ayirboshlash zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya va globallashuv jarayonlarining chuqurlashishi natijasida tadbirkorlik kapitali (to‘g‘ri va portfelli xorijiy investitsiyalar) va ssuda kapitalining (xalqaro kreditlar) xalqaro miqyosdagi oqimi kuchaydi. Bu esa, xalqaro valyuta munosabatlarin rivojlantirishga kuchli turtki berdi.
Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlardan tashqari, davlatlararo siyosiy, madaniy va boshqa aloqalarda ham yuzaga keladi. Masalan, xorijiy davlatlarda diplomatik vakolatxonalar ochish va saqlash, o ‘zga davlatlar hududida harbiy qismlar saqlash, madaniy tadbirlami amalga oshirishda valyuta munosabatlari pay do bo‘ladi.
Banklaming paydo boiishi va ular faoliyatining rivojlanishi xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Banklar, ayniqsa, tijorat banklari xalqaro hisob-kitoblami amalga oshirish markazlariga aylanishdi. Transmilliy banklaming paydo bo‘lishi bilan xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishi yangi bosqichga chiqdi. Transmilliy banklaming dunyo bo‘ylab filiallar tarmog‘ining kengayganligi xalqaro hisob-kitoblami amalga oshirish tezligi va hajmini oshirish imkonini berdi. Albatta, mazkur jarayonda xalqaro elektron to’lov tizimlari muhim o‘rin tutadi. Hozirgi davrda, davlatlararo xalqaro hisob-kitoblaming asosiy qismi SVIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications) tizimi orqali o‘tadi.
SVIFT tizimi 1973-yilda 15 ta g‘arb davlatining 240 ta banki tomonidan tashkil qilingan edi. U faoliyatini 1977-yildan boshladi. Hozirgi kunda SVIFT faoliyati dunyoning 90 mamlakatidagi 4000 dan ortiq bankni qamrab olgan.
Xalqaro valyuta munosabatlari ishlab chiqarish munosbatlariga nisbatan hosilaviy bo‘lsa-da, ulaming rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, xalqaro kreditlar va xorijiy investitsiyalar kompaniyalar ishlab chiqarish faoliyatini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qurollantirish imkonini beradi. O‘z navbatida, xalqaro kreditlar va investitsiyalaming harakati xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Garchi oltinni demonetizatsiya qilish 1978-yilda tugallangan bo‘lsada, hamon oltinning xalqaro valyuta munosabatlariga ta’siri sezilib turibdi. Mazkur ta’sir quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- oltin xalqaro kreditlar uchun garov ta’minoti vazifasini o ‘tamoqda;
- xorijiy valyutalarda еtarlicha zaxiraga ega bo‘lmagan davlatlar oltinni sotish yo‘li bilan o‘zlarining tashqi majburiyatlari yuzasidan to‘lovlami amalga oshirmoqdalar;
- hamon oltin noyob metall sifatida insonlami o ‘ziga jalb etmoqda.
Bu esa, oltinni oldi-sotdi qilish bilan bog‘liq bo‘lgan katta miqdordagi valyuta operatsiyalarini yuzaga keltirmoqda.
Jahon iqtisodiy inqirozlari Xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Dunyo miqyosida birinchi marta iqtisodiy inqirozning Xalqaro valyuta munosabatlariga ta’siri 1929— 1933-yillarda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi - “Buyuk depressiya” paytida yuz berdi.
Mazkur iqtisodiy inqiroz natijasida banklaming ommaviy ravishda bankrot bo‘lishi yuz berdi, AQSH va Yevropa mamlakatlarida inflyatsiya kuchaydi, oltinni markaziy banklaming zaxirasiga olib qo‘yish boshlandi. Buning natijasida Xalqaro valyuta munosabatlari izdan chiqdi. Chunki, davlatlaming xorijiy valyutalardagi majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlami amalga oshirish imkoniyati keskin cheklanib qolgan edi.
Buyuk depressiya va uning oqibatlari dunyo miqyosida Xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi Xalqaro tashkilotni yaratish zamriyatini yuzaga keltirdi. Shu tariqa, 1944-yilda AQSHning Bretton- Vuds shahrida bo‘lib o ‘tgan Xalqaro konferensiyaning qarori bilan Xalqaro valyuta fondi tashkil etildi.
Valyuta munosabatlari - tashqi savdo, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik, xorijga kredit hamda qarzlarni berish va olish, valyuta va valyuta aktivlarini sotib olish bilan bog‘liq bitimlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan, valyuta bilan bog‘liq munosabatlardir.2
Valyuta munosabatining ayrim elementlari - antik davrda - Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda - qarzga pul to‘lashga berilgan tilxat va pul almashtirish shaklida paydo bo‘lgan. Keyingi bosqich bo‘lib, Yapon, Antverpen va G‘arbiy Yevropani boshqa savdo markazlarida ―veksel yarmarkalari rivojlanishi bilan yuzaga chiqqan. Bu davrda hisob-kitoblarni amalga oshirish, valyuta yordamida amalga oshirilgan. Feodalizm davrida va kapitalistik ishlab chiqarish rivojlanishida, xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi banklar orqali rivojlandi. O‘tgan asrga kelib esa, xalqaro munosabatlar o‘zining mutlaqo yangi ko‘rinishini boshdan kechirdi.
Shunday qilib, xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi, jahon bozori tashkil etilishi, xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuvi, jahon xo‘jaligining tarkibiy tuzilishi hamda xo‘jalik munosabatlari baynanmilallashuvining natijasidir.
Valyuta munosabatlari ishtirokchilariga quyidagilar kiradi: davlat (hukumat, Markaziy va davlat banklari), xalqaro tashkilotlar, yuridik shaxslar (tijorat banklari, korxonalar: import va eksport qiluvchilar, birjalar) va jismoniy shaxslar (brokerlar, chayqovchilar va sayyohlar).
Zamonaviy tashqi iqtisodiy aloqalarda, shu bilan birga valyuta munosabatlarida siyosat va iqtisodiyot, diplomatiya va tijorat, sanoat va savdo uyg‘unlashib borayotganligini kuzatish mumkin.
Xalqaro valyuta munosabatlarining davlat tomonidan shakllantiriladigan huquqiy-tashkiliy shakli valyuta tizimi deyiladi. Milliy, hududiy va jahon valyuta tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Milliy valyuta tizimi deganda ma‘lum davlatni, boshqa davlatlar bilan pulli hisob-kitoblarini amalga oshirishda qo‘llaydigan usullari, instrumentlari va milliy organlarining umumiy yig‘indisi tushuniladi. Milliy valyuta tizimi nisbatan mustaqil va faoliyat doirasi milliy chegaralardan chiqsada, u mamlakat pul-kredit tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy va jahon valyutalar tizimlari aloqasi va rivojlanishi, ularning elementlarida namoyon bo‘ladi.
Hududiy valyuta tizimi - milliy va jahon valyuta tizimlarining oraliq elementi hisoblanib, u mamlakatlar hududiy guruhi integratsiyasiga xizmat qiladi. Bunga misol qilib, Yevropa valyuta-iqtisodiy ittifoqini keltirish mumkin.
Jahon valyuta tizimi - bu, alohida olingan milliy iqtisodiyotni jahon xo‘jaligi bilan bog‘lovchi mexanizmdir.
O‘zbekiston Respublikasini jahon xo‘jaligiga kirib borishida, uning hududiy va global darajadagi raqobatbardoshligi bo‘yicha ustunligi, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar bo‘yicha kizgin munozaralarning mavjudligiga qaramasdan, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda, hukumat, mamlakatning geografik, ishlab chiqarish va texnologik hamda mehnat resurslaridan foydalanish samarasini inobatga olmoqda. Xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi, xalqaro xo‘jalik ishtirokchilaridan yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni talab etadi.3
Shu jihatdan, jahon xo‘jaligida O‘zbekiston kushni MDH mamlakatlaridan o‘zining quyidagi xalqaro ustuvorliklari bilan ajralib turadi:
Qadimiy boy madaniyat, tarixiy va diniy yodgorliklari xalqaro turizm sonoatini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarni yuzaga keltiradi;
Qulay tabiiy iklim va tabiiy boyliklar, ishlab chiqarish, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida raqobatbardosh muhitni shakllantiradi;
Buyuk ipak yo‘lida joylashganligi xalqaro integratsiyada Yevropa bilan Osiyoni bog‘lovchi «kuprik» vazifasini bajarishga еtarlicha imkoniyatni vujudga keltiradi.
O‘zbekiston Respublikasi еtarli darajada malakali mutaxassislar bilan ta‘minlangan. Zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo qilish, ushbu sohadagi imkoniyatlarni kengaytiradi.
Mamlakat hukumati tomonidan ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish va eksportni rag‘batlantirish siyosatini yuritilishi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokida, xalqaro Moliya institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni inobatga olib, 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 633-XII sonli «O‘zbekiston Respublikasini Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikka a‘zo bo‘lishi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
XVF va Jahon banki kabi tashkilotlar bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi, nafaqat respublikani jahon bozoriga integratsiyasini tezlashtirdi, balki amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash samarasini oshirdi.
Xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarning salmoqli qismi xalqaro kreditlar va qarzlar masalasi bilan bog‘liq. Ushbu munosabatlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari sifatida O‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi, «Tashqi qarzdorlik to‘g‘risida»gi qonunlari va boshqa me‘yoriy aktlar ishlab chiqildi.
Mustakillikning dastlabki yillarida olingan kreditlar va qarzlar, asosan, qisqa muddatli bo‘lib, ichki bozorni iste‘mol tovarlar bilan to‘ldirishga qaratilgan bo‘lsa, keyingi yillarda hukumat mazkur qarzlami jalb qilish sohasini tarkibiy qayta qurish bo‘yicha ma‘lum ishlami olib bormoqda.
Olinadigan qarzlar va jalb qilinadigan uzoq muddatli kreditlarning asosiy yo‘nalishlari sifatida: eksport potentsialini kengaytirish, import umini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish sohalari tanlandi. Mineral xom-ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni ishlab chiqarish va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mashinasozlikni rivojlantirish, telekommunikatsiya sohasini zamonaviylashtirish hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish - xorijiy investitsiyalar jalb qilinadigan ustuvor yo‘nalishlar sifatida qaralmoqda.
Xorijiy investitsiyalar sonining amaldagi ortishi va sifat darajasi, amalga oshirilayotgan davlat investitsiya dasturi haqida ma‘lumot beradi. Uning maqsadi

  • milliy va xorijiy investorlaming investitsion faoliyatini optimal darajada huquqiy tartibga solishdan iborat.

Xorijiy kapital oqimini rag‘batlantirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi moliya-valyuta infratuzilmasini tashkil etishga bog‘liq.
Moliya-valyuta infratuzilmasi xo‘jalik sub‘ektlari bilan jahon pul-kapital bozori o‘rtasidagi aloqalarni ta‘minlashga xizmat qiladi. Ushbu infratuzilmalarni tashkil etish, quyidagi yo‘nalishlami qamrab oldi:

    • bank tizimini takomillashtirish;

    • ichki sug‘urta xizmatlari sohasini rivojlantirish;

    • ichki valyuta bozorini faoliyatini yaxshilash;

    • lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish;

    • audit va maslahat xizmatlari bozorini rivojlantirish;

    • milliy tovarlarni xalqaro bozorlar tomon harakatini tashkil etish va h.k.

O‘zbekiston Respublikasini xalqaro hamkorligi va iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi va u mamlakatni xalqaro bozorga qo‘shilishining asosini tashkil etadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy rivojlanish tamoyillari. O‘zbekiston sobiq Ittifoqda yirik respublikalardan hisoblanib, aholisining soni bo‘yicha 3-o’rinni va yalpi milliy mahsulot hajmi bo‘yicha 5-urinni egallab kelgan.
Respublika tabiiy resurslarga boy, sanoatda va qishloq xo‘jaligida еtarli darajada rivojlangan ayrim ishlab chiqarishlarga ega.
Masalan, O‘zbekiston tabiiy gaz qazib olishda dunyoda 9-o‘rinda, oltin qazishda 7-o‘rinda, oltingugurt kislotasi va mineral ugitlar ishlab chiqarishda hamda pilla etishtirishda 7-o‘rinda turadi.
Yuqoridagi tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, respublikaning xalqaro moliya munosabatlari va jahon xo‘jaligiga integratsiyasi majmui aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport buginini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o‘rinni egallashini ta‘minlovchi buginlarni aniqlash;
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport buginida davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash usulidan keng foydalanish;
Bu usullar quyidagilardir:
Eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo‘yicha ko‘p muddatli kreditlar ajratish, mo‘ljallangan investitsiyalarni sug‘urtalash;
Eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab chiqarishi xarajatlari o‘rtasidagi farqni qoplash;
Davlat tomonidan respublikaga ilg‘or texnologiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishi uchun subsidiyalar ajratish;
Eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish;
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltirilgan xom-ashyo va materiallar, asbob-uskunalar va jixozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar.
Shu bilan birga, xalqaro moliya sohasidagi siyosat milliy valyutani mustahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta‘minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning me‘yoriy-huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga yеtkazishni nazarda tutadi.



Download 475.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling