I bob. Ishchi kuchi, ishsizlik va ishchi kuchining bandligi haqida nazariyalar


O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va ishchi kuchi bandligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari hamda istiqbollari


Download 168.69 Kb.
bet12/16
Sana24.03.2023
Hajmi168.69 Kb.
#1292755
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
I bob. Ishchi kuchi, ishsizlik va ishchi kuchining bandligi haqi

6. O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va ishchi kuchi bandligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari hamda istiqbollari
2020 yilda yilda ish o‘rinlari va bandlikka ehtiyoj parametrlari ishchi kuchiga talab va taklif balansiga ta’sir ko‘rsatuvchi demografik va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish omillarining tahlili, shuningdek ishchi kuchi bozorida haqiqiy tendensiyani o‘rganish asosida aniqlangan.
Prognozlarga ko‘ra, 2020 yilda demografik omillarning ishchi kuchi bozoriga sezilarli va bevosita ta’siri saqlanib qoladi (2-rasm).



2-rasm. Ishchi kuchi bozori rivojlanishining istiqbol ko‘rsatkichlari (2020 yil)18
Malumotlarga ko‘ra, 2020 yilda ishchi kuchi resurslari soni – 19.6 mln. kishini, shundan ish bilan band bo‘lganlar soni 13,4 mln. kishini, ularning o‘sishi tegishli ravishda – 1,3 va 2,3 foizni tashkil etadi.
2020 yilda O‘zbekistonda ish o‘rinlariga ehtiyoj bo‘lmagan aholi sonining 5.2 mln.kishiga etishi kutiladi (7-jadval).
7-jadval
2016 yilda O‘zbekistonda ish o‘rinlariga ehtiyoj bo‘lmagan aholi soni va tarkibi19

Ko‘rsatkichlar

mln. kishi

Ish o‘rinlariga ehtiyoj bo‘lmagan aholi soni

4,5

SHundan:




Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlar soni

1,8

3 yoshgacha bo‘lgan bola tarbiyasi bilan band bo‘lgan ayollar

1,6

hozirgi vaqtda sog‘lig‘i va oilaviy sharoitiga ko‘ra ishga joylashish imkoniyati bo‘lmaganlar

1,1

7-jadvaldan ko‘rinadiki, respublikada ishchi kuchi va bandlikka ehtiyoj ishchi kuchi bozorida ishchi kuchini birinchi marotaba taklif etayotgan shaxslar (kollejlar, oliy o‘quv muassasalari va boshqa ta’lim muassasalarini bitiruvchilari), shuningdek ishga joylashishga muhtoj band bo‘lmagan aholi (ish va daromad manbaiga ega bo‘lmagan shaxslar qaytib kelgan migrantlar va boshqalar) hisobidan shakllanadi.
Ta’kidlash joizki, 2020 yil O‘zbekiston bo‘yicha ta’lim olishni tugatgan 511,5 ming nafar kollejlar, litseylar, oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari ilk bor, shuningdek ishga joylashishga muhtoj 706,3 ming nafar shaxs ishchi kuchi bozoriga chiqadi.
Bundan tashqari, doimiy bo‘lmagan mehnat faoliyati, ya’ni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish bilan band bo‘lgan fuqarolar soni, hisob- kitoblarga ko‘ra, 735,6 ming nafarni tashkil etadi. Doimiy bo‘lmagan daromadga ega ushbu toifadagi shaxslar doimiy ishga, ish haqi to‘lanadigan statsionar ish o‘rinlariga muhtojligi mavjud, shuningdek tarkibiy qayta o‘zgarishlar natijasiga ko‘ra ishdan bo‘shatiladigan 118,7 ming nafar ishchi potensial ishsiz omilini keltirib chiqaradi.
SHu bilan birga, chet elda ishlovchi fuqarolarni doimiy yashash joyiga qaytarishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar, shuningdek, Rossiyadagi ob’ektiv og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy holatni hisobga olgan holda, 2020 yilda O‘zbekiston ishchi kuchi bozoriga 148,3 ming nafardan ortiq ishga joylashishga muhtoj va o‘z navbatida bandlikka ehtiyojni oshiradigan shaxslar qaytishi kutilmoqda.
SHunday qilib, 2020 yilda ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga taklif 1236,0 ming nafarni tashkil etadi. Tabiiy sabablarga (pensiyaga chiqish, o‘lim, doimiy yashash uchun xorijiy davlatga chiqib ketish va hokazo) ko‘ra chiqib ketadigan 134,9 ming nafar ishchini, shuningdek 109,5 ming bo‘sh ish o‘rinlarini hisobga olgan holda, bu ko‘rsatkich, ish o‘rinlari va bandlikka ehtiyojdan 1,1 ming nafardan oshadi.
Ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2020 yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan dasturiy choralarning yig‘indisi 992,7 ming nafarni (yoki talabning 80,3 foizini) tashkil etadi. Bu 2020 yilda kollejlar, litseylar va oliy o‘quv muassasalarining barcha bitiruvchilarini (511,5 ming nafar), qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini (148,3 ming nafar), shuningdek ishdan bo‘shatiladigan ishchilarning bandligini ta’minlaydi va shu bilan ishsizlikni 719 ming nafar yoki 5,1% darajasida saqlab qoladi.
2020 yil dasturining hududlar va yo‘nalishlar (tarmoqlar) bo‘yicha prognoz parametrlari ish o‘rinlari va bandlikdan, ayniqsa, birinchi marotaba ishchi kuchi bozoriga kirib kelayotgan yoshlar, band bo‘lmagan shaxslar, ishdan bo‘shab qoladigan xodimlar, qaytib kelayotgan mehnat migrantlari, shuningdek sanoat, qurilish, qishloq ho‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznesning rivojlanishi munosabati bilan ishchi kuchiga bo‘lgan talabning hisob-kitobidan kelib chiqib aniqlangan.
Dasturda 2020 yilda quyidagi asosiy yo‘nalishlarda jami 992,7 mingta, shundan 396,9 mingta ish o‘rinlari yaratilishi va 595,9 ming nafar shaxsning ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda (8-jadval)

Download 168.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling