I bob ishsizlikni kamaytirish va bandlikni ta'minlashning nazariy uslubiy asoslari


Aholi bandligini ta'minlashning ustuvor vazifalari


Download 1.03 Mb.
bet6/11
Sana22.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1285838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlatbekov kurs ishi

1.2.Aholi bandligini ta'minlashning ustuvor vazifalari
Respublikada har yili aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tasdiqlanadigan dasturlarni amalga oshirish, bo‘sh va kvotalanadigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, o‘zini o‘zi band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirishga, ijtimoiy zaif qatlamlar bandligini ta’minlashga, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Shunga qaramay, hududlardagi mehnat bozorida hali-hamon yuqori darajada keskinlik saqlanib qolmoqda, doimiy ish o‘rinlarini tashkil etish, yoshlar, xotin-qizlar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari bandligini, ayniqsa, qishloq joylarda ta’minlash, shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish masalalari hal etilmayapti.
Ishga joylashtirish sohasida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun kredit, moliyaviy, maslahat-axborot berish xizmatlari va boshqa zarur xizmatlar darajasi pastligicha qolmoqda.
Ishlab chiqarish kadrlari ko‘pincha iqtisodiyot tarmoqlarining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini, ularning imkoniyatlari va resurslarini hisobga olmagan holda kasbga tayyorlanmoqda va qayta tayyorlanmoqda. Oqibatda mehnat bozorida ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar taqchilligi kuzatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi deb yuritiladi) uchun 2018-yilda Respublika budjetiga qo‘shimcha tushumlar hisobiga 150 milliard so‘m ajratiladi, 2019-yildan boshlab esa budjet parametrlarida 300 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha mablag‘lar ajratish nazarda tutiladi;
2018-yil 15-iyuldan boshlab Mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Mehnatni rag‘batlantirish jamg‘armasi) mablag‘larini shakllantirish manbalari Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasining Mehnatni rag‘batlantirish jamg‘armasiga ajratmalari hajmlarining 5 foizdan 10 foizgacha oshirilishi hisobiga kengaytiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan tushadigan 50 foiz miqdordagi daromadlar Mehnatni rag‘batlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat muassasalari shaklida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalarini (keyingi o‘rinlarda — hududiy jamg‘armalar) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Quyidagilar hududiy jamg‘armalar mablag‘larini shakllantiruvchi manbalar etib belgilansin:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlarining prognoz parametrlarini oshirib bajarishdan har oyda tushadigan 40 foizgacha bo‘lgan miqdordagi daromadlar;

  • mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari hamda beg‘araz yordami;

  • xayriya qiluvchilar — jismoniy va yuridik shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan mablag‘lari;

  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

4. Quyidagilar hududiy jamg‘armalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ayniqsa, qishloq joylarda doimiy ish o‘rinlari tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlarini kreditlar bilan qo‘llab-quvvatlash uchun respublikaning tijorat banklarida kredit liniyalari ochish;
ishchi kuchi ko‘p bo‘lgan hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, ayniqsa, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi korxonalarni tashkil etish, bunda hududiy jamg‘armalarning tashkil etilgan korxonalardagi ulushini xususiy sheriklarga keyinchalik realizatsiya qilish shartini nazarda tutish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari bo‘yicha ish o‘rinlari tashkil etishga hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
5. Hududiy jamg‘armalar daromad qismi bo‘yicha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilsin, bo‘shab qolgan mablag‘lar hududiy jamg‘armalarning asosiy vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda hududiy jamg‘armaning namunaviy ustavi tasdiqlanishini ta’minlasin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda hududiy jamg‘armalar ustavlarini tasdiqlangan namunaviy ustav asosida tasdiqlasin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
a) ushbu qarorning 2 va 3-bandlariga muvofiq shakllantiriladigan Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga Respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi va hududiy jamg‘armalarning mablag‘lari, asosan, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va Xalq banki ATBda kredit liniyalarini ochish va keyinchalik mazkur banklar tomonidan respublika tumanlari va shaharlarida yangi ish o‘rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi kichik va mini-loyihalarni amalga oshirish uchun mikrokreditlar ajratish maqsadida yo‘naltiriladi;
b) mikrokreditlar kichik tadbirkorlik subyektlariga, fermer va dehqon xo‘jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik subyektlariga quyidagilar uchun ajratiladi:

  • shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida issiqxonalar tashkil etish, urug‘liklar, ko‘chatlar, chorva mollari va parrandalar, qishloq xo‘jaligi inventari va uskunalari, sug‘orish moslamalari (nasoslar, artezian quduqlari va boshqalar) xarid qilish;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol mollari ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-uskuna va xomashyo xarid qilish;

  • xizmat ko‘rsatish sohasida, ayniqsa, maishiy, ta’mirlash, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar tashkil etish va jihozlash;

  • qishloq tumanlarida, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida kasanachilikni rivojlantirish;

  • tuman va shaharlarning ishlab chiqarish ixtisoslashuvi, mavjud mineral xomashyo, er, qishloq xo‘jaligi va boshqa resurslarni hisobga olgan holda boshqa yo‘nalishlarni qamrab oladi.

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari ishlari samaradorligini oshirish, aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida:
v) mikrokreditlar 300 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari asosida 3 yilgacha muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan:
(6-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
2019-yil 31-dekabrga qadar — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng stavkada;
2020-yil 1-yanvardan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida;
2022-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz (shundan 4 foiz bank marjasi) stavkada ajratiladi.
(6-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi.
(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
(6-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PF-5898-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 06/20/5898/4258-son)
7. Belgilansinki:

  • qishloq tumanlarida, bundan aholi soni 5 ming kishidan ko‘p bo‘lgan aholi punktlari mustasno, sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023-yil 1-iyulgacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etiladi;

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ozod etiladi;

  • yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subyektlari 3 nafargacha doimiy ishchilarni yollashga, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan bolalari va nevaralarining er-xotinlarini, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan aka-ukalari va opa-singillarini, ularning er-xotinlarini yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subyekti ishtirokchilari sifatida jalb qilishga haqli;

Ushbu qarorning 6-bandiga muvofiq birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etiladi;

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar 3 tonnadan ortiq yuk ko‘taruvchi avtomobil transportida yuklarni bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdoridagi stavka bo‘yicha tashish xizmatlaridan har oyda olinadigan qat’iy belgilangan soliq to‘laydi.

Ta’kidlash joizki, iqtisodiyotni isloh qilish va diversifikatsiyalash, faol investitsiya siyosati yuritish hisobiga yetakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish asosida har yili minglab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, bu o‘z navbatida o‘ta dolzarb muammo hisoblangan aholi, avvalambor yoshlar bandligini ta’minlash imkonini bermoqda.
Shu bilan birga, bandlik sohasidagi mavjud muammolarni hal etishda haligacha eskirgan ish shakllari va uslublaridan foydalanilmoqda, mehnat bozoridagi haqiqiy vaziyatni buzib ko‘rsatish hollari saqlanib qolmoqda, muhim ijtimoiy masala hisoblangan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishga yuzaki yondashuv holatlari uchramoqda. Aholi bandligini ta’minlash masalalarida joylarda mahalliy ijro hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va keng jamoatchilik o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va javobgarlik mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti.
Yangi tashkil etilgan barqaror ish o‘rinlari sonining mehnat bozori talablariga mos kelmasligi mehnat bozorida muvozanatlilikning buzilishiga, respublikamizning ayrim mintaqalarida ishsizlik darajasining oshib ketishiga, noqonuniy mehnat migratsiyasi va norasmiy bandlikning o‘sishiga olib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-sonli qaroriga muvofiq joylarda mahalliy ijro hokimiyati organlari va iqtisodiy kompleksga kiruvchi hududiy organlar rahbarlarining, ularni moddiy rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy chora qo‘llash bo‘yicha tegishli tizimni joriy etgan holda, aholi bandligining o‘sishi va uni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi va samaradorligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati oshirildi.
Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnat muhofazasini kuchaytirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali ishlarni amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining mas’uliyatini tubdan kuchaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi etib qayta tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va tuzilmalarining ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:

  • mehnat bozoridagi haqiqiy holatni respublikamiz mintaqalari kesimida chuqur tahlil qilish asosida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini muvofiqlashtirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmalarini ishlab chiqish va aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun ish joylari kvotasini belgilash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • mehnat organlariga murojaat qilgan ishsizlarni ishga joylashtirishni ta’minlash, aholini jamoat ishlariga, birinchi navbatda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, yo‘l va uy-joy kommunal infratuzilmasini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilishga, shaharlar va tumanlarni obodonlashtirishga, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishtirok etishga jalb etish;

  • ishga joylashishga muhtoj shaxslarni, ayniqsa, band bo‘lmagan yoshlarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni va ishsizlarni iqtisodiyotning hamda mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan holda, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish;

  • mehnat bozorini tartibga solish, bandlik, mehnatga doir munosabatlar, mehnat muhofazasi, kasbiy va mehnat standartlari, gender tenglikka rioya etilishi, band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash, ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida bozor munosabatlari sharoitlariga mos keladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

  • ishga joylashtirish jarayoniga ilg‘or axborot texnologiyalarini faol joriy etish, jumladan, Milliy vakansiyalar bazasini yaratish va doimiy rivojlantirib borish;

  • ishga joylashishga ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bozorida zamonaviy infratuzilma va raqobat muhitini yaratish, aholi bandligini ta’minlash masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, nodavlat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini ta’minlashning samarali mexanizmlarini shakllantirish;

  • bandlik va mehnat muhofazasi sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash, mehnat sharoitlari ekspertizasini amalga oshirish, mehnat munosabatlarini, mehnatni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • aholi va ish beruvchilar o‘rtasida mehnat huquqlari va muhofazasi masalalari bo‘yicha keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;

  • kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va moddiy yordam to‘lanishi bo‘yicha monitoringni amalga oshirish, mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faolligini oshirish orqali oilani kam ta’minlanganlikdan chiqarish yuzasidan individual dasturlarni ishlab chiqish.

2018 — 2020-yillarda faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar uchun mikromoliyalash xizmatlaridan foydalanish qulayliklarini, yo‘nalish va hajmlarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash, unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida yangi ish o‘rinlari tashkil etishga tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan mikrokreditlarning manzilliligini ta’minlashni kuchaytirish, birinchi navbatda kam ta’minlangan oila a’zolarini, ayniqsa shaharlarda, eng avvalo yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlik sohasiga, kasanachilikka, qishloq joylarda esa shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari asosida iqtisodiy faollikka jalb etishga qaratilgan tadbirlar va mexanizmlar ishlab chiqish;
“Mikrokreditbank” ATBning aholi bandligini ta’minlash masalalaridagi rolini tubdan oshirishni ta’minlaydigan bank faoliyati samaradorligini baholashning mezon va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqqan holda, uning qo‘shimcha kapitallashuvini oshirish, tuzilmasini, boshqaruv tizimini takomillashtirish va filiallari joylashuvini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsad qilib olingan.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling