I bob ishsizlikni kamaytirish va bandlikni ta'minlashning nazariy uslubiy asoslari


Download 1.03 Mb.
bet10/11
Sana22.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1285838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlatbekov kurs ishi

XULOSA VA TAKLIFLAR
Zamonaviy makroiqtisodiy tuzilmalar uchun axborotga ega bo‘lish juda ham muhim, chunki atrof muhitdagi noaniqlik yuz marta o‘sdi, bu ko‘pincha, firmalar, korxonalar, korporatsiyalar, banklar faoliyatining buzilishiga olib keldi, rahbarlikning har qanday darajasida asoslanmay qabul qilingan qarorlar xo‘jalik ob’ektlari uchun tuzatib bo‘maydigan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Mamlakatimizda ishsizlikni bartaraf etish va bandlikni ta'minlashning ustuvor vazifalari belgilanib,unga qarshi kurashish bo'yicha chuqur islohotlar olib borilmoqda.
Shunday ekan, mehnat bozori infratuzilmasi shakllanishi va ishsizlikka qarshi kurashuvchi harakatlar rivojlanishining muhim shart-sharoiti, vositasi bo‘lib, uning sub’ektlari o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlovchi mehnat bozori axborot tizimini shakllantirishdan iboratdir. Mehnat bozorida axborot tizimini vujudga keltirish va takomillashtirish hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari o‘rtasida yagona ish bilan bandlik siyosatini yuritish ular o‘rtasida kommunikatsiya aloqalarni ta’minlash hamda transaksion xarajatlarni qisqartirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ishsizlik to'g'risidagi axborotlarning yo‘qligi yoki yetishmasligi ish bilan bandlikka ko‘maklashish doirasida nomutanosib holatlarni keltirib chiqaradi, agarda bo‘sh ish o‘rinlariga ishchi kuchi yetishmaydigan joyda ishsizlar mavjud bo‘lsa, qanday qilib bo‘sh ish joylari tuzilmasini to‘ldirish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish mumkin. Shu sababli mehnat bozorida hududiy ish bilan bandlik siyosatini samarali amal qilishi uchun hududdagi bo‘sh ish joylarining sifatli tasnifi va ishsizlar soni haqida barcha operativ ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi, ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish bo‘yicha hududiy axborot tizimini yaratish zarur.
Mehnat bozori hududiy axborot tizimi ish bilan bandlik va mehnat sohasida fuqarolarni o‘z-o‘zini himoyalashning qo‘llab-quvvatlashini o‘z ichiga oluvchi huquq va majburiyatlar haqidagi axborotlarni saqlash, normativ aktlar va ularni mustahkamlash haqida, ularning ijrosini ta’minlash, ijtimoiy-huquqiy maslahatlar va ijtimoiy-mehnat muammolarining yechimi uchun zaruriy ma’lumotlarni ta’minlashi kerak.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling