I bob. Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti


II BOB. JINOYAT HUQUQI TIZIMI VA PRINSIPLARI


Download 78.05 Kb.
bet6/9
Sana28.02.2023
Hajmi78.05 Kb.
#1237924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI, PRINSIPLARI VA VAZIFALARI

II BOB. JINOYAT HUQUQI TIZIMI VA PRINSIPLARI.
2.1. Jinoyat huquqi institutlari
Jinoyat huquqi tizimi ikki elementdan iborat:
1. Jinoyat huquqi insitutlari;
2. Jinoyat huquqi normalari.
Jinoyat huquqi institutlari deganda bir-biriga yakin bo‘lgan ma’lum bir doiradagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi jinoyat huquqi normalarining yig‘indisi tushuniladi.
Jinoyat huquqi tizimi quyidagi institutlardan tashkil topgan:

  • jinoyat qonunchiligi

  • jinoyat (javobgarlik asoslari)

  • jazo va uni tayinlash

  • tibbiy yusindagi majburlov choralari

  • shaxsga qarshi jinoyatlar

  • tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar

  • iktisodiyot sohasidagi jinoyatlar

  • ekologiya sohasidagi jinoyatlar

  • xokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar

  • jamoat xavfsizligiga va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar

  • harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar.

Bunday institutlar o‘z navbatida sub’institutlarga bo‘linadi. Masalan, "jinoyat"(javobgarlik asoslari) instituti - javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxslar, tamom bo‘lmagan jinoyat, ishtirokchilik, bir kancha jinoyat sodir etish, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar kabi sub’institutlardan iborat.
Jinoyat huquqi normalari deganda, jinoyat sodir etilganidan keyin vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan xulk-atvor (yurish-turish) qoidalari tushuniladi.
Jinoyat huquqi normalari imperativ, tartibga solish va huquqni qo‘llash xususiyatlariga ega.
Jinoyat huquqi normalarining imperativligi bunday normalarning kat’iy o‘rnatilganligi hamda ularning bajarilishi majburiyligini bildiradi.
Jinoyat huquqi normalarining tartibga solish xususiyatdaligi shuni bildiradiki, bunday normalar jinoyat sodir etilganidan keyin yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi va bunday ijtimoiy munosabatlar vujudga kelishi bilan qo‘llaniladi.
Jinoyat huquqi normalarining huquqni qo‘llash xususiyati jinoyat huquqi normalari orqali Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan barcha umumiy qoidalar va sanksiyalarining amalda qo‘llanishini ifodalaydi.
Jinoyat huquqi normalarini mohiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

  1. Norma-prinsiplar - jinoyat huquqining umumiy qoidalari hisoblangan jinoyat huquqi vazifalari va prinsiplarini belgilab beruvchi normalar. (Jinoyat kodeksi 2-10 moddalari).

  2. Definitiv normalar - jinoyat-huquqiy tushunchalarni belgilab beruvchi normalar. Masalan, jinoyat va ijtimoiy xavfli qilmish tushunchalari (Jinoyat kodeksi 14- moddasi), jinoyat uchun javobgarlik tushunchasi (Jinoyat kodeksi 16-moddasi), akli rasolik tushunchasi (Jinoyat kodeksi 18-moddasi), ishtirokchilik tushunchasi (Jinoyat kodeksi 27-moddasi), jazo tushunchasi (Jinoyat kodeksi 42-moddasi) va xk.

  3. Muhofaza qiluvchi normalar - jinoyat qonuni bilan anik bir obyektni - ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qiluvchi normalar. Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi barcha normalar muhofaza qiluvchi normalar hisoblanadi.

  4. Taqiqlovchi normalar - Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalari tarkibida mavjud bo‘lib, ma’lum bir qilmishlar sodir etish yoki etmaslikni taqiqlab qo‘yuvchi normalar. Masalan, odam o‘ldirish(97- modda), shaxsning sog‘ligiga shikast yetkazish(104-111 moddalar), o‘g‘rilik(169- modda) va shu kabi qilmishlarni taqiqlovchi normalar.

Jinoyat kodeksi jinoyat huquqining yagona manbai bo‘lganligi sababli jinoyat qonunchiligi tizimidan kelib chiqib, jinoyat huquqi normalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin.
1. Umumiy normalar (umumiy qism normalari)
2. Maxsus normalar (maxsus qism normalari).
Umumiy normalar jinoyat huquqining umumiy qoidalari va tushunchalarini, ya’ni jinoyat huquqi vazifalari va prinsiplari, jinoyat qonunining amal qilish doirasi, jinoyat tushunchasi, jinoiy javobgarlik va uning asoslari, jinoyat sodir etish bosqichlari, ishtirokchilik, bir kancha jinoyatlar tushunchasi, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni belgilab beradi.
Maxsus qism normalarida esa har bir jinoyat tarkibi uchun jinoiy javobgarlikning xajmi va xususiyatini aniq ko‘rsatiladi.
Jinoyat huquqining umumiy va maxsus normalari bir-birga bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida umumiy normalar maxsus normalar uchun asos vazifasini o‘taydi. Shuning uchun ham umumiy normalar maxsus normalar uchun universal va majburiy bo‘lib hisoblanadi. Huquqni qo‘llash faoliyatida bu ikki guruh normalari tashkiliy jihatdan bir- birini tuldirib turadi.
Ayrim olimlar fikriga ko‘ra, jinoyat huquqi umumiy qism normalari pozitiv(regulyativ) - tartibga soluvchi xususiyatga ega bo‘lib, bunday normalarning quyidagi turlari mavjud:

  1. deklarativ normalar, jinoyat huquqi prinsip va vazifalarini belgilab beruvchi normalar.(Jinoyat kodeksi 2-10 modalar);

  2. umumtartibga soluvchi normalar, jinoyat huquqining umumiy qoidalari va tushunchalarini belgilab beruvchi normalar: jinoyat tushunchasi, ishtirokchilik tushunchasi, jazo tushunchasi va xk. Bunday normalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi umumiy qismi asosini tashkil etadi;

  3. jazoni yengillashtiruvchi (imtiyoz beruvchi) normalar, masalan, shartli hukm qilish (Jinoyat kodeksi 72-moddasi), jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish (Jinoyat kodeksi 73- moddasi), jazoni yengilrogi bilan almashtirish (Jinoyat kodeksi 74-moddasi);

  4. ruxsat beruvchi normalar, masalan, shaxsga - zaruriy mudofaa (Jinoyat kodeksi 37-moddasi), ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaktida zarar yetkazish (Jinoyat kodeksi 39- moddasi) kabi huquqlarni beruvchi normalar;

  5. jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi normalar, masalan, javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish (Jinoyat kodeksi 64- moddasi), kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish (Jinoyat kodeksi 67- moddasi) va shu kabi jazoni yengillashtiruvchi normalar guruhiga kirmaydigan normalar.

Yuqoridagi normalarni bunday guruhlarga bo‘lish shartli hisoblanadi.
Jinoyat huquqiy tizim obyektiv va subyektiv omillardan iborat mexanizm yordamida shakllanadi.
Obyektiv omillar - bu avvalambor, real ijtimoiy-huquqiy holatlarning o‘zgarishidir. Ma’lum bir ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning mavjud emasligi yoki ma’lum bir sohadagi jinoyatlarning usib borishi boshqa huquq sohalari bilan birga jinoyat huquqi tizimiga ham obyektiv ta’sir qiladi. Bunday holat esa o‘z navbatida jinoyat qonunchiligi tarkibining yangilanishiga va jinoyat huquqi tizimining o‘zgarishiga (kengayishiga) olib kelishi mumkin.
Subyektiv omillar - qonun chiqaruvchi, huquqni qo‘llovchi va fuqarolar tomonidan u yoki bu jinoyat-huquqiy ta’sir choralarning qabul qilinishi, ya’ni ularning bunday ta’sirlarga nisbatan munosabati bilan bog‘liqdir. Masalan, qonun chiqaruvchi tomonidan ma’lum bir jinoyatlar va ularning ko‘payishi aniqlanib olinishi, bu borada jinoyat-huquqiy nazorat sifatida ushbu jinoyat-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu esa jinoyat huquqi tizimining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Aytib o‘tish kerakki, jinoyat qonunchiligining amal qilishini ifodalovchi jinoyat huquqi tizimining rivojlanishi nafaqat jinoyat-huquqiy normalar, obyektiv va subyektiv omillarga, balki tarixiy omillarga ham bog‘liqdir.
Shuningdek, jinoyat huquqi tizimi rivojlanishining tarixini o‘rganish uning
rivojlanishining quyidagi asosiy yunalishlarini belgilash imkonini berdi:
birinchidan, ijtimoiy holatlar tizimining doimiy o‘zgarishi munosabati bilan jinoyat huquqi normalarini ushbu o‘zgarishlarga mo‘tanosib ravishda belgilash va qo‘llay olish;
ikkinchidan, sodir etilgan jinoyatlar toifasi va jinoyatchilarning ijtimoiy xavfliligidan kelib chiqib, jinoyat-huquqiy ishontirish va majburlov usullari hamda ularning prioriteti, ya’ni qo‘llanishi muhimligi jihatdan ketma-ketligini o‘zgartirish.
Jinoyat huquqi tizimi jinoyat qonunchiligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.


Download 78.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling