I bob. Jismoniy madaniyat darslarida pedagogik tahlil
Download 53.41 Kb.
|
Safarov Farzbek Qahramon o‘g‘li
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlilchining dars boshlanguncha bajaradigan ishlari.
1.2. Dars tahlilidan maqsad:
-maktab o’qituvchisining ish faoliyati bilan tanishish va uni o’rganish; -maktabda jismoniy madaniyat fanini o’qitilishining holatini va o’quvchi nazariy bilimlari, amaliy harakat, malaka va ko’nikmalarni qanday darajadaligini o’rganish; -maktabning ommaviy jismoniy madaniyati, o’quvchilarning sog’lom turmush tarsi, ularni va sog’lomlashtirish jarayoni, maktabning ommaviy sport ishlari, uni borishi, boshqarilishining tahlili; -ilg’or ish tajribasini o’rganish, umumlashtirish va uning targ’ibotini yo’lga qo’yish va boshqalar. Tahlilchi uchun darsni kuzatish va tahlil natijalarini qayd qilish oson kechmasligini e’tiborga olib hozirgi kun jismoniy tarbiya jarayoni amaliyoti oldindan tayyorlangan savollar, kartochkalar, jadvallar va boshqalardan foydalanishni tavsiya qiladi. Bunday usullardan foydalanish tahlildagi yuzakilikni oldini oladi, darsni tub mazmun, mohiyatini to’liq ochadi, belgilangan vazifalarni uslubiy jihatdan hal qilinishini to’g’ri baholash imkonini beradi. Jismoniy madaniyat darsini tahlilida yoritilishi lozim bo’lgan masalalar. Ular taxminan quidagilardan iborat bo’lishi mumkin: -o’qituvchi va o’quvchilarning darsga tayyorligi; -darsning mazmuni va tashkil qilinishi, o’tkazilishi hamda uning kirish, tayyorlov, asosiy va yakunlov qismlariga alohida baho berish; -o’qituvchining va o’quvchining dars davomidagi faoliyatini baholash; -darsning tashkiliy daqiqasini uyishtirish mahorati, qo’llanilgan iboralar, atamalardan foydalanishi, nutqi, muomila madaniyati; -dars kanspekti matni, sinf jurnalini yuritilishi; -darsning tahlilini yakuniy matnida o’qituvchiga lozim bo’lgan istak, tavsiya va ko’rsatmalar. Tahlilchining dars boshlanguncha bajaradigan ishlari. -sinfning pedagogik harakteristikasi, o’quvchilarning yoshi, jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi ko’rsatgichlari, sog’lig’ining holati, fanni o’zlashtirish darajasi, darsdagi davomat sinf jurnali asosida o’rganiladi; -o’qituvchining umumiy hamda kasbiy ish staji haqida ma’lumot; -darsni o’tkazish joyi, muddati, darsning mavzulari, o’quv ishlarining yillik reja – jadvali bo’yicha tartib no’meri, ro’xat bo’yicha sinf o’quvchilarining soni, darsning jadval bo’yicha nomeri, darsni boshlanish va tugallanishi, dars kanspekti matni, uning sifati va boshqalar o’rganiladi. Download 53.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling