I bob. Jismoniy tarbiya darsida o’quvchilar faoliyatini tashkillash


Download 56.41 Kb.
bet1/14
Sana02.02.2023
Hajmi56.41 Kb.
#1147401
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
91-7798299


MАVZU: JISMONIY TARBIYA DARSIDA O’QUVCHILAR FAOLIYATINI TASHKILLASH DARSGA QO’YILADIGAN TALABLAR ,TA’LIM JARAYONIDA HATOLAR JISMONIY MASHQLAR BILAN MUSTAQIL SHUG’ULLANISH

REJA:

KIRISh
I .BOB. JISMONIY TARBIYA DARSIDA O’QUVCHILAR FAOLIYATINI TASHKILLASH.
1.1.Jismoniy tarbiya mashgʼulotlarining o’quvchilar faoliyatini tashkillash
1.2.O’quvchilarninglarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya boʼyicha ishlarni tashkil etish
II.BOB. TA’LIM JARAYONIDA HATOLAR JISMONIY MASHQLAR BILAN MUSTAQIL SHUG’ULLANISH.
2.1 Ta’lim jarayonida hotolar
2.2 Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish
XULOSА
FOYDLАNILGАN АDАBIYOTLАR

KIRISH
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil yetish toʼgʼrisida» 2021 yil 6 apreldagi PQ-5054-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek jismoniy tarbiya va sport boʼyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror xamda Oʼzbekiston Respublikasining Bosh vaziri А. Аripovning “Oʼzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga jismoniy tarbiya fani oʼqituvchilarini munosib ragʼbatlantirishni tashkil yetish, oliy taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi 2020 yil 20 fevral 106-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish boʼyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligini hamda yuqori mehnat samaradorligiga yerishayotgan jismoniy tarbiya fani oʼqituvchilarini munosib ragʼbatlantirishni tashkil yetish, oliy taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, talabalarga jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʼullanish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish yuzasidan qator vazifalar amalga oshirilib kelmoqda.


Shu boisdan taʼlim tizmini zamon talablari darajasida va yerishilgan tajribalar asosida rivojlantirish orqali oʼsib kelayotgan Yosh avlodni jamiyat hayotida faol ishtirok yetadigan har tomonlama sogʼlom, yetuk va yuksak maʼnaviyatli komil insonlar yetib tarbiyalash davlatimizning ustivor yoʼnalishlaridan xisoblanadi.
Bolalarning jamoatchilik, mehnatsevarlik va jamoat oldida oʼz burchini his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning yeng muhim masalalari hisoblanadi. Bola maktabga qadam qoʼygan birinchi kunidan boshlaboq, unda mehnatga nisbatan muhabbat uygʼotish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak.
I .BOB. JISMONIY TARBIYA DARSIDA O’QUVCHILAR FAOLIYATINI TASHKILLASH.
O’quvchilarga taʼlim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni jismonan sogʼlom, aqlan yetuk, maʼnaviy boy, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab taʼlimiga tayyorlashdan iboratdir. Talabalarni tarbiyalashning vazifalari jismoniy, aqliy, ahloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berish va ularning tugʼma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam (maktabga) tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha taʼlim muassasalarida oʼtkaziladigan jismoniy tarbiya mashgʼulotlarining maqsadi va vazifalari bolalardagi turli jismoniy rivojlanishni koʼnikma va malakalarini shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlik, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda oʼtkaziladigan jismoniy mashgʼulotlar bolalarning oʼsish va rivojlanish jarayoniga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
Jismoniy rivojlanish – odam organizmi shakl va funktsiyalarining oʼzgarish jarayonidir. “Jismoniy rivojlanish” termini tor maʼnoda qoʼllaniladi, bunda u antropometrik va biometrik koʼrsatkichlarni anglatadi, chunonchi: gavda, boʼy, ogʼirligi, koʼkrak qafasi aylanasi, oʼpkalarning tiriklik sigʼimi, umurtqa pogʼonasi egikligining darajasi, qaddi-qomatning jismoniy holati, kurak uchlari orasidagi masofa, tavon gumbazi oʼlchovining koʼrsatkichi, oʼng va chap panja mushaklari kuchi, tik tura olish kuchi va boshqalar. “Jismoniy rivojlaish” terminini keng maʼnoda qoʼllaganda, unga jismoniy sifatlar( tezkorlik egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, koʼz bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi.
Bolalarni yosh hususiyatlaridan kelib chiqqan holda jismoniy tarbiya mashgʼulotlarini bolalarga qiziqarli metodlar yordamida tashkil etishni rejalashtirish.
Saflanish va qayta saflanish.
Bu harakat maktabgacha taʼlim muassasalaridagi mashgʼulotlarning boshidan to yakunigacha davom etadi.

Download 56.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling