I bob. Kelajakdagi ekologik
Ekologik iqtisodiyot va atrof-muhit
Download 61.66 Kb.
|
1-MAVZU AMTRI
3. Ekologik iqtisodiyot va atrof-muhit
Ekologiya fani biologiyadan ajralgan holda mustaqil ravishdajuda keng miqyosda rivojlanib borayotgan makroekologik fangaaylandi. Uning tarkibida bir necha mustaqil bo’limlar yoki ilmiyyo’nalishlar mavjud. Bularning barchasi ekologiyaning boshqafanlar bilan yaqindan aloqada bo’lishi, o’z navbatida, ularni ekologiyaning tadqiqot usullaridan foydalanib, mavjud masalalarni muvaffaqiyatli hal qilayotgani bilan bog’liq. Makroekologiyaning tuzilishida quyidagi asosiy bo’limlarni ajratish mumkin: umumiy ekologiya, bioekologiya, geoekologiya, inson ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya, tabiatdan foydalanishning ekologik iqtisodiyoti, amaliy ekologiya va hokazo. Har bir bo’lim o’z navbatida kichik bo’limlardan tashkil topgan, ular yo’nalishlari bo’yicha boshqa fanlar va ekologiyaning boshqa bo’limlari bilan aloqada bo’ladi. Umumiy ekologiya yagona fundamental ilm asosida barcha ekologik yo’nalishlar va uslublarni o’z ichiga olgan ekologiya hisoblanadi. Uning negizi nazariy ekologiya bo’lib, ekologik tizimlar mavjud bo’lishining umumiy qonuniyatlarini aniqlaydi. Ekologik jarayonlarni tajriba yo’li bilan o’rganish ekologiyada ko’p qo’llaniladi. Eksperimental ekologiya yutuqlaridan fanning boshqa bo’limlarida keng miqyosda foydalaniladi. Shuningdek, ba’zi jarayonlar modellashtirish usulida o’rganiladi, masalan, sun’iy laboratoriya ekologik tizim modeli, matematik model va hokazo. Bu jihatdan matematik modellashtirish keyingi vaqtda amalda keng qo’llanilmoqda va u nazariy ekologiyaning asosini tashkil qiladi. Umumiy ekologiyadan turli ekologiyalar, ekologik yo’nalishlar ayrim fanlarning bo’limi sifatida rivojlanmoqda. Jumladan, fiziologik ekologiya, palekologiya, evolyutsion ekologiya, morfologik ekologiya, dengiz va chuchuk suv ekologiyasigidroekologiya, odam ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va hokazo. Biologik ekologiya – ekologiyaning asosi. Uning asosiy qismi tizimli ekologiya bo’lib, turlar (autekologiya), populyatsiya (populyatsion ekologiya yoki demoekologiya), ko’p turli turkumlar, biotsenozlar (sinekologiya), ekologik tizimlar (biogeostenologiya, ekotizimlar to’g’risida ta’limot) kabi qismlarni birlashtiradi. Evolyutsion ekologiya ekologik omillarning evolyutsiyadagi ahamiyati to’g’risidagi ta’limotdir. Geoekologiya – tirik organizmlarning atrof-muhit bilan bo’lgan munosabatlarini geografik nuqtayi nazardan o’rganadi. Bu munosabat tabiiy jihatdan chegaralangan geografik majmualarda sodir bo’lib, barcha ekologik qonuniyat va qonunlar mazkur hududlarda o’rganiladi. Palekologiya tabiatdan yo’qolib ketgan organizmlar, turlar, guruhlarning ekologiyasini o’rganadi. Evolyutsion ekologiya tabiatdan populyatsiyaning o’zgarib, rivojlanib turishini, ekologik mexanizmlarni o’rganadi. Amaliy ekologiya amaliy biologiya faniga mansub bo’lib, tabiiy ekosistemalar, ularning turli guruhlari, a’zolarini amaliy holda o’rganadi. Odam ekologiyasi fanlar majmuasi bo’lib, odamning individ (biologik tur sifatida) va shaxs (ijtimoiy subyekt) sifatida uni o’rab turgan atrof-muhit va ijtimoiy muhit bilan bo’lgan o’zaro munosabatini tadqiq qiladi. Odam ekologiyasininig muhim xususiyati ijtimoiy-biologik yondashuv – biologik va ijtimoiy aspektlarning to’g’ri muvozanatda bo’lishidir. Ijtimoiy ekologiya odam ekologiyasining bir qismi sifatida ijtimoiy tuzilmalar (oila va boshqa ijtimoiy guruhlar) ning ularni o’rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit orasidagi aloqalarini o’rganadi. Bu to’plamga odam populyatsiya ekologiyasi, aholishunoslik ekologiyasi – ekologik demografiya, etnoslar ekologiyasi va etnogenez ekologiyasi – irq va millatlar kiradi. Ijtimoiy ekologiyaga taraqqiyot (sivilizatsiya) va evolyutsion (tarixiy) ekologiya ham kiradi. Inson ekologiyasi – insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921-yil amerikalik olimlar Borjes va Park tomonidan kiritilgan. Dastlabki inson ekologiyasi tibbiy soha bo’limi sifatida qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, ma’muriy, iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o’rganildi. Inson ekologiyasi insonni atrof-muhitga va aksincha, muhitning insonga ta’sirini o’rganadi. Ijtimoiy ekologiya inson ekologiyasini o’rganish natijasida vujudga keldi. Unga birinchi bo’lib, Raderik Mak Kenzil ta’rif bergan. Bu fan ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning predmeti inson bilan uning atrof-muhit o’rtasidagi xususiy bog’lanishlarini o’rganishdan iborat. Ya’ni jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi turli ekologik munosabatlarni o’rganadi. Dengiz va chuchuk suv ekologiyasi – gidroekologiya turli suv havzalarida uchraydigan tirik organizmlarning o’sish, rivojlanish, ko’payish, tarqalish qonunlarini o’rganadi. O’simliklar ekologiyasi o’simliklarning qayerga moslashishi, muhit omillariga morfologik moslashishlari, ularning ko’rinishi, turlari va hokazo o’rganiladi. O’simliklar olami vakillarining turli sharoitga moslashishlari natijasida turli formalar vujudga kelgan. Aristotel davridan o’simliklar tashqi qiyofalariga qarab, “daraxtlar”, “butalar”, “yarimbutalar”, “o’t-o’simliklar”, va “suvda o’suvchi o’simliklar” nomi bilan atalib kelgan. O’simliklar ekologik shakllarini farqlashda gidrofit, mezofit, boshoqli, kserofit, galofit, o’sish shakli, epimorfa kabi atamalar ham ishlatilib, ular, asosan, o’simliklar tashqi qiyofasi haqida ma’lumot beradi. Hayvonlar ekologiyasi hayvonlarning yashash muhit omillariga morfologik moslashishlari va ularning tashqi muhitlarini o’rganadi. Ularning tashqi qiyofasi hayotiy shakllari orqali bo’lib, turli tashqi ko’rinishlar evolyutsion jarayonlarda hosil bo’lgan. Koinot ekologiyasida koinotdagi muhit o’rganiladi. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari hamda narsa va hodisalarning o’zaro ta’siri bilan tushuntirishga urinadi. Xususiy ekologiya umumiy ekologik qonunlarni ayrim taksonomik birliklar (organizmlar olamidan turlargacha), har xil yashash joylar, turli biologik iqlimdagi biogeotsenozlarga nisbatan qo’llashni o’rganadi. O’zbekistonda tabiat muhofazasi to’g’risidagi qonunlar, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qo’yilgan vazifalar va talablarga muvofiq jamiyatning ekologik madaniyatini, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadlarida uzluksiz ekologik ta’lim-tarbiyaning ommaviy va kompleks tizimi izchil amalga oshirilmoqda. Minimum ekologik bilim olish mamlakatning har bir fuqarosining burchiga aylandi. Shuning uchun “Ekologiya” kursini o’rganish jarayonida olinadigan bilimlar iqtisodiyot yo’nalishidagi mutaxassislarni fundamental tayyorlashning zaruriy shartidir. Ekologiya bo’yicha savodsizlik omillikning eng dahshatli shakli hisoblanadi. Bu narsa atrof-muhit bilan zaruriy munosabatlarni bilmaslikda aks etadi. Shuning uchun ham ekologiyaning vazifalaridan biri insonlarga ekologik tarbiya berishdan iboratdir. Shu yerda “ekologik bumerang” iborasi ustida to’xtashga to’g’ri keladi. Bu inson bilan tabiiy muhit o’rtasidagi munosabatlarni bilmaslik oqibatida paydo bo’ladigan jarayondir. Inson tabiatning tabiiy qonuniyatlarini hisobga olmasdan, unga o’tkazgan ta’siri qaytib kelib o’ziga salbiy ta’sir ko’rsatishini va buning evaziga murakkab vaziyatni yuzaga keltirishini aks ettiruvchi iboradir. Ekologiyaning vazifalaridan biri bo’lgan ekologik ta’limtarbiyaning ahamiyati shundaki, noxushliklarga aql-zakovat bilan chek qo’yish mumkin. Demak, hozirgi ekologik inqirozning kelib chiqishidagi tartibsizliklarga chek qo’yish zarur. Ekologik barqaror rivojlanishni ta’minlash lozim. Ya’ni kelajak avlodlarga zarar keltirmagan holatda insoniyat o’z ehtiyojlarini me’yorda taraqqiy ettirishi kerak. Ekologik barqaror rivojlanish konsepsiyasi insoniyatning uzoq muddatli taraqqiyoti zaminidir. Uning kapital mablag’larini ham me’yordan oshirishiga, ekologik sharoitning yaxshilanishiga turtki bo’lishi zarur. Bunday holatni yaratish uchun ekologik ta’lim-tarbiyani oila, bog’cha, maktab, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida uzluksiz olib borish zarur bo’ladi. Ekologik nuqtayi nazardan ta’lim olgan inson yuqorida zikr qilingan fikrlarni hayotda amalga oshirish uchun harakat qilmog’i zarur. Aks holda, tabiatni, tabiiy muhitni yo’q qilish asorati insonning tirik qolishiga imkoniyat bermasligi o’z-o’zidan ma’lum. Inson tabiat ustidan hukmdor bo’lishi kerak, degan fikrdan qaytish lozim. Aks holda ekologik bumerang jarayoni insonning o’ziga xavf tug’diradi. Hozirgi kunda katta va kichik mamlakatlar imkoniyatlari darajasida ekologiya sohasida insonlarga ta’lim berishni rivojlantirmoqda. Xususan, respublikamizda ekologik ta’limni rivojlantirish va ekolog kadrlarni tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-aprelda imzolangan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5024-son farmonida “Ekologik tarbiya, targ’ibot va ma’rifiy ishlarni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish” bo’yicha tegishli choratadbirlar belgilandi. Ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda turli aholi guruhlarini atrof-muhit muammolarini hal qilish uchun qayta o’qitish kurslari, “Ekologik ta’lim asoslari”, “Atrof-muhit”, “Tabiat va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish”, “Ekologiya va yoshlar tarbiyasi”, “Qishloq xo’jalik ekologiyasi” kabi qisqa kursli darsliklarda ekologik muammolarning oldini olish, tabiatni asrash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish kabilar yozilgan bo’lib, inson ularni o’qib kerakli ma’lumotlar oladi. Ushbu fanni o’rganishda B. Kommoner tavsiya etgan quyidagi tabiat iqtisodiyoti qonunini (prinsipi) har tomonlama hisobga olish kerak: hammasi bilan bog’langan; hammasi qayoqqadir g’oyib bo’ladi; hech narsa bekorga in’om qilinmaydi; tabiat yaxshiroq biladi. Shuning uchun ekologik ta’limsiz va mustahkam ekologik bilimga ega bo’lmasdan, atrof-muhit muhofazasi muammolarini hal qilib bo’lmaydi. Ekologik holatning oldini olish maqsadida inson ekologik madaniyat to’g’risidagi bilimlarni chuqur egallashi kerak bo’ladi. Ya’ni ekologiya bo’yicha madaniyatli inson, avvalo, tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini anglab yetishi zarur, o’z faoliyati ta’sirining yaqin va uzoq kelajakdagi oqibatlarini inobatga olishi darkor. Shu ma’noda ekologik madaniyat umuminsoniy ma’naviyatning moddiy hamda axloqiy faoliyat mahsuli sifatida aks etgan tarkibiy qismi ekanini anglab yetishi lozim. Ekologik madaniyat tarqqiyoti, o’z navbatida, ekologik ta’limtarbiya hamda ma’lumotlarni aholi o’rtasida ma’rifatning hamma usullaridan foydalanib, ommaga yetkazish bilan chambarchas bog’liqdir. Download 61.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling