I bob. Kirish Simob elementlariga tasnif,kashf etilishi
Download 301.63 Kb.
|
simob
Reja
I bob. Kirish Simob elementlariga tasnif,kashf etilishi. II bob. 1.1 Simobning fizik va kimyoviy xossalari 1.2 Simob birikmalari.va ularning tabiatdagi biologik ahamiyati 1.3 Simob olinishi,xossalari,birikmalari. Xulosa. Simob qadim zamonlardan beri ma’lum. Xitoyda miloddan 3000yil avval simobni bilishgan. Ovrupoda simob o’rta asrlarda alkimyogarlar qo’lida ефокшифдфк o’tkazish uchun asosiy modda sifatida ishlatilgan. Lekin tarixiy adabiyotda simob haqidagi ma’lumotlar oltin,kumush,mis,qo’rg’oshin va temir haqidagi ma’lumotlardan keyin paydo bo’lgan. Miloddan 300yil avval Teofrast kinovar (HgS.) dan simob olishga muvaffaq bo”lgan. Yatrokimyo davrida tabiblar tibbiyotga tarkibida simob bo’lgan dorilarni kiritganlar.Ilm-fanda,xarbiy ishda simobning vazifasi nixoyatda muhim bo’lgan. Xossalari Kadmiy oq rangli, yumshoq yaltiroq metall, geksoganal shaklda kristallanadi. Kadmiyning normal elektrod potensiali-0,4 volt bo’lib, ruxnikidan (-0,76 volt) katta, shu sababli rux kadmiyni birikmalaridan siqib chiqaradi. Kadmiy suyultirilgan kislotalardan (HCl, H2SO4 kabi) vodorodni siqib chiqara oladi. Kadmiy havoda oksidlanganda uning sirti parda bilan qoplanadi, cho’g’lantirilganda esa qo’ng’ir tusli oksid parda hosil bo’ladi. U yonganda CdO bilan birga oz miqdorda CdO2 ham hosil qiladi, u yuqori haroratda juda faol metaldir. Simob bug’i atomlardan iborat bo’lib, nihoyatda zaharlidir. Uning eng oz miqdori ham uzoq ta’sir etsa, organizmga zarar etkazadi. Simob birikmalari oshqazonga tushsa, ovqat hazm qilish organlarining, yurak va buyrakning ishlashi buziladi, u bilan ishlayotganda ehtiyot bo’lish kerak. Simob ko’p metallarni (Na, K, Ag, Au ni) o’zida eritib, amalgamalarni hosil qiladi. Amalgamalar odatdagi haroratda suyuq yoki yumshoq bo’lishi bilan boshqa qotishmalardan farqlanadi. Simob va uning birikmalari zaharli, shuninguchun ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish zarur. Metall Simobning bugʻlari ayniqsa xavfli. Simob nafas orqali qonga oʻtadi. Qonga oʻtgan Hg undagi oqsillar bilan qoʻshiladi. S. ning bir qismi jigar, buyrak, taloq va miya toʻqimalarida toʻplanadi. Hgdan zaharlarganda vena orqali giposulfitning 20%li eritmasi yuboriladi, markaziy nerv sistemasi faoliyatini normallashtiradigan farmakologik hamda fizioterapevtik vositalar buyuriladi va h.k. Hg preparatlari antiseptik va siydik haydovchi xususiyatlari tufayli tibbiyotda qoʻllanadi. Simobning yadro zaryadi (Z) 80 ga teng. Simob tabiatda erkin va birikma holida uchraydi, uning 7 ta tabiiy va 20 ta sun’iy izotopi bor. Simobning eng mashhur birikmasi kinovar HgS dir, erkin simob odatdagi haroratda suyuq bo’lganidan tomchilar holida uchraydi. Olinishi. HgS ning harorat ta’sirida parchalanish mahsulotidan simob ajratib olinadi, ba’zan HgS ga Fe yoki ohak ta’sir ettirib ham simob olinadi: HgS + O2 = Hg + SO2 HgS + Fe = Hg + FeS 4HgS + 4CaO = 4Hg + 3CaS + CaSO4 Hg(NO3)2 = Hg + Hg(NO2)2 Bug’ holidagi simob maxsus idishga yig’ilib, keyin haydash bilan tozalanadi. Laboratoriyada simob HgS ni harorat ta’sirida qizdirish bilan olinadi: 2HgO = 2Hg +O2 Toza simob havoda oksidlanmaydi, lekin nam havoda tursa oksidlana oladi. U suyultirilgan H2SO4 da qizdirilganda eriydi. HNO3 da qizdirilmasa ham yaxshi eriydi, odatdagi sharoitda Cl va S bilan birikadi. Temir, nikel va kobalt simobda erimaydi, shuning uchun simob temir idishlarda saqlanishi mumkin. Hg + 2H2SO4 = HgSO4 + SO2 + 2H2O Simob (I) – nitrat Hg2(NO3)2 simobga suyultirilgan HNO3 ni ta’sir ettirib, olinadi: 0 +5 +2 +2 6Hg + 8HNO3 = 3Hg2(NO3)2 + 4H2O+ 2NO↑ Hg2(NO3)2 + 2NaOH = 2NaNO3 + HgO + Hg + H2O U eritmadan Hg2(NO3)2∙ 2H2O holida kristallanadi, suvda erimaydi va tibbiyotda ishlatiladi. Simob (I) – xlorid Hg2Cl2 suvda kam eriydigan oq modda zichligi 7,15 g/sm3 ga teng. Sulema va simob aralashmasi qizdirilganda, simob (I) ning suvda eriydigan tuzlariga xloridlar ta’sir ettirilsa, Hg2Cl2 hosil bo’ladi: HgCl2 + Hg = Hg2Cl2 Hg2(NO3)2 +2NaCl = Hg2Cl2+ 2NaNO3 Hg2Cl2 kalomel deb ham ataladi, tibbiyotda ishlatiladi, uning tuzilish formulasi quyidagicha: Cl – Hg – Hg – Cl Simob (II) – oksid HgO sariq yoki qizil kristall modda, zichligi 11,14 g/sm3 ga teng, tabiatda uchramaydi. Simobni havoda qizdirish, uning ikki valentli tuzlariga ishqor ta’sir ettirish va Hg(NO3)2 qizdirish bilan HgO hosil bo’ladi: 2Hg + O2 =2HgO 2Hg(NO3)2 = 2HgO + 4NO2 + O2 (quruq usul) HgCl2 + Ba(OH)2 =HgO ↓+ BaCl2 +H2O (ho’l usul) Hg(NO3)2 + K2CO3 + H2O = HgO + 2KNO3 + H2CO3 Simob (II) – oksid kimyoviy preparatlar olishda ishlatiladi. Simob (I)- oksid qora kukun, zichligi 9,8 g/sm3 ga teng, termik jihatdan nihoyatda beqaror bo’lib, xona haroratdagi Hg va HgO ga parchalanadi. Hg2O suvda erimaydi. Hg(NO3)2 + 2NaOH = Hg2O + 2NaNO3 +H2O Simobning HgO2 tarkibli peroksidi ham ma’lum. U beqaror modda. Hg2(OH)2 va Hg(OH)2 gidroksidlari olinmagan, chunki ular hosil bo’lishi bilan parchalanadi. Simob (II) – gidroksidga (va oksidga) ammiak ta’sir ettirilsa suvda (va suvdan boshqa erituvchilarda ham) erimaydigan oq mikrokristall kukun hosil bo’ladi: 2HgO + NH3 + H2O = [Hg2NH2(OH)2]OH Bu modda asos xossasiga ega bo’lgani uchun Million-asosi deb nomlanadi Xulosa Rux konsentratiga osh tuzini qoʻshib qizdirish, haydash va uni chang holida tutib yigʻish, shuningdek, rux oksidi yoki metall boʻlaklariga xlorid kislota taʼsir ettirish, soʻngra bugʻlatish usullari bilan olinadi. Yogʻochni chirishdan saklashda shimdiriluvchi tarkib sifatida, metallarni payvandlashda (oksid pardalardan tozalashda), pergament i.ch.da qoʻllanadi. Simob sulfat eritmasi boshqa metallarni elektrolitik usulda Simob bilan qoplashda , tibbiyotda, to’qimachilik sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladi. Butun dunyoda ishlab chiqariladigan ruxning 40%i poʻlatni korroziyadan saqlash uchun sarflanadi. Rux kukuni yordamida kadmiy, mis va nodir metallar birikmalardan ajratib olinadi. R.dan ishlangan listlar konstruksion material sifatida, shuningdek, quruq elementlarning idishlarini tayyorlashda qoʻllanadi. Download 301.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling